Bozorova Nigina Sobirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalardagi surunkali nefritik sindromda matriksli metaloproteinaza polimorf genlari, hamda uning to‘qimaviy ingibitorlarining roli”, 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan paqam: B 2022.2.PhD/Tib1682
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Xalmatova Barno Turdixodjaeva, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk Davlat tibbiyot akademiyasi.
II. Tadqiqotping maqsadi surunkali nefritik sindromning rivojlanishida genetik omillarning ahamiyatini aniqlash va klinik kechish xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda surunkali nefritik sindrom kechishining og‘irlik darajasi klinik (asta-sekin rivojlanishi, dispepsiya, qorinda ogrik) va qonda Sistatin S miqdori bilan uzaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor surunkali nefritik sindromda MMP-9 (A-8202G) rs 11697325 genotipi uchragan bemorlarda proliferatsiya jarayonining kuchayishi oqibatida sklerotik uchoqlar rivojlanishi kaslallikning klinik kechishi ogirlashishiga olib kelishi aniqlangan;
bolalarda surunkali nefritik sindromda MMP-9 (A-8202G) rs 11697325 polimorf genlari va uning to‘qimaviy ingibitorlari TIMP-2 (C536T) rs 11551797 kasallikni tashxislashda erta diagnostik marker ekanligi isbotlangan;
ilk bor MMP-9 (A-8202G) rs 11697325 genlarining allellari va G/G gomozigotali genotipi surunkali nefritik sindromli bolalarda kasallik rivojlanish xavfini aniqlashda prognostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqikot natijalariniig joriy qilinishi.
Bolalardagi surunkali nefritik sindromda matriksli metaloproteinaza polimorf genlari, hamda uning to‘qimaviy ingibitorlarining roli bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Bolalarda uchraydigan surunkali nefritik sindromda matriksli metaloproteinaza polimorf genlari hamda uning to‘qimaviy ingibitorlarining roli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 maydagi 8n-r/554 sonli ma’lumotnoma). Tavsiya etilgan tavsiyanomalar bolalarda surunkali nefritik sindrom rivojlanishini prognoz kilishda va profilaktik chora tadbirlarni takomillashtirishga imkon bergan;
surunkali nefritik sindromni erta tashxislash va prognozlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda uchraydigan nefritik sindromda klinik-laborator ko‘rsatkichlar dinamikasi” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 maydagi 8n-r/555 sonli ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan tavsiyanoma bolalardagi nefritik sindromni turli formalarida kasallikni davolash taktikasini optimallashtirishga imkon bergan;
olingan natijalar Sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatida, xususan Respublika Bolalar Milliy tibbiyot markazida, Samarkand Davlat tibbiyot universitetining 1-klinikasida va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amalga oshirildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 nyundagi 8n-z/324-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va kasallikni diagnostikasi va profilaktikasiga imkon yaratgan.