Mamajonov Shuxratjon Askarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’limda ekologik tarbiya mexanizmlarini rivojlantirish texnologiyalari”.
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik talimotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped376.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Alamjon Amirullayevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Artikova Muhayyo Botiraliyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy pedagogik ta’lim jarayonida ekologik tarbiyani amalga oshirishning nazariy asoslari, mexanizmlari va texnologiyalarini hamda talabalarning ekologik tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiu yangiligi:
oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarni ekologik tarbiyalashning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari o‘quv jarayonini tashkil etishning motivatsion, amaliy-faoliyatli sohalarini etnoekologik, etnopedagogik yondashuvlarini didaktik kompediumida integratsiyalash, makon, zamon va inson omiliga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
“ekologik tarbiya”, “ekologik tafakkur”, “ekologik madaniyat”, “ekologik kompetensiya”, “ekologik xavfsizlik” tushunchalarini o‘quv modullariga singdirish, ekologik bilimlarni tadrijiylik prinsipiga tayangan holda taqdim etishning pedagogik shart-sharoitlari tayanch va ta’limiy kompetensiyalarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik tizim o‘quv jarayonini takomillashtirishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
oliy pedagogik ta’limda o‘qitiladigan fanlar – “Ekologiya”, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”; “Xalq pedagogikasi” fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida talabalarning umuminsoniy qadriyatlar tizimi (insonparvarlik, tarixiylik, tinchlik, salomatlik, madaniy, ekologik barqarorlik)ga asoslangan tabiat, o‘zi va o‘zgalarga nisbatan mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini kreativ ta’lim muhitida rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ekologik mustaqil ta’limni rivojlantirishga mo‘ljallangan kognitiv va amaliy kompetensiyalar evristik masalalarni ochiq axborot makonidan yuklab olish imkoniyatlarining didaktik traektoriyasi faoliyatli-funksional, tuzulmaviy-refleksiv barqaror natijaviyligiga erishishga ko‘ra takomillashtirilgan;
ekologik tarbiya mexanizmlari pedagogik jarayon modelini takomillashtirish natijasida talabalarda zarur hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyat elementlarini auditoriya va auditoriyadan tashqarida qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy pedagogik ta’limda ekologik tarbiya mexanizmlarini rivojlantirish, talabalarda ekologik kompetensiyalarni oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarni ekologik tarbiyalashning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari o‘quv jarayonni tashkil etishning motivatsion, amaliy-faoliyatli sohalarini etnoekologik, etnopedagogik yondashuvlar bilan integratsiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0910202206 – raqamli “Oliy ta’limda ekologik tarbiya mexanizmlarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik xususiyatlari” mavzusidagi loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-yanvardagi 02-07-07/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv modullarining pedagogik imkoniyatlari tayanch va ta’limiy kompetensiyalarning aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodik tizim asosida takomillashtirilgan;
“ekologik tarbiya”, “ekologik tafakkur”, “ekologik madaniyat”, “ekologik kompetensiya”, “ekologik xavfsizlik” tushunchalarini o‘quv modullariga singdirish, ekologik bilimlarni tadrijiylik prinsipiga tayangan holda taqdim etishning pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, tayanch va ta’limiy kompetensiyalarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik tizim o‘quv jarayonini takomillashtirishga doir takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i asosida berilgan 356/7-008 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim samaradorligi oshgan, talabalarda “Ekologik tarbiya”, “ekologik tafakkur”, “ekologik madaniyat”, “ekologik kompetensiya”, “ekologik xavfsizlik” tushunchalarini rivojlantirishga erishilgan;
oliy pedagogik ta’limda o‘qitiladigan fanlar – “Ekologiya”, “Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish”, “Xalq pedagogikasi” ning fanlararo integrativ o‘qitilishining didaktik ta’minoti talabalarning umuminsoniy qadriyatlar tizimiga asoslangan pedagogik mas’uliyat va o‘zgalarga, o‘ziga bo‘lgan munosabatning etika elementlarini optimallashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan
FZ-2016-0910202206 – raqamli “Oliy ta’limda ekologik tarbiya mexanizmlarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik xususiyatlari” mavzusidagi loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-yanvardagi 02-07-07/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning umuminsoniy qadriyatlar tizimiga asoslangan pedagogik mas’uliyat va o‘zgalarga, o‘ziga bo‘lgan munosabatning etika elementlarini optimallashtirish asosida fanlararo integrativ o‘qitilishining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarda ekologik mustaqil ta’limni rivojlantirishga mo‘ljallangan kognitiv va amaliy kompetensiyalar evristik masalalarni ochiq axborot makonidan yuklab olish imkoniyatlarining didaktik traektoriyasi faoliyatli-funksional, tuzulmaviy-refleksiv barqaror natijaviyligiga erishishga ko‘ra takomillashtirilganligiga oid takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan 356-7-008 qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan guvohnoma). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyaslarini tashkil qiluvchi sog‘lom turmush tarzini belgilovchi komponentlar: kommunikativlik, natijalarni prognoz qilish, salomatlikni saqlash va nazorat qilish kabilarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
ekologik tarbiya mexanizmlari pedagogik jarayon modelini takomillashtirish natijasida talabalarda zarur hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyat elementlarini auditoriya va auditoriyadan tashqarida qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-yanvardagi 02-07-07/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim samaradorligini oshishiga, tahsil oluvchilarda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan.