Omonova Maxfurat Keldiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meliorativ terminlarning leksik-semantik xususiyatlari (ingliz va o`zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiyoshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil753.
Ilmiy rahbar: Jabborov Xujamurod Jabborovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davla chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullayev Xurshid Zayniyevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Oybek Saparbayevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
I.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi meliorativ terminlarni qiyosiy jihatdan talqin qilish asnosida ularning leksik-semantik, struktur-grammatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari melioratsiya terminologiyasi hozirgi rivojlanish bosqichida tartibga solingan til birliklari majmuini tashkil etishi va o‘z xususiy o‘rganish obyektiga ega nolisoniy jarayon sifatida maydonga kelganligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi meliorativ terminlarning matndagi leksik qurshoviga, shuningdek, ma’no qirralari faollashuvi darajasiga bog‘liqligi nutqda doimiy va zaruriy bo‘lishini, leksik ma’nolari semantik nuqtai nazardan ularga sinonimiya, antonimiya, polisemiya hodisalari xosligi dalillangan; 
ingliz va o‘zbek tillarida ekin maydonlari shakli va hajmi, joylashish o‘rni, qarashliligi, sifati, unumsiz, unumdorligi, sug‘orilish, sug‘orilmasligi kabi motivlanish belgilariga ko‘ra turlicha nomlanishi, melioratsiya sohasida tub va birikmali terminlarning hosil bo‘lishiga olib kelishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari melioratsiya sohasiga doir terminlar leksik-semantik guruhlarining konseptual ma’nolari aniqlangan.    
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tili meliorativ terminlarining lingvistik tadqiqi masalalarini yoritish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
ingliz va o‘zbek tillari melioratsiya terminologiyasi hozirgi rivojlanish bosqichida tartibga solingan til birliklari majmuini tashkil etishi va o‘z xususiy o‘rganish obyektiga ega nolisoniy jarayon sifatida maydonga kelganligiga doir ilmiy xulosalaridan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 aprelidagi 1701/42-son ma’lumotnomasi). Natijada meliorativ terminlarining diaxron va sinxron shakllari, qaysi tildan kelib chiqqanligini aniqlashga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi meliorativ terminlarning matndagi leksik qurshoviga, shuningdek, ma’no qirralari faollashuvi darajasiga bog‘liqligi nutqda doimiy va zaruriy bo‘lishini, leksik ma’nolari semantik nuqtai nazardan ularga sinonimiya, antonimiya, polisemiya hodisalari xosligiga doir materiallardan melioratsiya, irrigatsiya va suv xo‘jaligi sohasiga aloqador bo‘lgan mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan “O‘zbekcha-ruscha-inglizcha melioratsiyaga oid terminlarning izohli lug‘ati” nomli lug‘atni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada irrigatsiya va melioratsiya sohasi mutaxassislarining o‘zbek, rus, ingliz tillarida shu sohaga oid bilimlarini boyitish, ularning kommunikativ layoqatini o‘stirishda muhim vosita bo‘lgan uch tilli ta’limiy lug‘at tuzish imkonini yaratgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi melioratsiyaga oid terminlarning temuriylar davridagi sug‘orma va ekin maydonlari shakli va hajmi, joylashish o‘rni, qarashliligi, sifati, unumsizligi-unumdorligi, sug‘orilish-sug‘orilmasligi kabi motivlanish belgilariga ko‘ra turlicha nomlanishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Parlament komissiyasining 22.06.2020 yildagi Qaroriga asosan e’lon qilingan 67- 10/136-raqamli Davlat granti bo‘yicha Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasi tomonidan 2020-2021 yillarda bajarilgan “Madaniy meros – oliy qadriyat” mavzusidagi innovatsiya loyihasini amalga oshirishda bajarilgan loyihada foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya Jamoat fondining 2022 yilning 12 iyundagi 27-son ma’lumotnomasi). Natijada meliorativ terminlardan xalqning milliy, etnik, madaniy meros obyektlarini aniqlashga doir ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
meliorativ terminlar doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari haqidagi fikr-mulohazalardan Qashqadaryo viloyati “Nasaf” teleradiokanalining tahliliy “Xabarlar” informatsion dasturi va “Ochiq muloqot” eshittirishida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati TRKning 2022 yil 30 maydagi 180-son ma’lumotnomasi). Natijada “agrar”, “agrar soha”, “melioratsiya”, “irrigatsiya” kabi termin va tushunchalarga oid to‘plangan ma’lumotlar asosida ko‘rsatuv va eshittirish ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilgan, teledastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish