Mo‘minova Tabassumxon Siddiqjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek qissalarida badiiy nutq va uslub poetikasi (Erkin A’zam va Xurshid Do‘stmuhammad qissalari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2069.    
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshxo‘ja Solijonov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori; Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Erkin A’zam hamda Xurshid Do‘stmuhammad qissalarida nutq rang-barangligining o‘ziga xosligi va uslub poetikasini, badiiy nutq imkoniyatlaridan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hozirgi o‘zbek adabiyotida qissa janriga xos tamoyillar, ya’ni makon va zamon, mavzu, qahramon, mazmun, shakl, talqin hamda ushbu janrning tadqiqot obyektlarining qissalari misolida monologik qissaxonlik va ikki ovozli hikoya qilish, ko‘p ovozli bayon, ohanglar xilma-xilligi va iboralarning zarbli, ritmik siqiqlik uslubi, leksik jihatdan arxaizm va neologizm bilan to‘yingan muallif nutqi singari rang-barangligi ochib berilgan; 
Erkin A’zam va Xurshid Do‘stmuhammad qissalarida yozuvchilarning ijodiy-individual uslubi va ularga xos inson tabiatini, fazilat va qusurlarini boricha aks ettirish, zamonaviy-badiiy talqindagi yangi inson obrazini yaratish, inson va jamiyat o‘rtasidagi muammolarni kinoya usulida ochib berish, inson hissiy-ruhiy kechinmalarini ramziy ifodalash kabi badiiy ifodaning uslubiy imkoniyatlari aniqlangan;
o‘rganilayotgan qissalarda yozuvchi, hikoyachi-“men”, qahramon, o‘zganing nuqtayi nazari dalillanib, olamni badiiy idrok etish va uni ifoda etish bilan bog‘liq E.A’zam asarlarida muallif nutqi bayoniga qahramon ovozini olib kirish, bayon ohangini, nutq manerasini, ohang yo‘nalishini bir tizimga solish, X.Do‘stmuhammadda esa, adabiyotda qahramon “men”ini tasvirlash, ongidagi evrilishlarni ko‘rsatish uchun qahramon nutqi, ruhiy-ma’naviy olamini ifodalash, muallif va qahramonlarning bir-birini kuzatish kabi farqlari yoritilgan; 
har ikki yozuvchining uslubini aniqlashda qahramonlar ruhiy holatini ifodalashda portret, peyzaj singari badiiy tasvir vositalaridan metafora, allyuziya, timsolli ishora, ramziy-ishoraviy detal, istiora, o‘xshatishlardan foydalanish mahorati asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy nutq va uslub bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
hozirgi o‘zbek adabiyotida qissa janriga xos tamoyillar hamda ushbu janrning tadqiqot obyektlarining qissalari misolida monologik qissaxonlik va ikki ovozli hikoya qilish, ko‘p ovozli bayon, ohanglar xilma-xilligi va iboralarning zarbli, ritmik siqiqlik uslubi, leksik jihatdan arxaizm va neologizm bilan to‘yingan muallif nutqi singari rang-barangligiga oid xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 8-sentabrdagi 1/04-29-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha o‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishda milliy mentalitetni inobatga olishga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Erkin A’zam va Xurshid Do‘stmuhammad qissalarida yozuvchilarning ijodiy-individual uslubi va ularga xos inson tabiatini, fazilat va qusurlarini boricha aks ettirish, zamonaviy-badiiy talqindagi yangi inson obrazini yaratish, badiiy nutq va uslubiy individuallikni belgilashda milliy mentalitetni inobatga olishga oid xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 8-sentabrdagi 1/04-29-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
olamni badiiy idrok etish va uni ifoda etish bilan bog‘liq E.A’zam asarlarida muallif nutqi bayoniga qahramon ovozini olib kirish, bayon ohangini, nutq manerasini, ohang yo‘nalishini bir tizimga solish, X.Do‘stmuhammadda esa, adabiyotda qahramon “men”ini tasvirlash, ongidagi evrilishlarni ko‘rsatish uchun qahramon nutqi, ruhiy-ma’naviy olamini ifodalash, muallif va qahramonlarning bir-birini kuzatish kabi farqlari bo‘yicha tayyorlangan materiallardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 23-iyundagi 04-36-987-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning zamonaviy o‘zbek qissachiligining bugungi yutuq va kamchiliklari, yozuvchi badiiy mahorati haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga erishilgan;
yozuvchining uslubini aniqlashda qahramonlar ruhiy holatini ifodalashda portret, peyzaj singari badiiy tasvir vositalaridan metafora, allyuziya, timsolli ishora, ramziy-ishoraviy detal, istiora, o‘xshatishlardan foydalanish mahoratiga oid ma’lumotlardan 2022-yil iyul, avgust oylari mobaynida “Toshkent” teleradiokanalining “Gap chiqdi”, “Hikmatli dunyo” ssenariylarini yozishda foydalanigan (“Toshkent” teleradiokanalining 2022-yil 24-avgustdagi 02-02-177-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda berilgan ilmiy natijalar tomoshabinlarning hozirgi o‘zbek tilida adabiy nutq va uslub, nutqda inson fe’l-atvori, ruhiyatining aks etishi, ramziylik va falsafiylikning ifodalanishi bilan bog‘liq bilimlairning ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish