Avulchaeva Feruza Jurakuzievnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kimyo sanoati korxonalarining boshqaruv tizimini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1930.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gul`chexra Jalgasovna Allaeva, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati korxonalarining boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoati korxonalarining boshqaruv tizimini baholash menejment samaradorligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra “zaif boshqaruv tizimi” (0-3,49), “samarali boshqaruv tizimi” (3,50-4,45) va “kuchli boshqaruv tizimi” (4,46-5,00) mezonlarini ishlab chiqish asosida taklif etilgan;
kimyo sanoati korxonalarining boshqaruv tizimini qisman, optimal, to‘liq usullarda restrukturizatsiya qilish, korxonaning moliyaviy holatini baholash, raqobatchilar strategiyasini tahlil qilish, restrukturizatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqish asosida taklif etilgan;
“Farg‘onaazot” AJga zamonaviy boshqaruv modelini qo‘llash ehtimoliy risklarni baholash, raqamli transformatsiyani amalga oshirish, strategik rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarishda xarajatlar bo‘yicha ilg‘orlik strategiyasini qo‘llash, ko‘lamdan tejash, elektr-energiya, xom-ashyo xarajatlarini minimallashtirish asosida taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo sanoati korxonalarining boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo sanoati korxonalarining boshqaruv tizimini baholash menejment samaradorligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra “zaif boshqaruv tizimi” (0-3,49), “samarali boshqaruv tizimi” (3,50-4,45) va “kuchli boshqaruv tizimi” (4,46-5,00) mezonlaridan foydalanish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalardan “Farg‘onaazot” AJ faoliyatida joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ 2023 yil 7 fevraldagi 18-369-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Farg‘onaazot” AJ boshqaruv samaradorligi 2020 yilga nisbatan 2021 yilda 1,03 barobarga oshirishga erishilgan.
Kimyo sanoati korxonalarining boshqaruv tizimini qisman, optimal, to‘liq usullarda restrukturizatsiya qilish, korxonaning moliyaviy holatini baholash, raqobatchilar strategiyasini tahlil qilish, restrukturizatsiya qilish mexanizmi bo‘yicha taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalardan “Farg‘onaazot” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ 2023 yil 7 fevraldagi 18-369-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Farg‘onaazot” AJda 2021 yil yakuni bilan sof foydasi 2020 yilga nisbatan 1,2 barobarga oshdi.
“Farg‘onaazot” AJga zamonaviy boshqaruv modelini qo‘llash ehtimoliy risklarni baholash, raqamli transformatsiyani amalga oshirish, strategik rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalaridan “Farg‘onaazot” AJning 2026 yilgacha rivojlantirish strategik rejasida o‘z aksini topganligi aniqlangan (“O‘zkimyosanoat” AJ 2023 yil 7 fevraldagi 18-369-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Farg‘onaazot” AJning 2026 yilgacha mo‘ljallangan strategik rejalari ishlab chiqilgan hamda bozor ulushini 2022 yilga nisbatan 2026 yilda 24 % qo‘shimcha oshirishga imkon yaratiladi.
Kimyo sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarishda xarajatlar bo‘yicha ilg‘orlik strategiyasini qo‘llash, ko‘lamdan tejash, elektr-energiya, xom-ashyo xarajatlarini minimallashtirish asosida taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalardan “Farg‘onaazot” AJ tomonidan foydalanilgan(“O‘zkimyosanoat” AJ 2023 yil 7 fevraldagi 18-369-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Farg‘onaazot” AJda energiya xarajatlarining ulushi ishlab chiqarish tannarxida 2020 yilning 52,7 %idan 2021 yilda 47,2 %gacha kamayishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish