Nurova Gulchexra Tishabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilida gap kengayishining tarkibiy-mazmuniy tahlili va uning rus tiliga tarjimasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologia fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1985.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodullo Kamolovich, filologia fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davla chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019. Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Kiselev Dmitriy Anatolevich, filologia fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahimov G‘anisher Hudoyqulovich, filologia fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: A.Kodiri nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida gap kengayishining tarkibiy-mazmuniy va ingliz tilini modifikatsiyalashdagi zamonaviy voqeliklar va tendensiyalarni ochib berish hamda uni rus tiliga tarjima qilish bo‘yicha tavisiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida gap tuzilishining struktiv-semantik gap qurilishi qonuniyatlari, gap kengayishining sintaktik ixtiyorlik kategoriyasi tamoyillari va gapni o‘zgartirish imkoniyatlari ochib berilgan;
hozirgi ingliz tilida gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining kengayish, predikat va boshqa gap bo‘laklarining murakkablashish xususiyatlari aniqlangan;
birinchi marta ingliz tilidagi gaplarning kengaytirilgan tuzilmalarini rus tiliga tarjima qilishning modulyasiya, umumiylashtirish, aniqlashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
hozirgi ingliz tili gaplarini rus tiliga tarjima qilishdagi antonomik, sinonomik qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha sintaktik o‘xshashlik, so‘zma-so‘z tarjima kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan va kompensatsiya, kalkalash kabi turli tarjima strategiyalarini qo‘llash usullari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi jumlalar va ularning rus tiliga tarjimasining bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini kengaytirish yo‘llarini belgilash buyicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz tilida gap tuzilishining struktiv-semantik gap qurilishi qonuniyatlari, gap kengayishining sintaktik ixtiyorlik kategoriyasi tamoyillari va gapni o‘zgartirish imkoniyatlari ochib berilgangan ilmiy natijalaridan Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + 2016-2018 yillarga:561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-SP-ERASMUS+CBHE IME dasturi uchun ishlab chiqilgan “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi jarayonlarni modernizatsiya va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 1 apreldagi 760-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi asosida yaratilgan uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqishga yangi yondashuv sifatida o‘qituvchilarning til va muloqot ko‘nikmalari oshirilgan, ta’lim sifati mustahkamlangan hamda ingliz tilida nutq tuzilishini kengaytirish qonuniyatlari o‘zlashtirilgan va ingliz tili gap strukturalarini rus tiliga tarjima qilish malakalari rivojlantirilgan;
hozirgi ingliz tilida gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining kengayish , predikat va boshqa gap bo‘laklarining murakkablashish xususiyatlari aniqlangan oid ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2014-2015 yillarga amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassisliklari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslarni yaratish va joriy etish” innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 28 avgustdagi 1792-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidagi bosh va ikkinchi darajali bulaklarning kengayishi va murakkablashishida pragmatik omillarning ta’sirini aniklash usullari va ularni rus tiliga tarjima kilish strategiyalari “Ingliz tili”, “Maxsus matnlar tarjimasi” kabi fanlardan virtual resurslarni yaratishga xizmat qilgan;
birinchi marta ingliz tilidagi gaplarning kengaytirilgan tuzilmalarini rus tiliga tarjima qilishning modulyasiya, umumiylashtirish, aniqlashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlari hozirgi ingliz tili gaplarini rus tiliga tarjima qilishdagi antonomik, sinonomik qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha sintaktik o‘xshashlik, so‘zma-so‘z tarjima kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan va kompensatsiya, kalkalash kabi turli tarjima strategiyalarini qo‘llash usullari borasidagi tavsiyalardan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-138- “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan, xususan, ingliz tili tarjimonlari uchun tavsiyalar va tarjima muammolarini bartaraf etish yo‘llari ishdab chiqilgan (Samarqand davlat universitetining 2022 yil 25 martdagi 20-1115-son ma’lumotnomasi). Natijada samarali tarjima tamoyillarini o‘rganishga tegishli ishlab chikilgan tavsiyalar nazariy va amaliy ahamiyatga oid natijalardan foydalanish Alisher Navoiy matnlari tarjimasida sabab-oqibat munosabatlari va farqlarni bartaraf etish imkonini bergan.