Mirzaxalov Sardorbek Jamoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tadbirkorligining muammo va yechimlari (Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida, 1991-2021 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar704.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Komilovich, tarix fanlar doktori (DSc), professor; Shamsiyeva Mahfuzaxon Xo‘ja qizi, tarix fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston, xususan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yoshlar tadbirkorligi uchun yaratilgan sharoitlar, ularni kichik biznesga jalb qilishning asosiy shakllari, tashkiliy asoslari hamda natijalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jarayoni dastlab aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandalik, iste’molchilik ruhiyatini bartaraf qilish, tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanish istagidagi yoshlar salmog‘ini oshirib borish borasidagi islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilgani aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tadbirkorlikni rivojlantirish hududda shakllangan mahalliy xususiyatlar – demografik jarayonlar, urbanizatsiya jarayonlari, mehnat resurslarida yoshlarning ko‘pchilikni tashkil qilishi hamda qadimdan rivoj topgan o‘ziga xos tadbirkorlik maktabi yaratilgani bilan bog‘liqligi asoslangan;
aholining ijtimoiy faol qismi tarkibida izlanuvchan va tashabbuskor, innovatsion g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga qodir tadbirkor yoshlar salmog‘ining oshib borishi, yoshlar tadbirkorlik tashabbuslarini davlat va nodavlat tashkilotlari, respublika jamg‘armalari va davlat dasturlari ko‘magida yo‘lga qo‘yish ishlari dalillangan;
O‘zbekiston milliy taraqqiyotida qisqa davr ichida (2017-2021-yillar) yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning yangi tizimi yaratilgani, yoshlar masalasida xalqaro tajribalar asosida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yilishi va “demografik dividend”ga katta e’tibor berilishining ahamiyati ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yoshlar tadbirkorligining shakllanishi va rivojlanishi, tashkiliy asoslari borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqotlar natijasi asosida:
O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jarayoni dastlab aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandalik, iste’molchilik ruhiyatini bartaraf qilish, tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanish istagidagi yoshlar salmog‘ini oshirib borish borasidagi islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilgani aniqlanganligi hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tadbirkorlikni rivojlantirish hududda shakllangan mahalliy xususiyatlar – demografik jarayonlar, urbanizatsiya jarayonlari, mehnat resurslarida yoshlarning ko‘pchilikni tashkil qilishi hamda qadimdan rivoj topgan o‘ziga xos tadbirkorlik maktabi yaratilgani bilan bog‘liqligi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda YUNISEF (UNISEF) tashkiloti bilan hamkorlikda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida o‘tkazilgan “Yoshlar fikri” platformasida “Yoshlar tadbirkorligi: muammo va yechimlar” mavzusida Namangan viloyati yoshlari orasida “Yoshlar tadbirkorligi va uning xuquqiy maqomi”, ularga berilayotgan imtiyozlar va tadbirkorlik sirlari haqida keng tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “YOSHLAR KELAJAGIMIZ” jamg‘armasining 2022-yil 28-noyabrdagi 11-24/146-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda mustaqillik yillari O‘zbekiston da xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan;
aholining ijtimoiy faol qismi tarkibida izlanuvchan va tashabbuskor, innovatsion g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga qodir tadbirkor yoshlar salmog‘ining oshib borishi, yoshlar tadbirkorlik tashabbuslarini davlat va nodavlat tashkilotlari, respublika jamg‘armalari va davlat dasturlari ko‘magida yo‘lga qo‘yish ishlari dalillanganligi hamda O‘zbekiston milliy taraqqiyotida qisqa davr ichida (2017-2021-yillar) yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning yangi tizimi yaratilgani, yoshlar masalasida xalqaro tajribalar asosida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yilishi va “demografik dividend”ga katta e’tibor berilishining ahamiyati ochib berilganligiga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasining yoshlar bilan ishlash yo‘l xaritasi va ish rejasini tuzishda foydalanilgan (O‘zLiDeP Markaziy Kengashining 2021-yil 16-dekabrdagi 01-27/924-son dalolatnomasi). Natijada, o‘tgan 2017-2021-yillar mobaynida davlat va nodavlat organlari hamkorligi faoliyati yangi bosqichga ko‘tarilgan hamda ushbu davrda yosh tadbirkorlar soni besh barobarga ortib butun respublika bo‘yicha 500 mingdan ziyodni tashkil etgan.