Husanboev Sadafbek Yorqinjon o‘g‘lining
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyatida agroturizm faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati” tutash ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2053
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ollanazarov Bekmurot Davlatmurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatida agroturizm faoliyatini rivojlantirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agroturizm salohiyatini hisobga olib qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, sharob mahsulotlari, quritilgan mevalar, shirinliklar va boshqalarni joyida ta’tib ko‘rishni tashkil qilish yo‘li bilan yagona tuzilma (qishloq turistik klasteri)ga biriktirilgan agro-etno-qishloq shaklidagi model uyushmalar tashkil qilish asoslangan;
turizm imkoniyatlari bo‘yicha “istiqbolsiz”, “rivojlanish imkoniyatiga ega”, “barqaror” va “istiqbolli” toifalarga ajratish asosida har bir hududning turizm salohiyatini to‘liq namoyish etuvchi turizm xaritalarini (Guidebook) ishlab chiqish taklifi asoslangan;
xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni, boshqaruv xarajatlari hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobiga agroturizm xizmatlari hajmining 2024-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
agroturistik resurs komponentlar hisobiga turizm xizmatlari ko‘rsatishning istiqbolli joylashtirishga ko‘ra agroturizm faoliyati rivojlanishining 2024-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatida agroturizm faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agroturizm salohiyatini hisobga olib qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, sharob mahsulotlari, quritilgan mevalar, shirinliklar va boshqalarni joyida tatib ko‘rishni tashkil qilish yo‘li bilan yagona tuzilma (qishloq turistik klasteri)ga biriktirilgan agro-etno-qishloq shaklidagi model uyushmalar tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
5-yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 2-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 29-martdagi 02-12-02-1861-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatidagi tanlangan shahar va tumanlarda agoroturizm yo‘nalishi bo‘yicha tashrif buyurayotgan sayyohlar soni oshishiga, yangi ixtisoslashgan turistik marshrutlar orqali turistik mahsulotlari sotuv hajmining oshirish imkoniyati yaratilgan;
turizm imkoniyatlari bo‘yicha “istiqbolsiz”, “rivojlanish imkoniyatiga ega”, “barqaror” va “istiqbolli” toifalarga ajratish asosida har bir hududning turizm salohiyatini to‘liq namoyish etuvchi turizm xaritalarini (Guidebook) ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 29-martdagi
02-12-02-1861-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik doirasida Farg‘ona viloyatida agroturizm faoliyatini rivojlantirishning strategik harakat dasturlari negizida viloyatda agroturizm faoliyati tizimini shakllantirishning hududiy xaritasi ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni, boshqaruv xarajatlari hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobiga agroturizm xizmatlari hajmining 2024-yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 11-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 29-martdagi 02-12-02-1861-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik korxonalarda ko‘p omilli bog‘lanishlar asosidagi tahlillar negizida agroturizm xizmatlari hajmi hamda korxonalar faoliyatining boshqarish samaradorligini 8-11 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
agroturistik resurs komponentlar hisobiga turizm xizmatlari ko‘rsatishning istiqbolli joylashtirishga ko‘ra agroturizm faoliyati rivojlanishining 2024-yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni 1-ilovasi 35-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 29-martdagi 02-12-02-1861-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida tanlangan hududlarda agroturizm korxonalariga kiritilayotgan investisiya miqdorining 10-15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan.