Okilova Kamola Sadulloyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishga motivatsion tayyorlik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped195.     
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
Ilmiy rahbar: Mahmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna, pedagogika fanlari doktori, dosent; Xasanova Kibriyo, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlanishga motivatsion tayyorlik kompetentligini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda sohaning maqsadi, vazifalari hamda mazmunga oid tarkibiy qismlari (subyektlari, resurslari, turlari, shakllari) integratsiyasi o‘qituvchilarning motivatsion tayyorlikni orttirish, egallash, o‘zlashtirish kompetentligini rivojlantirishda ehtiyojlar, kuzatish natijalari, o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlarni pozisiyaviy, funksional, adaptiv, abstraktiv, kommunikativ, yaxlit aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyati, o‘z-o‘zini o‘qitishga tayyorligini mazmunan modernizatsiyalash hamda pedagogik sifatlariga urg‘u berish asnosida uzluksiz kasbiy rivojlanishga tayyorligini formal, noformal, subyektiv, tizimli, maqsadli, ongli, qadriyatli va motivatsion-kompetent rivojlantirish bosqichlari belgilangan;
o‘qituvchilarning motivatsion tayyorlik kompetentligini rivojlantirish mazmunining motivatsion nazariyalarni amaliyotdagi ustuvor yo‘nalishlari (ehtiyojlar iyerarxiyasi, mavjudlarini qoplash, undovchi omillar, kuzatish, kutilmalar) va tarkibiy tuzilmalari (motivlar, shaxsiy-kasbiy yo‘nalganlik, xabardorlik, qiziqishlar, intilishlar, kreativ-refleksiv faoliyat natijalari)ni belgilash orqali didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanishini faollashtirish jarayondagi motivatsion tayyorlik komponentlarining o‘z faoliyatida psixologik tayyorlik va qadriyatni ifodalaydigan integrativ xususiyatining kognitiv, hissiy, ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini aniqlash hamda individual ta’lim trayektoriyasini shaxsiy motivlarini tushunish va refleksiyasiga ko‘ra loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda sohaning maqsadi, vazifalari hamda mazmunga oid tarkibiy qismlari (subyektlari, resurslari, turlari, shakllari) integratsiyasi o‘qituvchilarning motivatsion tayyorlikni orttirish, egallash, o‘zlashtirish kompetentligini rivojlantirishda ehtiyojlar, kuzatish natijalari, o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlarni pozisiyaviy, funksional, adaptiv, abstraktiv, kommunikativ, yaxlit aniqlashtirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-martdagi 04-02/3-64-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish, o‘quv ehtiyojlarini aniqlash, yangiliklarga motivatsion tayyorlik hamda ularga doimiy ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish imkonini bergan;
o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyati, o‘z-o‘zini o‘qitishga tayyorligini mazmunan modernizatsiyalash hamda pedagogik sifatlariga urg‘u berish asnosida uzluksiz kasbiy rivojlanishga tayyorligini formal, noformal, subyektiv, tizimli, maqsadli, ongli, qadriyatli va motivatsion-kompetent rivojlantirish bosqichlarini belgilashga doir takliflaridan PZ-2014-0910185149-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-martdagi 04-02/3-64-son ma’lumotnomasi). Natijada kompetentlik sifatlarining rivojlantirilishi o‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanishga motivatsion tayyorlik darajasini oshirishda muhim omil ekanligi dalillangan;
o‘qituvchilarning motivatsion tayyorlik kompetentligini rivojlantirish mazmunining motivatsion nazariyalarni amaliyotdagi ustuvor yo‘nalishlari (ehtiyojlar iyerarxiyasi, mavjudlarini qoplash, undovchi omillar, kuzatish, kutilmalar) va tarkibiy tuzilmalari (motivlar, shaxsiy-kasbiy yo‘nalganlik, xabardorlik, qiziqishlar, intilishlar, kreativ-refleksiv faoliyat natijalari)ni belgilash orqali didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga doir takliflaridan FZ-2016-0909111822-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkur durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-martdagi 04-02/3-64-son ma’lumotnomasi). Natijada motivatsion tayyorlik kompetentligining ishlab chiqilgan modeli o‘qituvchining kasbiy-pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos metodologik, ilmiy-amaliy usuli sifatida uzluksiz kasbiy rivojlanish mazmunida aks etgan; 
o‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanishini faollashtirish jarayondagi motivatsion tayyorlik komponentlarining o‘z faoliyatida psixologik tayyorlik va qadriyatni ifodalaydigan integrativ xususiyatining kognitiv, hissiy, ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini aniqlash hamda individual ta’lim trayektoriyasini shaxsiy motivlarini tushunish va refleksiyasiga ko‘ra loyihalash asosida takomillashtirishga doir takliflaridan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-martdagi 04-02/3-64-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishga nisbatan mas’uliyat va moslashuvchanligini oshirish, o‘quv materiallarini o‘z faoliyatlariga oson ko‘chirish, o‘qituvchining individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini loyihalash va amalga oshirish samaradorligini ko‘tarishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish