Umarova Nargiza Mirzoevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakidagi e`lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi akusherlik holatlarida organlarni saqlovchi operatsiyadan so‘ng tug‘ruqdan keyingi ayollarni boshqarish va reabilitatsiyasini takomillashtirish», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan rakam: B2021.1.DSc/Tib504.
Ilmiy maslahatchi: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamova, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. Dissertatsiya yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkikotning maqsadi tug‘ruqdan keyingi erta davrda a’zolarni saqlovchi operatsiyalarni o‘tkazgan bachadon choklari etishmovchiligi bilan tuqqan ayollarni davolashning patogenetik jihatdan asoslangan taktikasini, shuningdek ularning reproduktiv funksiyasini tiklash bo‘yicha reabilitatsiya tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadkikotning ilmiy yangiligi:
tug‘ruqdan keyingi davrda asorat kuzatilgan tuqqan ayollarning qonidagi biokimyoviy markerlar, shu bilan birga IFN-γ darajasi, kesar kesishdan keyin bachadon choklari etishmovchiligi bo‘lgan ayollarda, infeksiyani rivojlanganlik darajasiga mos kelishi, birinchi navbatda infeksiyani tarqalganlik darajasi qon plazmasidagi INFγ - interferon, prokalsitonin (PKT), laktatdigidrogenaza (LDG) konsentratsiya darajasi bo‘yicha baholangan va bu ko‘rsatkichlar SOFA shkalasi, genital sepsis markyori sifatida isbotlangan;
SOFA shkalasi bo‘yicha 5-8 ballgacha, prokal`sitonin 10-12 pg/ml gacha, LDG -300 ed/l gacha, INFγ – 50-100 pg/ml gacha bo‘lganda kesar kesishdan keyin bachadon choklari etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda, bachadonni saqlab qoluvchi jarrohlik amaliyoti, metroplastika va metromiorafiya davolash usullarining yuqori samaradorligi isbotlangan;
kesarcha kesishdan so‘ng bachadondagi choklarning etishmovchiligi hamda metroplastikadan keyin bachadondagi divergent choklar holatini baholashda ultratovush, dopplerometriya va kompression elastografiya tekshiruvlari orqali 3 va 4 tipi aniqlanganda - konservativ davo, 5 va 6 tipida «ko‘k ko‘z» belgisi kuzatilganda - a’zo saqlab qoluvchi jarrohlik amaliyoti belgilanishining samaradorlik mezonlari isbotlangan;
endometritni davolashda va akusherlik peritonitni erta tashxisotida kesarcha kesishdan so‘ng chok etishmovchiligini va moslashtirilgan metroplastika va metromiorafiyada gisteroskopiya hamda laparoskopiya tekshiruvining 100 foizli samaradorlik bilan bitishi isbotlangan;
metroplastika va metromiorafiya davolash usullarining klinik sinovlarida 1 dan kam koeffisient bilan ijobiy natijaga erishilishi, ikki tomonlama statistik testi orqali R<0,05 qiymati statistik ahamiyatga egaligi, xavf va imkoniyat koeffisienti, baholash vaziyatini nazorat qilish imkoniyatlari matematik hisoblash usuli orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi.
Akusherlik holatlarida organlarni saqlovchi operatsiyadan so‘ng tug‘ruqdan keyingi ayollarni boshqarish va reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ayollarda kesarcha kesishdan keyin bachadonda chok saqlovchi operatsiya amaliyotini takomillashtirish, asoratlarni kamaytirish, reabilitatsiya usullari samaradorligini oshirish asosida ishlab chiqilgan «Kesarcha kesishdan so‘ng bachadonda chok etishmovchiligida a’zolarni saqlovchi operatsiyalar: klinikasi, diagnostikasi va reabilitatsiya usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 martdagi 8n-z/125-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi akusherlik amaliyotiga yangi davolash taktikasini joriy etish, kesarcha kesishdan so‘ng bachadon choklarining etishmovchiligi va peritonit sharoitida a’zolarni saqlovchi operatsiyalardan keyin hayz ko‘rish va tug‘ish funksiyalarini saqlash, ayollar nogironligi va o‘limining oldini olish imkonini bergan;
ayollarda kesarcha kesishdan keyingi asoratlar, jinsiy a’zolar sepsisini oldini olish, davolash usulini takomillashtirish asosida ishlab «Kesarcha kesishdan so‘ng tos jinsiy a’zolarining sepsisi bo‘lgan tug‘ruqdan keyingi ayollarni davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 martdagi 8n-z/125-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi diagnostik endoskopiya, relaparotomiya, a’zolarni saqlovchi operatsiya va genital sepsisni o‘tkazgan ayollarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni joriy etish, reproduktiv funksiyani tiklash orqali hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
tug‘ruqdan keyingi yiringli-septik asoratlarni erta tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari perinatal markazlarining amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi 08-01512-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi kesarcha kesishni o‘tkazgan ayollarda genital sepsisni erta va zamonaviy tashxislash, gisterektomiya uchrash chastotasini 23,4% ga kamaytirish, ayollarning reproduktiv funksiyasini saqlab qolish va individual davolash usullarini aniqlashga va samaradorligini oshirish, bachadon saqlovchi jarrohlik amaliyoti ayollar reproduktiv faoliyatini 100 foyiz tiklash imkonini bergan.