Kudaybergenov Murat Aleuatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi zamon Qoraqalpog‘iston bolalar matbuotining tematikasi va janriy-uslubiy xususiyatlari (2017 – 2021-yillar misolida)», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1430.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hamdamov Yusuf Qudratovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alimov Beruniy Sultonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Kalekeev Quanıshbay Jartıbaevich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston bolalar nashrlarida bolalar tematikasining yoritilish darajasini, respublikada bolalar jurnalistikasining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda bolalar nashrlarining mazmuniy shakl va ta’sirchanlik usullarining kontent, dizayn mualliflarining ijodiy mahorati va nashrlarning iqtisodiy jihatdan modernizatsiya jarayonlarining tarixiy evolyusiyasi bolalar nashrlarining mazmuni, yoshga oid faoliyati tamoyillari, mazmuniy shakl va ta’sirchanlik usullari bilan birga rivojlangani ochib berilgan;
bolalar nashrlarining asosiy tipologik xususiyatlari amalga oshirilib, bolalar matbuoti tipologiyasiga doir maqsadli yo‘nalishi, demografik va tematik xususiyatlari global axborot makonida raqobatbardosh mediakorxonaga aylanishi, internet saytlaridagi yangilanish tendensiyalari kabi yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
bolalar uchun matnlarda kontentning didaktik va kommunikativ ta’siriga ko‘ra bolalarning o‘zlari tomonidan tayyorlangan kontekstlarning, ayniqsa, vaziyatli kontekstdagi matnlarning yaxshi o‘zlashtirilishi, tahlil qilinishi, munosabat bildirishi amaliy jihatdan asoslangan;
bolalar nashrlarida turli uslubiy bo‘yoqqa ega so‘zlar, frazeologik birliklar, maqol va matallar, so‘z o‘yinlari, sodda va ravon sarlavhalardan foydalanish bolalar matbuotida didaktik, rekreativ, tahlil, ta’sir, tasvir kabi funksiyalarning rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston bolalar nashrlari tematikasi, janriy-uslubiy xususiyatlariga oid olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda bolalar nashrlarining mazmuniy shakl va ta’sirchanlik usullarining kontent, dizayn mualliflarining ijodiy mahorati va nashrlarning iqtisodiy jihatdan modernizatsiya jarayonlarining tarixiy evolyusiyasi bolalar nashrlarining mazmuni, yoshga oid faoliyati tamoyillari, mazmuniy shakl va ta’sirchanlik usullari bilan birga rivojlanganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-G002 – «Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 28-noyabrdagi 483/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq jurnalistikasining rivoji bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan va qoraqalpoq nashrlarini o‘rganishda yangi yo‘nalishlar haqidagi ilmiy tasavvurlar takomillashtirilgan;
bolalar nashrlarining asosiy tipologik xususiyatlari amalga oshirilib, bolalar matbuoti tipologiyasiga doir maqsadli yo‘nalishi, demografik va tematik xususiyatlari global axborot makonida raqobatbardosh mediakorxonaga aylanishi, Internet saytlaridagi yangilanish tendensiyalari kabi yangi nazariy qarashlar bilan bog‘liq ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 2022-yil 25-apreldagi VK-01-177-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqarma faoliyatini takomillashtirish ishlari ijobiy natijalar bergan;
bolalar uchun matnlarda kontentning didaktik va kommunikativ ta’siriga ko‘ra bolalarning o‘zlari tomonidan tayyorlangan kontekstlarning, ayniqsa, vaziyatli kontekstdagi matnlarning yaxshi o‘zlashtirilishi, tahlil qilinishi, munosabat bildirishiga doir olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 26-apreldagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada matbuotda bolalar mavzusini yoritishning janriy, uslubiy usullaridan keng foydalanishga erishilgan;
bolalar nashrlarida turli uslubiy bo‘yoqqa ega so‘zlar, frazeologik birliklar, maqol va matallar, so‘z o‘yinlari, sodda va ravon sarlavhalardan foydalanish bolalar matbuotida didaktik, rekreativ, tahlil, ta’sir, tasvir kabi funksiyalarning rivojlanishiga olib kelishi bo‘yicha nazariy jihatlari natijalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining «Ádebiy portret», «Ádebiyat hám dáwir», «Qayirli tań», «Jaslar studiyası», «Jaziwshi hám zaman» ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-apreldagi 05-22/230-son ma’lumotnomasi). Natijada globallashuv va uning bugungi kunda jamiyatda tutgan o‘rni, shuningdek axborot oqimining kuchaygan davrida bolalar va o‘smirlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish