Kuvandikov Eshonkul Oblakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirishda pedagogik sinergetikadan foydalanish (oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2988.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shodiev Narzikul Shodievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sinergetik yondashuv asosida oliy ta’lim pedagogi konstruktiv-loyihaviy pedagogik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik sinergetika, sinergetik yondashuvning mazmun-mohiyati sinergetikaning o‘z-o‘zini tashkillashtirish, ochiq muhitlarning o‘zaro ta’siri, nochiziqlilik, dissipativlik, bifurkatsiya, fluktuatsiya, attraktor kabi tushunchalarini komparativistik interpertasiya asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim-tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish strategiyasi sinergetik va pedagogik kategoriyalarning qiyosiy tahliliga ko‘ra an’anaviy va sinergetik yondashuvlarning funksional xususiyatlarini ta’lim natijajorligiga bog‘liqligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
sinergetik yondashuv asosida pedagogning konstruktiv-loyihaviy faoliyatining korrelyativ bosqichlari gomeostatiklik, ierarxiyalik, nochiziqlik, noturg‘unlik, berk emaslik, dinamik ierarxiyalik, kuzatuvchanlik, o‘zini o‘zi faollashtirish kabi sinergetik tamoyillarni belgilash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning konstruktiv-loyihaviy faoliyati modeli tezkor, taktik va strategik maqsadlarning faol o‘quv-pedagogik muhitga barqaror va beqaror ta’siriga ko‘ra o‘qitish strategiyalarining sinergetik tamoyillarga uzviy bog‘liqligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinergetik yondashuv asosida oliy ta’lim pedagogi konstruktiv-loyihaviy pedagogik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
pedagogik sinergetika, sinergetik yondashuvning mazmun-mohiyati sinergetikaning o‘z-o‘zini tashkillashtirish, ochiq muhitlarning o‘zaro ta’siri, nochiziqlilik, dissipativlik, bifurkatsiya, fluktuatsiya, attraktor kabi tushunchalarini komparativistik interpertasiya asosida aniqlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish strategiyasi sinergetik va pedagogik kategoriyalarning qiyosiy tahliliga ko‘ra an’anaviy va sinergetik yondashuvlarning funksional xususiyatlarini ta’lim natijajorligiga bog‘liqligini belgilash asosida takomillashtiridoir takliflar «Pedagogik sinergetika asoslari» o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022 yil 17 dekabr 10-5845-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimi pedagogining konstruktiv-loyihaviy pedagogik faoliyatni nochiziqli sinergetik tizim sifatida o‘rganish takomillashtirilgan;
sinergetik yondashuv asosida pedagogning konstruktiv-loyihaviy faoliyatining korrelyativ bosqichlari gomeostatiklik, ierarxiyalik, nochiziqlik, noturg‘unlik, berk emaslik, dinamik ierarxiyalik, kuzatuvchanlik, o‘zini o‘zi faollashtirish kabi sinergetik tamoyillarni belgilash asosida aniqlashtirish, oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning konstruktiv-loyihaviy faoliyati modeli tezkor, taktik va strategik maqsadlarning faol o‘quv-pedagogik muhitga barqaror va beqaror ta’siriga ko‘ra o‘qitish strategiyalarining sinergetik tamoyillarga uzviy bog‘liqligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan «Fizikani o‘qitish metodikasi» fani mazmuniga kiritilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022 yil 17 dekabr 20-5845-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirish darajasini baholash mezonlari belgilash va o‘qituvchilarning kasbiy mosliklarini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan.