Pardaev Sobit Abdivali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning ma’rifiy texnologiyalarini modernizatsiyalash (“uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni amalga oshirishning iv bosqichi misolida), 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2188.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Quronov Muhammad, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020. Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Kodirov Quvondiq Ayitboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov Alamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi uzluksiz ma’naviy tarbiyaning ma’rifiy texnologiyalarini modernizatsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijda va O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalariga asoslanib, shaxs ongida refleksiv pozisiyalarni shakllantiruvchi ma’rifiy texnologiyalar insonparvarlik tamoyiliga ko‘ra komparativ pedagogik yondoshuvning identiv maqsadlariga ustuvorlik berish asosida modifikatsiyalangan;
konseptual, kognitiv, operatsional komponentlardan iborat “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning texnologik takomillashtirish modeli” ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning diversifikatsiyalash va targ‘ibotning infoteyment texnologiyalarini motivasion hamda senzitiv funksiyalarga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
yoshlar ongi va qalbiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi tahdidlarni profilaktik maqsadlarga ko‘ra aniqlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunini tizimli monitoring qilish hamda mafkuraviy immunitetni uzluksiz mustahkamlashga yo‘naltirilgan “Hududlarda ma’naviy-ma’rifiy muhit xarita”si (HMMMX) texnologiyasi ishlab chiqilgan;
uyushmagan yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan “mobil ma’rifat” profilaktik-preventiv texnologiyasi xorij ijtimoiy-pedagogikasi texnologiyalarini diagnostik, profilaktik va reablitasion funksiyalarga ko‘ra modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning ma’rifiy texnologiyalarini modernizatsiyalash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
xorijda va O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalariga asoslanib, shaxs ongida refleksiv pozisiyalarni shakllantiruvchi ma’rifiy texnologiyalar insonparvarlik tamoyiliga ko‘ra komparativ pedagogik yondoshuvning identiv maqsadlariga ustuvorlik berish asosida modifikatsiyalashga oid takliflardan JBHL-22-“Oiladagi jinoyatlar va zo‘rovonliklar, oiladagi kriogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq yetish” loyihasi doirasidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 dekabrdagi 02-07-4604/04-son dalolatnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning ijtimoiy-pedagogik vazifalarini aniqlash imkoni oshirilgan;
konseptual, kognitiv, operatsional komponentlardan iborat “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning texnologik takomillashtirish modeli” ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning diversifikatsiyalash va targ‘ibotning infoteyment texnologiyalarini motivasion hamda senzitiv funksiyalarga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Art marketing” nomli o‘quv qo`llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 30 avgustdagi 1-son qaroriga asosan berilgan 29-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada xorijda va O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalish, shakl va uslublarini tasniflashga sharoit yaratilgan;
yoshlar ongi va qalbiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi tahdidlarni profilaktik maqsadlarga ko‘ra aniqlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunini tizimli monitoring qilish hamda mafkuraviy immunitetni uzluksiz mustahkamlashga yo‘naltirilgan “Hududlarda ma’naviy-ma’rifiy muhit xarita”si (HMMMX) texnologiyasiga oid takliflardan JBHL-22-“Oiladagi jinoyatlar va zo‘rovonliklar, oiladagi kriogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq yetish” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 dekabrdagi 02-07-4604/04-son dalolatnomasi). Natijada Yoshlarni ma’naviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan texnologiyalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga joriy qilish yo‘llarini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan;
uyushmagan yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan “mobil ma’rifat” profilaktik-preventiv texnologiyasi xorij ijtimoiy-pedagogikasi texnologiyalarini diagnostik, profilaktik va reablitasion funksiyalarga ko‘ra modifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Art marketing” nomli o‘quv qo`llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 30 avgustdagi 1-son qaroriga asosan berilgan 29-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada rivojlangan davlatlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tajribasining ijobiy yutuqlarini tahlil qilish imkoni oshirilgan.