Turanov Mirjalol Husan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olmos va kumushsimon rangbarangliklaridagi sur rangli qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini seleksion-genetik jihatdan qiyosiy baholash”, 06.02.01-Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx724
Ilmiy rahbar: Gaziev Adham, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Soatov O‘tkir Rajabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent r; Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va iotexnologiyalar universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizning Nurota cho‘li hududida olmos va kumushsimon rangbarangliklardagi sur rangli qorako‘l qo‘ylarining irsiy, o‘sish va rivojlanish hamda mahsuldorlik xususiyatlarini seleksion–genetik jihatdan qiyosiy baholash asosida ularning o‘xshashlik va farqlanish tomonlarini aniqlash, samarali urchitish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor olmos va kumushsimon rangbarangliklaridagi qo‘ylarni turli variantlarda juftlashda ularning irsiy imkoniyatlaridan foydalanishning samarali yo‘llari aniqlangan;
olmos va kumushsimon rangbarangliklaridagi sur qorako‘l qo‘ylari va ularning avlodlarida o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari dinamikasi o‘rganilib, qo‘ylar tirik vazni orasida 1,1 va 0,9 kg, olingan avlodlarning tirik vazni bo‘yicha 0,1-0,2 kg; 4-4,5 oylik yoshda 1,7-1,85 kg farqlanishlar aniqlangan;
olmos va kumushsimon rangbaranglikdagi avlodlarni seleksion belgilari bo‘yicha qiyosiy baholash ishlari amalga oshirilib, rangning a’lo ifodalanishi bo‘yicha 11,8-3,5%, tekisligi bo‘yicha 0,9-9,1%, kontrastlik darajalari bo‘yicha 13,9-12,6%, farqlanishlar aniqlangan;
olmos va kumushsimon rangbarangliklardagi qo‘ylar genotipi qiyosiy baholanib, baholash natijasida rangbaranglik miqyosida gullarning o‘rta eni bo‘yicha 1,6-2,2% mustahkamligi bo‘yicha 10,9-5,0% darajalaridagi kattaliklarga ega bo‘lishi kuzatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olmos va kumushsimon rangbarangliklardagi sur rangli qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini seleksion – genetik jihatdan qiyosiy baholash yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
turli rangbarangliklardagi sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik xususiyatlarini bashoratlash usuli Navoiy viloyati “Eltoy kumush suri” naslchilik MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 1-fevraldagi 1-2/68 son ma’lumotnomasi). Natijada populyasiyaga nisbatan qo‘ylarning tirik vaznini 4-5 kilogrammga, go‘sht mahsuldorligi 2-2,5 kilogrammga oshirilgan va 1 bosh qo‘ydan 100-125 ming sof foyda olishga va 48,7 foiz rentabellikka erishilgan;
olmos va kumushsimon rangbarangliklardagi sur qorako‘l qo‘ylarini samarali variantlarda juftlash usuli Navoiy viloyatining “Nurota qorako‘l naslchilik” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 1-fevraldagi 1-2/68 son ma’lumotnomasi). Natijada qayd etilgan rangbarangliklar bo‘yicha 1 dona qorako‘l teri hisobiga mutanosib ravishda 15600,0 va 13200,0 so‘m sof foyda olingan, rentabellik ko‘rsatkichi 40,3 va 38,4 foizni tashkil etgan;
turli rangbarangliklardagi sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik xususiyatlarini bashoratlash usuli Navoiy viloyati “Kalmuratkazgan chorvadorlar makoni” naslchilik MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 1-fevraldagi 1-2/68 son ma’lumotnomasi). Joriy etish asosida populyasiyaga nisbatan qo‘ylarning tirik vazni 3-4 kilogrammga, go‘sht mahsuldorligi 1,5-2 kilogrammga oshirilgan va 1 bosh qo‘ydan 75-100 ming sof foyda olishga va 41,3 foiz rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish