Kenjabaeva Dilafruz Abdisalimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/3372.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umrzoqovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi motivatsion, kognitiv-deontologik, refleksiv, tashkiliy-kommunikativ, qadriyatli komponentlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini barqaror hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish jarayoni fanlararo modulli ta’lim, ixtisoslik va pedagogik-psixologik fanlarning imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv mavzulari mazmuniga fanlararo integratsiya asosida o‘quv mavzularini o‘rganishga tayyorgarlikni hosil qiluvchi deontologik kompetentlikning xususiy va pedagogik ta’sir vositalarini muvofiqlashtiruvchi umumiy tushunchalar o‘rtasidagi bevosita aloqadorlikni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish modeli deontologik kompetentlik komponentlari va o‘qituvchi deontologik sifatlarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish va nazariy-amaliy faoliyatni tashkil etishda tolerantlik, kommunikativ, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, prognostik funksiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari xorijiy til o‘qituvchisi shaxsining deontologik qiyofasini aniqlashtirish, bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining fan tayyorgarligini aksiologizatsiyalash, deontologiya, kasbiy va kommunikativ madaniyatga oid bilimlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi motivatsion, kognitiv-deontologik, refleksiv, tashkiliy-kommunikativ, qadriyatli komponentlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini barqaror hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i asosidagi 106-129-son guvoxnomasi). Natijada, oliy taʼlim muassasalari tizimiga tegishli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda deontologik kompetentlikka oid o‘quv topshiriqlarni ishlab chiqishni takomillashtirish imkonini yaratgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish jarayoni fanlararo modulli ta’lim, ixtisoslik va pedagogik-psixologik fanlarning imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv mavzulari mazmuniga fanlararo integratsiya asosida o‘quv mavzularini o‘rganishga tayyorgarlikni hosil qiluvchi deontologik kompetentlikning xususiy va pedagogik ta’sir vositalarini muvofiqlashtiruvchi umumiy tushunchalar o‘rtasidagi bevosita aloqadorlikni ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i asosidagi 106-129-son guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari tizimiga tegishli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda deontologik kompetentlikka oid o‘quv topshiriqlarni ishlab chiqishni takomillashtirish imkonini yaratgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish modeli deontologik kompetentlik komponentlari va o‘qituvchi deontologik sifatlarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish va nazariy-amaliy faoliyatni tashkil etishda tolerantlik, kommunikativ, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, prognostik funksiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i asosidagi 106-129-son guvohnomasi). Natijada, talabalarning deontologik kompetentlik sifatini rivojlantirish asosida o‘quv yutuqlariga erishishga tayyorlashning kommunikativ shakllarini amaliyotga qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari xorijiy til o‘qituvchisi shaxsining deontologik qiyofasini aniqlashtirish, bo‘lajak chet tillari o‘qituvchisining fan tayyorgarligini aksiologizatsiyalash, deontologiya, kasbiy va kommunikativ madaniyatga oid bilimlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilik kasbiga oid to‘garak guruh faoliyatining metodik va didaktik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i asosidagi 106-129-son guvohnomasi). Natijada, yosh professor-o‘qituvchilar o‘quv kursi mashg‘ulotlari davomida deontologik kompetentlikni rivojlantirish usullari va vositalariga oid nazariy va amaliy materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 13-sentyabrdagi 04-36-1494-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga xorijiy til o‘qitish jarayoni samaradorligini oshirish xususida berilgan tavsiya xulosalar haqida radio tinglovchilarga, jumladan bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan.