Abbozov Oxunjon Qayumjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «So‘x tumani toponimlarining leksik-semantik tadqiqi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2364.    
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon Boboyevich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadaliyevich, filologiya fanlari doktori, professor; Turobov Abdurayim Malikovich, filologiya fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi So‘x tumani toponimlarining leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
So‘x tumani toponimiyasining tarixiy manba, hujjat hamda statistik ma’lumotnomalar asosida hudud toponimlarining shakllanish va rivojlanish bosqichlari davriy jihatdan asoslanib, eng qadimiy davrda yaratilgan toponimlar lug‘aviy qatlamida, asosan, sug‘d tili, arablar istilosidan keyin arab, fors-tojik, o‘zbek, sho‘rolar davrida esa rus tilining ta’siri kuchli bo‘lganligi aniqlangan;
So’x tumani toponimlarining shakllanishi va taraqqiuoti uchta 1) hududda fors-tojikcha, o‘zbekcha, arabcha hamda sug‘d tiliga oid qadimgi nomlar: Zirak, Quvvi, Kunjok, So’x, Xonaqoh, Xokkanak, Obishir, Surati; 2) sho‘rolar davrida rus tili va siyosatining kuchli ta’siri bilan bog‘liq holda uuzaga kelgan nomlar: Engels (Chorko’cha), Jdanov (G‘aznaviu), Karl Marks (Qal’a), Kuubishev (Qal’acha), Leningrad (Sohibkor), Lenin (Guliston), Kalinin (Lenbur); 3) mustaqillik bilan bog‘liq holda uuzaga kelgan nomlar: Istiqlol, Xumo, Qahramon, Navobod, Sarhadchi, Ziuo, Buston, Matonat, Namuna, Anorbog‘, Gulirauhon, Haqiqat, Sebzor, Shitobon, Obida, Bog‘bon, Zamin, Zakovat kabi davrlarga ajratilgan:
antropotoponimlar, tarixiy voqealar hamda diniy motivli toponimlar ijtimoiy-siyosiy terminlar asosida yuzaga kelgan va kasb-hunar nomlari bilan atalgan toponimlar o‘zgarishi hamda nomlanishining ijtimoiy, siyosiy, lisoniy jihatlari har bir davrning tarixiy, iqtisodiy, madaniy, mafkuraviy sharoitlariga asoslangan holda dalillangan; 
toponimlar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo’shma tarkibli, so’z birikmasi va izofiu birikma modelidagi hamda xalqning mifologik va diniy qarashlarini aks ettirgan mifologemalar asosida ochib berilgan. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati So‘x tumani hududidagi toponimlarni leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda xulosalar asosida:
So‘x tumani toponimiyasining tarixiy manba, hujjat hamda statistik ma’lumotnomalar asosida hudud toponimlarining shakllanish va rivojlanish bosqichlari davriy jihatdan asoslanib, eng qadimiy davrda yaratilgan toponimlar lug‘aviy qatlamida, asosan, sug‘d tili, arablar istilosidan keyin arab, fors-tojik, o‘zbek, qisman mo‘g‘ul, sho‘rolar davrida esa rus tilining ta’siri kuchli bo‘lganligiga oid ilmiy va an’anaviy asoslangani bo‘yicha bildirilgan xulosalardan «Fors-tojikcha o‘zlashmalar» nomli o‘quv lug‘atini tayyorlashda unumli foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 
500/t-005-raqamli ruxsatnoma). Natijada o‘quv lug‘atining ilmiy-amaliy jihatdan yanada boyishiga erishilgan.
So’x tumani toponimlarining shakllanishi va taraqqiuoti uchta katta davrga ajratilgan: 1) hududda fors-tojikcha, o‘zbekcha, arabcha hamda sug‘d tiliga oid qadimgi nomlar: Zirak, Quvvi, Kunjok, So’x, Xonaqoh, Xokkanak, Obishir, Surati; 2) sho‘rolar davrida rus tili va siyosatining kuchli ta’siri bilan bog‘liq holda uuzaga kelgan nomlar: Engels (Chorko’cha), Jdanov (G‘aznaviu), Karl Marks (Qal’a), Kuubishev (Qal’acha), Leningrad (Sohibkor), Lenin (Guliston), Kalinin (Lenbur); 3) mustaqillik bilan bog‘liq holda uuzaga kelgan nomlar: Istiqlol, Xumo, Qahramon, Navobod, Sarhadchi, Ziuo, Buston, Matonat, Namuna, Anorbog‘, Gulirauhon, Haqiqat, Sebzor, Shitobon, Obida, Bog‘bon, Zamin, Zakovat kabi hudud toponimlarining sotsiolingvistik xususiyatlariga oid ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 02-04-1600-son ma’lumotnomasi). Jumladan, ushbu ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan ssenariy materiallari tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan misollar bilan boyitildi. Natijada radiotinglovchilar uchun ushbu eshittirishlarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
antropotoponimlar, tarixiy voqealar hamda diniy motivli toponimlar ijtimoiy-siyosiy terminlar asosida yuzaga kelgan va kasb-hunar nomlari bilan atalgan toponimlar o‘zgarishi hamda nomlanishining ijtimoiy, siyosiy, lisoniy jihatlari har bir davrning tarixiy, iqtisodiy, madaniy, mafkuraviy sharoitlariga asoslangan holda dalillanganiga oid xulosalardan «Matn tilshunosligi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada o‘zbek tilida funksional so’z yasalishi xususiyatlarini tahlil qilishda toponimiyadagi muayyan leksik birliklarning shakliy va ma’noviy munosabatlari sharhi boyitilishiga erishilgan hamda toponimlar bo‘yicha berilgan ilmiy ma’lumotlar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish