Umronov Eldorbek Sodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2065
Ilmiy rahbar: Mirzayev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Bekmirzayev Mirzoxid Adashaliyevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyatning ekologik, tabiiy, transport, ijtimoiy-madaniy, landshaft salohiyatini hisobga olib Beshariq, Oltiariq, Farg‘ona tumanlarini tibbiy turizm tadbirkorligiga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
Qo‘qon shahrida milliy hunarmandchilik muzeyi va turizm markazini, Rishton tumanida hunarmandchilik turizmi (kulolchilik) tadbirkorligini, So‘x tumanida ekoturizm tadbirkorligini tashkil etish taklifi asoslangan;
kirib kelayotgan turistlar hamda turizm sohasiga yo‘naltirilgan investisiyalarni hisobga olib turistlar sonining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari soni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi real umumiy daromadlar hajmini hisobga olib turizm sohasidan olinadigan daromadlar hajmining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
viloyatning ekologik, tabiiy, transport, ijtimoiy-madaniy, landshaft salohiyatini hisobga olib Beshariq, Oltiariq, Farg‘ona tumanlarini tibbiy turizm tadbirkorligiga ixtisoslashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi VMQ-221-son “2022 – 2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 19-avgustdagi 04-18/4323-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Farg‘ona viloyati turizm tadbirkorligini samarali tashkil qilishga erishilgan hamda turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyati xizmatlari hajmining 8 foizli ijobiy samarasini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
Qo‘qon shahrida milliy hunarmandchilik muzeyi va turizm markazini, Rishton tumanida hunarmandchilik turizmi (kulolchilik) tadbirkorligini, So‘x tumanida ekoturizm tadbirkorligini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi VMQ-221-son “2022 – 2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-3-ilovalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 19-avgustdagi 04-18/4323-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida hunarmandchilik va ekoturizm tadbirkorligini rivojlantirishning istiqbolli imkoniyatlari hisobiga hududlar turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligi 12 foizli ijobiy samarasiga erishish imkoniyati yaratilgan;
kirib kelayotgan turistlar soni, turizm sohasiga kiritilayotgan investisiyalar hajmini hisobga olib, turistlar sonining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 
VMQ-221-son “2022 – 2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 
2022-yil 19-avgustdagi 04-18/4323-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatining istiqbolda daromadlarini 2,1 marta ijobiy samarasiga erishish imkoniyati yaratilgan;
turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari soni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi real umumiy daromadlar hajmini hisobga olib, turizm sohasidan olinadigan daromadlar hajmining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi VMQ-221-son 
“2022 – 2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 19-avgustdagi 
04-18/4323-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turistik korxonalar faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari aniqligi 11 foizga ijobiy o‘zgarishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish