Sadikova Chinara Salaxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Har xil ishlab chiqarish tipiga mansub simmental zotli buqachalarning go‘sht mahsuldorligi”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx319
Ilmiy rahbar: Amirov Shavkat Kuzibayevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbayev Ruzimbay Urazbayevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qurbonova Shaxnoza Ergashevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning keskin o‘zgaruvchan iqlim sharoitida simmental zotli sut-go‘sht va go‘sht-sut ishlab chiqarish tipidagi buqachalarni o‘sish va rivojlanishi, go‘sht mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, O‘zbekistonning keskin o‘zgaruvchan iqlim sharoitida simmental zotli har xil ishlab chiqarish tipidagi buqachalarni jadal o‘stirish va bo‘rdoqilash bilan 18 oylikda maqbul tirik vaznda go‘shtga topshirish mumkinligi aniqlangan;
ilk bor xo‘jalikda har xil ishlab chiqarish tipidagi buqachalarni jadal o‘stirish va 500 kg dan ortiq vaznda go‘shtga so‘yishning maqbul yoshi isbotlangan;
go‘sht-sut ishlab chiqarish tipidagi buqachalardan foydalanilganda, sut-go‘sht tipidagilarga nisbatan tirik vaznda 29,5 kg (5,8%) va so‘yim vaznda 20 kg (7,4%) yuqori go‘sht mahsuldorlikni namoyon etishi aniqlangan;
go‘sht-sut ishlab chiqarish tipidagi buqachalardan foydalanish natijasida, sut-go‘sht tipidagilarga nisbatan 1,328 mln.so‘m ko‘p foyda olinib, 9% iqtisodiy samarador ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Simmental zotli go‘sht-sut va sut-go‘sht ishlab chiqarish tipidagi buqachalarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
simmental zotli go‘sht-sut ishlab chiqarish tipidagi buqachalardan samarali foydalanish usuli Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Sardoba temir yo‘l agrosanoat majmuasi” MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil 30-dekabrda 02/23-562-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalikda go‘sht-sut ishlab chiqarish tipidagi buqalardan, sut-go‘sht tipidagilarga nisbatan 1 bosh buqachadan 1328 ming so‘m ko‘p foyda olingan va 1 s go‘sht yetishtirishdagi xarajatlarni 400 ming so‘mga iqtisod qilish evaziga, samaradorlik darajasi 8,9% ga oshgan;
buqalarni intensiv texnologiyada o‘stirish usuli Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Bosh buloq chorva” mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrda 02/23-562-son ma’lumotnomasi). Natijada jadal ravishda o‘stirilgan shvis zotli 18 oylikgacha buqachalardan 1 s go‘sht yetishtirish uchun sarf harajatlar 22% ga yoki bir bosh buqaga bo‘ladigan xarajatlar 2 oy muddatga qisqarib, har bosh hisobiga 5200 ming so‘m tejalgan va rentabellik darajasi 12,1% ga oshgan; 
intensiv texnologiyalar asosida simmental zotli go‘sht-sut ishlab chiqarish tipidagi buqalardan go‘sht yetishtirish usuli Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrda 02/23-562-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalikda intensiv texnologiyada o‘stirilgan go‘sht-sut tipidagi buqalardan go‘sht yetishtirish 1 s go‘sht yetishtirish uchun sarf xarajatlarni 19% ga tejalishini va rentabellik darajasini 11,7% ga yuqori bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish