Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sportchilarda jismoniy yuklama vaqtida gormonal o‘zgarishlarni baholash va chidamkorlikni aniqlashning fiziologik - genetik uslublarini takomillashtirish», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B450.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Muborak Maxmusovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna, bilogiya fanlari doktori, professor; Abdullayeva Gulbohor Tolibjonovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy yuklama vaqtida gormonal o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi sportchi mashg‘ulotlari samaradorligiga hamda muvaffaqqiyatiga ta’sirini aniqlash, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish va chidamkorlikni baholashning fiziologik - genetik uslublarini sportga tatbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy yuklama ta’sirida turli xil ixtisoslashgan sportchilar va sport bilan shug‘ullanmaydigan shaxslarning qon zardobida gormonlar konsentratsiyasining o‘zgarishi va farqlari, xususan adrenalin, noradrenalin va kortizol gormonlarining sportchilar ish qobiliyatiga, mashg‘ulot samaradorligiga ta’siri ilmiy –amaliy tahlil qilingan hamda ushbu gormonal o‘zgarishlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilgan;
sportchi ovqatlanishi va jismoniy yuklamalar hajmining organizmda testosteron miqdorining o‘zgarishiga olib kelishi va bu holat sportchi kuch ko‘rsatgichiga ta’sir qilishi aniqlangan;
sportchi chidamkorligini belgilovchi fiziologik omillar aniqlanib, chidamkorlikni oshiruvchi eng samarali sport ozuqalaridan foydalanish uchun yo‘riqnoma ishlab chiqilgan; 
ACTN3 genining chidamkorlik bilan bog‘liqligi tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sportchilarda jismoniy yuklama vaqtida gormonal o‘zgarishlarni baholash va chidamkorlikni aniqlashning fiziologik - genetik uslublarini takomillashtirish natijalar asosida:
sportchilarni muvaffaqqiyat qozonishida gormon konsentratsiyasi o‘zgarishlarining ahamiyati laboratoriya sharoitida amaliy aniqlangan, sportchi mashg‘ulotlari samaradorligini oshiruvchi doping bo‘lmagan biologik faol qo‘shimchalardan foydalanish yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 6-iyuldagi 06-13/3208-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarni chidamkorligini oshirish, mashg‘ulot samaradorligini baholash uchun gormonal tekshiruv va sport ko‘rsatgichlarini yaxshilash uchun biologik faol qo‘shimchalardan foydalanilgan;
bolalarni sport turiga jalb qilishda yosh sportchining genlar assotsiatsiyasiga bog‘liq ekanligini fiziologik-genetik uslublar orqali aniqlash va sportga tanlab olish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining 2022 yil 22-avgustdagi 11-841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni sport turiga to‘g‘ri yo‘naltirish va jismoniy mashg‘ulotni to‘g‘ri tanlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish