Tabayev Azamat Zaripbayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmatlar ko‘rsatishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2526
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Abdullayev Ravshan Voxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmurotov Abduvohid Abdurahmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo`jaligida agrokimyoviy xizmatlar ko`rsatishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo`yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, mineral o`g`itlar hisobiga olingan qo`shimcha mahsulot miqdori hamda o`g`itdan foydalanish koeffisientini aniqlash bo`yicha uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
mineral o`g`it va kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi zavodlarning davlat-xususiy sherikchilik asosidagi ixtisoslashgan dilerlik markazlarini tashkil etish asoslangan;
agrokimyoviy korxonalar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar natijadorligini oshirish uchun xodimlar mehnatiga qo`shimcha to`lanadigan haqlarni belgilashda “past” (0-35 ball), “o`rtacha” (35-70 ball), “yuqori” (70-100 ball) hisoblash mezonlari ishlab chiqilgan;
agrokimyoviy xizmatlarni rivojlantirish hisobiga paxta hosildorligining 2030 yilgacha bo`lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo`jaligida agrokimyoviy xizmatlar ko`rsatishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo`yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, mineral o`g`itlar hisobiga olingan qo`shimcha mahsulot miqdori hamda o`g`itdan foydalanish koeffisientini aniqlash bo`yicha uslubiy yondashuv O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligining 2022 yil 10 noyabrdagi 2-39/2778-sonli ma`lumotnomasi). Bu esa, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida mineral o`g`itlardan foydalanish koeffisientini aniqlashda xizmat qiladi;
mineral o`g`it va kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi zavodlarining davlat-xususiy sherikchilik asosidagi ixtisoslashgan dilerlik markazlarini tashkil etish bo`yicha taklifi O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligining 2022 yil 10 noyabrdagi 2-39/2778-sonli ma`lumotnomasi). Natijada qishloq xo`jaligi korxonalarini uzluksiz, o`z vaqtida mineral o`g`it va kimyoviy vositalar bilan ta`minlashda mineral o`g`itlarning ozuqa birligini yo`qotilishi 11 foizga pasayishi, mineral o`g`itning samaradorligi 30 foizgacha oshirilishi ta`minlanadi;
agrokimyoviy korxonalar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar natijadorligini oshirish uchun xodimlar mehnatiga qo`shimcha to`lanadigan haqlarni hisoblash mezonlari O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligining 2022 yil 10 noyabrdagi 2-39/2778-sonli ma`lumotnomasi). Natijada qishloq xo`jaligi sohasiga agrokimyoviy xizmatlar ko`rsatishda ishtirok etuvchi xodimlarning mehnat unumdorligini oshishi ta’minlanadi;
agrokimyoviy xizmatlar sifatini oshirish hisobiga paxta hosildorligini 2030 yilgacha bo`lgan prognoz parametrlari O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini va himoyasi agentligining 2022 yil 10 noyabrdagi 2-39/2778-sonli ma`lumotnomasi). Natijada, 2030 yilga borib, agrokimyoviy tadbirlarning o`z vaqtida amalga oshirishi natijasida paxta xom ashyosi hosildorligi 44,4 s/ga yoki 20 foizga oshishi ta`minlanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish