Sirojiddinova Shahribonu Sirojiddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqshunoslik yo‘nalishi talabalarining nutqiy va leksik kompetensiyalarini content-based yondashuvi asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3890.
Ilmiy rahbar: Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped83.01. 
Rasmiy opponentlar: Rashidova Feruza Musayevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahmonov Aziz Basitovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuridik soha yo‘nalishi talabalarini ingliz tilida muloqot qilishlarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi yuridik atamalarni o‘qitishdagi yuridik diskursning lisoniy va nolisoniy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi pragmatik, kognitiv integratsiyalari mazkur birliklarning lisoniy va nolisoniy aktlarda qamrab olinishi darajasiga ko‘ra ko‘lami aniqlangan;
yuridik yo‘nalish talabalarining sohaga oid atamalarni muloqotda keng qo‘llashining lingvistik-pragmatik, kognitiv-diskursiv imkoniyatlari talaba-yoshlarning so‘z o‘zlashtirish kompetensiyasini rivojlantirib borish darajasiga ko‘ra samarali shakllantirib borilishi asoslab berilgan;
ingliz tilidagi yuridik atamalarni o‘rgatishning “asosli munozara”, “hamkorlik strategiyasi” kabi innovatsion va ko‘p so‘zli xorijiy atamalar, yuridik jargon va murakkab sintaksik tuzilmalarni qo‘llashdan iborat nostandart usullari kompetentlik, metodik va tuzilishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
ingliz tilida yuridik atamalarni o‘rgatish metodikasi ulardan muloqot jarayonida foydalanishning personal, sotsio-pragmatik, lisoniy, kognitiv omillari innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni content-based usuli orqali o‘qitish asnosida olingan ilmiy natijalar asosida ingliz tilida yuridik atamalarni o‘qishga o‘rgatishning xulosalari asosida:
ingliz tilida yuridik atamalarni o‘rgatish, ulardan muloqot jarayonida foydalanishning personal, sotsio-pragmatik, lisoniy, kognitiv omillari nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini o‘qitishning interfaol, innovatsion metodlari hisobiga takomillashtirilgan haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 05 apreldagi 561/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi metodik modullarning elektron ma’lumotlar bazasini takomillashtirishga erishilgan;
ingliz tilidagi yuridik atamalarni o‘qitishdagi yuridik diskursning lisoniy va nolisoniy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi pragmatik, kognitiv integratsiyalari mazkur birliklarning lisoniy va nolisoniy aktlarda qamrab olinishi darajasiga ko‘ra ko‘lami aniqlanishiga oid natijalardan Yevropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMIP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining nazariy asoslarini belgilashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 05 apreldagi 561/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro loyiha asosida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy qismini boyitish va ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda ommalashtirish uchun uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishga erishilgan;
yuridik yo‘nalish talabalari sohaga oid atamalarni muloqotda keng qo‘llashining lingvistik-pragmatik, kognitiv-diskursiv imkoniyatlari talaba-yoshlarning so‘z o‘zlashtirish kompetensiyasini rivojlantirib borish darajasiga ko‘ra dars davomida ro‘yobga chiqarib borilishi asoslab berilganiga oid xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022 yil 8 aprel sanasidan 20 mayga qadar efirga uzatilgan "Ingliz tilidan onlayn dars" ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi 2022 yil 9 apreldagi 01-11/136-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish, huquqshunoslik yo‘nalishidagi talabalarga ingliz tilini o‘rgatish orqali ularning huquqiy savodxonligini takomillashtirish va mazmunini boyitish asnosida darsda Content-based metodikasini qo‘llash, ularni sohaviy bilimlarini boyitish, dars jarayonida nutqiy va lug‘aviy kompetensiyalarni oshirish,yuridik atamalarini ingliz tilida to‘g‘ri ifodalash hamda qo‘llashga xosliklarini ifodalanishi to‘g‘risida teletomoshabinlar yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish