Abdimo‘minova Saodat Taxirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning shaxsiy sug‘urta sohasida menejment samaradorligini oshirish», 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt761.
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Sunnat Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsiy sug‘urta sohasi menejmenti samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning shaxsiy sug‘urta sohasi menejmenti samaradorligini makro hamda mikro darajada tahlil qilishning samaradorlik mezonlari va samaradorlik muhim ko‘rsatkichlaridan iborat kompleks baholash tizimi ishlab chiqilgan;
shaxsiy sug‘urta sohasi menejmenti samaradorligi omillaridan bo‘lmish infratuzilmani ratsionallashtirish xususiyatlari va yo‘nalishlari aniqlangan va shu asosda O‘zbekiston shaxsiy sug‘urta bozori infratuzilmasi yangilangan modeli ishlab chiqilgan; 
shaxsiy sug‘urta sohasiga raqamlashtirish vositalarini joriy qilishning ilmiy asoslangan takliflari ishlab chiqilgan va shu asosda O‘zbekistonda shaxsiy sug‘urta faoliyatini boshqarish tizimiga raqamlashtirishni joriy qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda shaxsiy sug‘urta sohasini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari aniqlangan va boshqarish tizimiga ESG tamoyilini joriy qilish orqali yangi shaxsiy sug‘urta mahsulotini yo‘lga qo‘yish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning shaxsiy sug‘urta sohasida menejment samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsiy sug‘urta menejmenti samaradorligini kompleks baholash tizimining butun soha shuningdek, har bir sug‘urta kompaniyasi miqyosida amaliyotda qo‘llash uslubi «ALFA LIFE INSURANCE» AJ Sug‘urta Kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (Kompaniyaning 2022 yil 12 dekabrdagi 0500-sonli maʻlumotnomasi). Natijada, 2021 yil yakunlari bo‘yicha kompaniya savdo rentabelligi (ROS) 2020 yilga nisbatan +11,9 punktga oshgan, asosiy faoliyat 3 240,35 mln. so‘m zarar o‘rniga 2021 yilda 1 927,43 mln. so‘m foydani bergan. Kompaniya sof foydasi 2021 yil yakunlariga ko‘ra 4 614,29 mln. so‘m bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 124,5% ga o‘sgan. Mijozga mo‘ljal olgan boshqaruv qarorlari qabul qilish natijasida, 2021 yil yakunlariga ko‘ra 54 121 mln. so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ishga erishilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 52,3% ga o‘sishni tashkil qilgan;
shaxsiy sug‘urta menejmenti samaradorligini kompleks baholash tizimining butun soha shuningdek, har bir sug‘urta kompaniyasi miqyosida amaliyotda qo‘llash uslubi «ALSKOM SUGURTA KOMPANIYaSI» AJ boshqaruvi tomonidan amaliyotda qo‘llanilgan (Kompaniyaning 2022 yil 15 dekabrdagi 04-2132-sonli maʻlumotnomasi). Samaradorlik muhim ko‘rsatkichlari yordamida kompaniya faoliyati bo‘yicha tizimli tahlil olib borilib, olingan natijalar asosida boshqaruv qarorlari qabul qilingan. Ushbu boshqaruv qarorlari natijasida kompaniya mijozlar bazasi kengaygan. Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha 2021 yilda sug‘urtalangan shaxslar soni 18 761 tani tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 55% o‘sishni bildiradi;menejment samaradorligini oshirishning zaruriy omillarini hisobga olgan O‘zbekiston shaxsiy sug‘urta bozori infratuzilmasi yangilangan modeli «ALFA LIFE INSURANCE» AJ Sug‘urta Kompaniyasi tomonidan qabul qilindi (Kompaniyaning 2022 yil 12 dekabrdagi 0500-sonli maʻlumotnomasi). Natijada sug‘urta agentlari orqali sug‘urta tushumlari 32% ga o‘sgan, Kompaniyaga ko‘rsatilgan affillangan sug‘urta xizmatlari hajmi esa o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ortgan. Shuningdek, ushbu yangilangan model asosida mijoz ehtiyojlarini qondirilishi darajasi 57% dan 80-100% o‘zgarishi kutilmoqda;
shaxsiy sug‘urta jarayonini boshqarish tizimiga raqamlashtirishni joriy qilish algoritmi «ALSKOM SUGURTA KOMPANIYaSI» AJ tomonidan qabul qilingan (Kompaniyaning 2022 yil 15 dekabrdagi 04-2132-sonli maʻlumotnomasi). Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan algoritm asosida kompaniyada tegishli qarorlar qabul qilingan va raqamlashtirish borasida amaliy ishlar olib borilgan. Natijada, sug‘urta shartnomasi va sug‘urta zaxirasini hisob-kitob qilishda mehnat unumdorligi o‘rtacha 60% ga oshgan va kompaniya mehnatga haq to‘lash harajatlaridan 394 mln.so‘m iqtisod qilgan. Mijoz bilan aloqani kuchaytirishda onlayn savdo miqyosi kengaygan. Natijada, kompaniya tomonidan shaxsiy sug‘urta tushumlari 2021 yilda 4,75 mlrd. so‘mni tashkil qilgan va 2020 yilga nisbatan 3,27 mlrd. so‘mga ortgan; 
ESG uslubiga asoslangan yangi shaxsiy sug‘urta mahsulotini yo‘lga qo‘yish tizimi «ALSKOM SUGURTA KOMPANIYaSI» AJ tomonidan qabul qilingan (Kompaniyaning 2022 yil 15 dekabrdagi 04-2132-sonli maʻlumotnomasi). Ushbu tizimni Kompaniya amaliyotiga joriy qilish orqali kompaniyaning xalqaro ESG-reytingi yuzaga kelishi kutilmoqda. Buning natijasida kompaniyaning qiymati 240,00 mlrd. so‘mdan ortiqqa baholanishi mumkin va xalqaro maydonda investisiya jozibadorligi ortishi kutilmoqda, kompaniyaning rentabellik ko‘rsatkichi 35-45 bandga oshishi prognoz qilinmoqda. Hozirda kompaniya amaliyotida onkologiya kasalliklaridan sug‘urta himoyasini beruvchi kritik kasalliklardan sug‘urta turi joriy qilinib bir nechta tashkilot tomonidan xodimlariga ijtimoiy paket sifatida sug‘urta himoyasi taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish