Nzamatdinova Dilfuza Koptileuovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qahramonlik dostonlarida turg‘un o‘xshatishlar lingvokulturologik xususiyatlari (o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD\fil924.    
Ilmiy rahbar: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Palwanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turli tizimdagi tillardagi qahramonlik xalq dostonlarida turg‘un o‘xshatishlarning umumiy jihatlari va semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq va qardosh turkiy tillardagi turg‘un o‘xshatishlarning struktur, leksik-semantik xususiyatlari lingvistik oppozisiyalar va ularning leksikologiyada aks etishi, turg‘un o‘xshatishlarga oid ilmiy-nazariy qarashlarga ko‘ra isbotlangan;
xalq qahramonlik dostonlaridagi turg‘un o‘xshatishlar komponentlarining ishtiroki va tuzilishiga ko‘ra ikki hamda ko‘p komponentli turg‘un o‘xshatishlar, struktur xususiyatlariga ko‘ra to‘liq turg‘un hamda to‘liq bo‘lmagan turg‘un o‘xshatishlar kabi turlari aniqlangan; 
turli tizimli tillarda turg‘un o‘xshatishlarning shakl va ma’no munosabati, sinonimiya, antonimiya va polisemiya orqali keng imkoniyatlarga ega ekanligi dalillangan.
pragmatik nuqtai nazardan turkiy qahramonlik xalq dostonlaridagi turg‘un o‘xshatishlarni noorganik dunyo hamda organik dunyo kabilarga ajratilib, pragmatikaning tarixiy ildizlari, uning umumnazariy masalalari, ushbu sath va tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari bilan munosabati to‘g‘risida hamda matnning semantik tuzilishida ishtirok etadigan pragmatik mazmun turlari orqali asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiy xalq qahramonlik dostonlarida turg‘un o‘xshatishlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pragmatik nuqtai nazardan turkiy qahramonlik xalq dostonlaridagi turg‘un o‘xshatishlarni noorganik dunyo hamda organik dunyo kabi guruhlarga ajratilib, pragmatikaning tarixiy ildizlari, uning umumnazariy masalalari, ushbu sath va tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari bilan munosabati to‘g‘risidapsh natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G002 raqamli «Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» va FA-A1-G006-raqamli “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash (3-jild)” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, ayniqsa turkiy xalqlar dostonlaridagi o‘xshatishlarning turg‘unlik belgilari, turg‘un o‘xshatishlar va frazeologizmlarning o‘xshashlik va farqlari, lingvistik o‘rni, tasnifiy xususiyatlari, qiyoslash va komponent tahlil asosida o‘rganildi va tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021-yil 27-oktyabrdagi 317/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy xalqlar dostonlaridagi turg‘un o‘xshatishlarning adabiy tilga xos uslubiy qo‘llanilishi asosida yozilishi ta’minlangan; 
turli tizimli tillarda turg‘un o‘xshatishlarning shakl va ma’no munosabati, sinonimiya, antonimiya va polisemiya orqali keng imkoniyatlarga ega ekanligini keng ommaga targ‘ib etish bilan bog‘liq materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Erkin fikr» hamda «Tilga e’tibor – elga e’tibor» radioeshittirishlari orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021-yil 22- oktyabrdagi 01-02/497-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy tillar xususan qoraqalpoq tilidagi turg‘un o‘xshatishlarning lingvomadaniy tahlili va badiiy matnda qo‘llanilish xususiyatlari keng ommaga targ‘ib etish orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyatining oshirilishiga erishilgan;
qoraqalpoq xalq dostonlaridagi turg‘un o‘xshatishlarni o‘rganish orqali ular ma’nosining kengayishi va tilda faol qo‘llanishi natijasida jamiyatimizda milliy qadriyatlar, urf-odatlarning saqlanishi va rivojlanishidagi o‘rni dalillandi va tahliliga oid ilmiy ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021-yil 22-oktyabrdagi 4-04/1614-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi qoraqalpoq tilida turg‘un o‘xshatishlarning lug‘aviy ahamiyatini keng xalq ommasiga targ‘ib etib, o‘qitish ishlarida darslar mazmunini boyitish imkoniyatini berdi va yoshlarni vatanparvarlik ruhida, milliy-xuquqiy ong va tafakkurini rivojlantirishda katta yordam ma’lumotlar berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish