Ravshanov Olim Poyonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshi Qashqadaryo vohasi adabiy manbalari”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil105.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardayev Qo‘ldosh Uzakovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasida yashab ijod qilgan shoirlar hayoti va faoliyati hamda bu davrda yaratilgan adabiy manbalarning matniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri - XX asr boshi Qashqadaryo adabiy manbalarini tavsiflashda ularning nusxalari tanqisligi, ko‘chirilish sifatining mumtoz an’analarga mos emasligi kabi holatlari sababi bu ijod namunalarining cheklangan muhitda yaratilgani bilan izohlanishi aniqlangan;
Qashqadaryo vohasida XIX asr oxiri - XX asr boshida yaratilgan, fanga ma’lum bo‘lmagan adabiy manbalar aniqlanib, mazkur davrda o‘zbek xalqining markazlardan uzoq hududlarda yashagan vakillari tomonidan ham ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarga bildirgan munosabatlari isbotlangan;
voha shoirlari Xayoliy, Hofiz Ro‘ziboy Mashrabi Soniylar merosida chor Rossiyasi istibdodi davrida vatan istiqloli va ozodligi uchun kurashgan fidoiylarning umumlashma siymosini yaratishga intilish kuzatilsa, Mahzun Shahrisabziy va Botirxo‘ja Xolislar ijodida qizil saltanat hukmronligi millat va xalq azaliy qadriyatlari, inson qadri va huquqlarining poymol etilishiga qarshi isyonkor she’riyat vujudga kelgani ochib berilgan;
mustabid tuzum davrida inson erkini kuylash Qori Avaz Badal Mahzun Shahrisabziy va Botirxo‘ja Xolis adabiy merosi davrning noyob adabiy manbasi sifatida baholanib, ular sho‘ro hibsxonalarida yozilgan, qamoqning mudhish obrazini namoyon etuvchi va tashuvchi dastlabki adabiy manbalar qatorida turishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshi Qashqadaryo vohasi adabiy manbalari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
XIX asr oxiri va XX asr boshi Qashqadaryo adabiy manbalarini ilmiy tavsiflashda ularning nusxalari tanqisligi, ko‘chirilish sifatining mumtoz an’analarga mos emasligi kabi holatlari sababi bu ijod namunalarining cheklangan muhitda yaratilgani bilangina izohlanishi aniqlanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 6-maydagi 17-01/101-son ma’lumotnomasi). Natijada bu davr adabiyotiga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, xalqona, diniy-orifona ohanglarni bugungi istiqlol davri adabiyoshunosligida keng, batafsil va atroflicha qo‘llash imkonini bergan;
voha shoirlari Xayoliy, Hofiz Ro‘ziboy Mashrabi Soniylar merosida chor Rossiyasi istibdodi davrida vatan istiqloli va ozodligi uchun kurashgan fidoiylarning umumlashma siymosini yaratishga intilish kuzatilsa, Mahzun Shahrisabziy va Botirxo‘ja Xolislar ijodida qizil saltanat hukmronligi millat va xalq azaliy qadriyatlari, inson qadri va huquqlarining poymol etilishiga qarshi isyonkor she’riyat vujudga kelgani ochib berilganiga doir xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Qadriyat”, “Adabiyot - millat ko‘zgusi”, “Munozara”, “Adabiy manbalar-davr ko‘zgusi” kabi mavzulardagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda keng foydalanildi (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil, 20-sentyabrdagi 17-05/255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo vohasining XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlariga xos bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy hayotini o‘rganish, o‘sha davr xalqchil ohanglarini bugungi istiqlol davri adabiyoshunosligida keng, batafsil va atroflicha qo‘llash uchun o‘ziga xos zamin yaratishga xizmat qilishi haqidagi mulohazalar ko‘rsatuv va eshittirishlarning mazmun va mundarijasining yanada boyishiga zamin yaratdi.