Ziyayeva Maxbuba Fazlidinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida pedagogik neologiya asosida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirish (talaba-qizlar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2803.     
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti. 
Ilmiy rahbar: Kushakova Gulnora Egamkulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida pedagogik neologiya asosida talaba-qizlarni ijtimoiy faolligini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-qizlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari, bosqichlari (konseptual, tarixiy, psixo-fiziologik), oliy ta`limda tyutorlarni ijtimoiy baholash mezonlari (kreativlik, sinergetik yondashuv, verbal-noverbal, prezentativlik-eksklyuzivlik-progressivlik-motivatsion) asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik neologiya asosida talaba-qizlarni ijtimoiy faollik mazmuni, jarayonlari, loyihalash materiallar asosida ishlashga doir (funksionallik, yaxlitlik, muvofiqlik, insonparvarlik, zamonaviylik, ilmiylik faoliyatli yondashuv tamoyillar) ta`lim texnologiyalarni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik neologiya asosida talaba-qizlarni ijtimoiy faolligini ta’minlashga xizmat qiladigan shaxsini faollashtirishga yo’naltirilgan modellashtirish, “ijtimoiy faollik” yondashuvi (tyutorning psixologik, pedagogik tamoyillari, ijtimoiy talablari, autopsixologik kompetentligi, pedagogik improvizatsiya, axloqiy ongi, gumanitar madaniyat, virtual mobillik)ni ta`minlash orqali takomillashtirilgan;
pedagogik neologiya asosida talaba-qizlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirishning “integrativ hamkorlik” kompetensiyalari (kasbiy, innovatsion, komunnikativ, kreativ, genderli), tizimli-funksional modeli, faoliyat uchun zarur didaktik, kognitiv, vizual vositalarni oldindan tayyorlash talabalarning motivatsiyali faoliyatini boshqarish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida pedagogik neologiya asosida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishga doir ilmiy natijalari asosida:
pedagogik neologiya asosida talaba-qizlar ijtimoiy faolligini takomillashtirish jarayonlari talablari xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligiga (amaliy va natijaviylik komponentlarining tizimliligi, uzluksizligi va uzviyligi) ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflar MRB-OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagogik kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 26-sentyabrdagi 02-07-3152/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlar ijtimoiy faolligini takomillashtirish jarayonini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo’nalishlar samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogik neologiya asosida talaba-qizlar ijtimoiy faolligini takomillashtirish indikatorlarini ijtimoiy baholash mezonlariga (kreativlik, sinergetik yondashuv, verbal-noverbal, prezentativlik, eksklyuzivlik, progressivlik-motivasion)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 26-sentyabrdagi 02-07-3152/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-qizlarning tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga kreativ yondashuvi samaradorligini oshirishga erishilgan;
talaba-qizlar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari hamda refleksiv boshqaruv omillarining o’quv-uslubiy-ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida ishlab chiqilgan modulli ishlanmalariga oid takliflaridan MRB-OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagogik kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 26-sentyabrdagi 02-07-3152/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan metodik elektron dasturiy ta’minot yoshlar ittifoqi va ma’naviyat ishlari bo’yicha mas’ullar, tyutorlar uchun pedagogikada yangilik yaratish bosqichlari kategoriyasida ko’zda tutilgan neonologik yondashuvga ko’ra talaba-qizlar faoliyat motivatsiyasi kuchayishiga, mustaqil ishlash ko’nikmalari va evristik tajribalari rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish