Davronova Fotima Pirnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarni ingliz tiliga tezkor o‘qitishning pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped1901.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Begmatova Dilnoza, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent;
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga ingliz tilini tezkor o‘qitishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning leksik, pragmatik, sotsiolingvistik til o‘zlashtirish qobilyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Veb-kvest” texnologiyasining kognitiv, kreativ, mustaqil, refleksiv bosqichlari produktivlik, ijodiy-tadqiqiy darajalardagi konstruktiv faoliyatli komponentlar doirasida takomillashtirilgan;
talabalarning kelgusi faoliyatiga aloqador kasbiy-shaxsiy, gnostik, prognozlash kompetensiyalar mazmuni motivatsiyali til o‘zlashtirish dinamikasiga mo‘ljallangan raqamli ta’lim texnologiyalarining audivizual va simulyativ imkoniyatlariga muvofiq ingliz tilini o‘qitish integratsiyasiga moslashtirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarga ingliz tilini tezkor o‘qitish modeli vizual-amaliy va immersiv variativlikka ustuvorlik berish asosida raqamli ta’limning ierarxik paradigma konstruksiyasini ob’ektiv baholash yordamida takomillashtirilgan;
nomutaxassislik bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun raqamli texnologiyalar yordamida ingliz tilini tezkor o‘qitishga mo‘ljallangan va mustaqil ta’lim topshiriqlarini kelgusidagi kasbiy faoliyatga identiv moslashtirishga yo‘naltirilgan mobil ilovalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarni ingliz tiliga tezkor o‘qitishning pedagogik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalar tomonidan leksik, pragmatik, sotsiolingvistik til o‘zlashtirish qobilyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Veb-kvest” texnologiyasining kognitiv, kreativ, mustaqil, refleksiv bosqichlari kasbiy-shaxsiy, hissiy-emosional faoliyatni tashkil etishga yo‘naltirilgan til o‘zlashtirishning kognitiv, kreativ, mustaqil, refleksiv bosqichlarini tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilagan MUZ-2015-0908164325 raqamli “Kommuniaktiv-komulyativ metodi asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga ingiliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 15 sentabrdagi 01/15-09/203-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar tomonidan ingliz tilidagi o‘quv materialini tezkor o‘zlashtirish bosqichlarini belgilashga sharoit yaratilgan va fikrlash qobiliyatining moslashuvchanligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni integrativ qo‘llash asosida talabalarning leksik, grammatik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning kelgusi faoliyatiga aloqador kasbiy-shaxsiy, gnostik, prognozlash motivatsiyali til o‘zlashtirish dinamikasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovasion tadqiqot loyihasining amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (SamDCHTI 2022 yil 26 sentabrdagi 2676/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada erishilgan yutuqlar va ishlab chiqilgan tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutining o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini amalga oshirish jarayoni imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
talabalarga ingliz tilini tezkor o‘qitish modeli vizual-amaliy va immersiv variativlikka ustuvorlik berish asosida ta’lim jarayonini didaktik optimallashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilagan MUZ-2015-0908164325 raqamli “Kommuniaktiv-komulyativ metodi asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga ingiliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi loyiha doirasidagi amaliy topshiriqlarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 15 sentabrdagi 01/15-09/203-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ingliz tiliga tezkor o‘qitishda raqamli texnologiya imkoniyatlari kengaytirilgan va didaktik ta’minotini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalar tomonidan o‘quv axborotini o‘zlashtirishda raqamli texnologiyalarga murojaat etish bo‘yicha shakllantirilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ingliz tilini raqamli texnologiyalar yordamida tez va oson o‘qitishning bugungi kundagi ahamiyati haqida “Samarqand sadosi” radio eshittirishlarini; “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda, shuningdek qator ko‘rsatuvlarni tashkil etishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 12 oktabrdagi 01-12/383-son ma’lumotnomasi). Natijada nomutaxassislik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tinglab tushunish, ingliz tilidagi matnlarni idrok etish, hissiy-emotsional, hissiy rivojlanish manbai doirasida nutq texnikasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaygan.