Fayzullayeva Obidaxon Xolbekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek adabiyotida she’riy turkumlilik masalasi (tarixi, tendensiyalari, estetik tabiati)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.4.DSc/Fil488.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islomjon Ahmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xamraqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida she’riy turkumlarning badiiy-estetik xususiyatlarini uning tarixi, genezisi, tendensiyalari, tadrijiy taraqqiyoti, estetik tabiati, turkumlarda badiiy tasvir vositalarini qo‘llash mahorati masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turkumlilikning jahon adabiyoshunosligida tutgan mustaqil asarlarning yangi ko‘p komponentli badiiy birligi sifatida mustahkam o‘rni, uning yuzaga kelishidagi hayotiy, tarixiy va adabiy omillar, she’riy turkumlar genezisi, turkumlanishga asos bo‘lgan she’r shakllarining spesifik belgilari, she’riy birlik holatiga kelgan lirik janrlarning yetakchi shakliy xossalari ochib berilgan;
turkum she’rlarning tipologik xususiyatlari adiblarning ijodiy individualligi, janr formalarining o‘ziga xosligi bilan birgalikda mazkur shaklning o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyot xususiyatlari, turkumlilikning badiiy o‘ziga xosligi, realistik tasvir prinsiplari aniqlanib, tarixiylik va badiiylikning uyg‘unligi masalasi asoslangan;
turkumlilikning adabiy janrlar tarixi va nazariyasini yaratishdagi badiiy-estetik ahamiyati, shakl va kompozisiyadagi tarkibiy unsurlarning o‘ziga xosliklari, badiiy shartlilik shakllarini asoslashda o‘zbek she’riyati taraqqiyotida turkum she’rlar mualliflari, o‘zbek she’riyati vakillari bo‘lgan ijodkorlarning qarashlari, san’atkorning badiiy niyati asosida turkumning shakllantirilishi va ularning o‘zbek adabiyotidagi tutgan o‘rni isbotlangan;
turkumlilikda realistik tasvirning o‘ziga xosligi hamda tarixiylik tamoyillari ijodkorlarning badiiy niyatiga, tuzilmaning yaxlitligiga asoslangan bo‘lishi, kechinma tiplari va lirik syujet qurilishidagi tamoyillar, shoirlar ijodiy uslubidagi estetik butunlik, konseptual birlik, badiiy-estetik umumiylik, sarlavha, epigraf, mavzu, janrlar, mazmun, vaqt va joy birligi, unsurlarning matniy bog‘liqligi, ichki g‘oya birligining mavjudligi aniqlangan;
turkum she’rlarda yangicha tafakkur tarzining namoyon bo‘lishi, ushbu shakldagi she’rlarda muallif pozisiyasi, turkumlilikdagi badiiy shartlilik masalalari, she’rlarda hayotiy va adabiy omillar, uning asosiy g‘oyasi va mavzusi, matnning subyektiv tashkil etilishi, intertekstuallik aloqalari, kompozisiyasi, mavzu dinamikasi va xronotopida yaxlitlikning mavjudligi, o‘ziga xos spesifikasi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkumlilik genezisi, taraqqiyot tendensiyalari, badiiy-estetik xususiyatlari masalalarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ilmiy ishlarga tatbiq etilgan:
turkum she’rlarning tipologik xususiyatlari adiblarning ijodiy individualligi, janr formalarining o‘ziga xosligi bilan birgalikda mazkur shaklning o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyot xususiyatlari XI-XV asrlarda yaratilgan she’riy turkumlardagi an’anaviylik va poetika masalalari misolida o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada (2017-2020) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 31-oktabrdagi 3025-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida she’riy turkumlilikning tutgan o‘rni, ijodkorlar individualligi va shakliy izlanishlar muammolarini yoritib berishga erishilgan;
turkum she’rlarda yangicha tafakkur tarzining namoyon bo‘lishi, ushbu shakldagi she’rlarda muallif pozisiyasi, she’rlarda hayotiy va adabiy omillar, uning o‘ziga xos spesifikasi masalasi XV-XIX asrlar o‘zbek adabiyotidagi turkum she’rlarning o‘ziga xos jihatlari, ularning janr tabiati, ushbu namunalarida qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalarining o‘rni haqidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar)” (2018-2021) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 31-oktabrdagi 3024-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu davrda yaratilgan turkum she’rlar strukturasi, ularning badiiy-estetik xususiyatlari, ularda lirik qahramon masalasi bilan bog‘liq yangicha talqin va xulosalar ushbu ijodkorlar asarlarini qiyosiy o‘rganishda muhim nazariy manba vazifasini o‘tagan;
turkumlilikning adabiy janrlar tarixi va nazariyasini yaratishdagi badiiy-estetik ahamiyati, shakl va kompozisiyadagi o‘ziga xosliklar, badiiy shartlilik shakllarini asoslashda o‘zbek she’riyati taraqqiyotida turkum she’rlar mualliflari bo‘lgan ijodkorlarning o‘rni haqidagi qarashlar, xususan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yaratilgan turkumlar, xususan, Muqimiy, Zavqiy, Ibrat, Sidqiy-Xondayliqiy, Avloniy, Hamza yaratgan she’riy turkumlarining o‘ziga xos jihatlari, turkum tarkibidagi she’rlar sarlavhalari va so‘zlarning milliy raqs san’atiga oid atamalar sifatida kelishi, Oybek, Mirtemir, Shuhrat, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlarning yaratgan she’riy turkumlarning poetik xususiyatlari va ijodkorlarning bu boradagi individualligi talqinlaridan ular she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiq raqslari nomlarida foydalanganligi haqidagi xulosalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663-raqamli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 24-noyabrdagi 1/04-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shiq sifatida yaratilgan turkum she’rlarning badiiy xususiyatlari, mazkur she’rlar asosida yaratilgan qo‘shiq raqslari nomlarida ulardan foydalanganligi haqidagi xulosalar bilan bog‘liq yangicha talqinlar ushbu she’rlar so‘zlarini lug‘at tarkibiga kiritish jarayonida muhim nazariy manba vazifasini o‘tagan;
turkumlilikda realistik tasvirning o‘ziga xosligi hamda tarixiylik tamoyillari ijodkorlarning badiiy niyatiga bog‘lab tadqiq etilgan, kechinma tiplari va lirik syujet qurilishidagi tamoyillar, shoirlar ijodiy uslubidagi o‘ziga xosliklar, xususan, ularda lirik qahramon kechinmalarining ifodalanishi, bundagi estetik tamoyillar va ijodkor konsepsiyasi kabi jihatlari tadqiqi natijasida chiqarilgan ilmiy xulosalardan 2022-yil 25-sentabr sonida efirga uzatilgan “Mutolaa” ko‘rsatuvida “Abdulla Oripov qalamiga mansub she’riy turkumlar badiiyati” mavzusidagi ma’ruzasida foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-oktabrdagi 431-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdulla Oripovning she’riyat xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasi, turkum she’rlar yaratish mahorati va bu boradagi shoirning individual uslubi aniqlashtirilgan;
turkum she’rlarda yangicha tafakkur tarzining namoyon bo‘lishi, ushbu shakldagi she’rlarda muallif pozisiyasi, turkumlilikdagi badiiy shartlilik masalalari, she’rlarda hayotiy va adabiy omillar, uning o‘ziga xos spesifikasi, xususan, mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida turkum she’rlarning shakllanishi, taraqqiyoti an’ana va novatorlik xususiyatlari va ularning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni haqidagi materiallardan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Biz suv ichgan daryolar” ko‘rsatuvining 2022-yil 25-sentabr soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-oktabrdagi 432-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy she’riyatimizning Faxriyor, Farida Afro‘z, Bahrom Ro‘zimuhammad, Abduvali Qutbiddin, Ikrom Otamurod, To‘ra Sulaymon, Nodir Jonuzoq, Tursun Ali, Oydinniso, Abdunabi Boyqo‘ziyev kabi turkum she’rlar mualliflari ijodidagi asarlarning badiiy xususiyatlari, estetik tabiati kechinmalar tavsifi bayonidagi individuallik haqidagi tahliliy ma’lumotlar asosida yoritilganligi teletomoshabinlarning turkum she’rlar haqidagi tushunchalarini yanada boyitgan.