Shomurodov Jamshid Olimboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2708.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Marifjon Mamirdjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash va mazkur yo‘nalishda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish mexanizmlari ta’lim oluvchilarning intuisiyasi, hissiy qabul qilish darajasi va refleksiv faoliyatini uzluksiz takomillashtirishga oid nazariy yondashuvlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallari vositasida o‘quvchilarning kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari mantiqiy savol, minor-major, audio musiqiy mashg‘ulot, musiqiy tasvir, intellektual o‘yinlar, art terapiya kabi kognitiv texnologiyalarni kiritish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli kreativ fikrlash intensivligini tadrijiy asosda ta’minlash hamda musiqiy eshituv, musiqiy atama va belgilarni anglash imkoniyatini mahsuldor o‘quv materiallari yordamida kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallari vositasida o‘quvchilarda kognitiv qabul qilish layoqatining rivojlanganlik mezonlari interiorizatsiya, improvizatsiya, estetik did, madaniy dunyoqarashni barqaror rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
ta’lim oluvchilarning intuisiyasi, hissiy qabul qilish darajasi va refleksiv faoliyatini uzluksiz takomillashtirishga oid nazariy yondashuvlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish mexanizmlariga oid nazariy yondashuvlarni integratsiyalash asosida aniqlangan yondashuvlardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1352/04-son dalolatnomasi). Natijada, “Musiqa” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi didaktik materiallarni kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
kreativ fikrlash intensivligini tadrijiy asosda ta’minlash hamda musiqiy eshituv, musiqiy atama va belgilarni anglash imkoniyatini mahsuldor o‘quv materiallari yordamida kengaytirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeliga oid takliflardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F1-XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda nazariy-amaliy material sifatida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1352/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini muayyan darajada rivojlantirishga erishilgan.
interiorizatsiya, improvizatsiya, estetik did, madaniy dunyoqarashni rivojlantirish asosida ishlab chiqilgan badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallari vositasida o‘quvchilarda kognitiv qabul qilish layoqatining rivojlanganlik mezonlari, mantiqiy savol, minor-major, audio musiqiy mashg‘ulot, musiqiy tasvir, intellektual o‘yinlar, art terapiya kabi kognitiv texnalogiyalarni qo‘llash asosida aniqlashtirilgan badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallari vositasida o‘quvchilarning kognitiv qabul qilish layoqatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1352/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlanganlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatgichlarni muayyan indikatorlar yordamida ifodalashga erishilgan.