Aqmanova Shahnoza Alimboevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek  tili biblionimlarining struktur va funksional-semantik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil410.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkarim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor;  Bobojonov Farhod Kurbanbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi biblionimlarning struktur va funksional-semantik tadqiqini amalga oshirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
biblionimlarning antroponimlar, toponimlar, gidronimlar, zoonimlar, astronimlar kabi ko‘pgina atoqli otlardan farqli ravishda muayyan predmet yoki tushunchaning umumiy belgilarini ifoda etishi va matnning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi asoslangan;
biblionimlar davr, makon va zamon, ijtimoiy muhit, kitobxon ehtiyoji hamda yozuvchi mahoratiga bog‘liq holda takomillashib, rivojlanib borishi aniqlangan;
biblionimlarning semantik-tipologik xususiyatlari orqali ularning metafora, metonimiya, o‘xshatish, ellipsis, oksyumoron,  giperbola, litota, ironiya kabi troplar bilan ifodalanishi, o‘zbek tili biblionimlarining mazmuniga ko‘ra ularning lingvomadaniy vosita sifatida voqelanishi dalillangan;
o‘zbek tili biblionimlarining nominativ, akkumulyativ, intertekstuallik, diskursiv va transonimizatsion funksiyalari zamonaviy paradigmalar yordamida izohlanib, ularning polifunksionalligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili biblionimlarining struktur va funksional-semantik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
biblionimlarning antroponimlar, toponimlar, gidronimlar, zoonimlar, astronimlar kabi ko‘pgina atoqli otlardan farqli ravishda muayyan predmet yoki tushunchaning umumiy belgilarini ifoda etishi va matnning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va  adabiyotshunosligini  tadqiq  etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 27 avgustdagi 305/1-son ma’lumotnomasi).  Natijada mazkur  tadqiqot  materiallari  o‘zbek tilidagi, shu bilan birga, ayrim materiallar qiyoslanishi jarayonida qoraqalpoq tilidagi biblionimlarning shakllanishi va taraqqiyot darajasi ko‘rsatib berilgan;
biblionimlar davr, makon va zamon, ijtimoiy muhit, kitobxon ehtiyoji hamda yozuvchi mahoratiga bog‘liq holda takomillashib borishi aniqlanganiga doir xulosalardan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) va F1-FA-0-13229 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012-2016) mavzularidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 27 avgustdagi 305/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi biblionimlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish hamda izohlash imkoni yaratilgan;
    biblionimlarning semantik-tipologik xususiyatlarini tavsiflash orqali ularning metafora, metonimiya, o‘xshatish, ellipsis, oksyumoron,  giperbola, litota, ironiya kabi troplar bilan ifodalanishi, o‘zbek tili biblionimlarining mazmuniy guruhlarini tasniflash asosida ularning lingvomadaniy vosita sifatida voqelanishi dalillangani haqidagi xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm”, “Tilimizni o‘rganamiz” ko‘rsatuvlarida o‘zbek tili biblionimlarining asosiy xususiyatlari, mazmun-mohiyati bilan bog‘liq xulosalaridan foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 1079-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda biblionimlarning ahamiyati va o‘ziga xosliklari kengroq ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish