Alimova Nozima Rajabboyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisosligi shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limni individuallashtirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1236.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko`rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zayniyevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Begmatova Dilnoza Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo`nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limni individuallashtirishning ilmiy-nazariy jihatlari va zamonaviy texnologiyalarini aniqlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limni individuallashtirish mazmuni o‘qitishni rivojlantiruvchi kreativ qobiliyat, mustaqil ishlash ko‘nikmasi, amaliy faoliyat tajribasi kabi omillarni tasniflash hamda ta’lim metodlari va vositalarini talabalarning lingvokognitiv strategiyalariga muvofiqlashtirish orqali boyitilgan; 
nofilologik ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda individual ta’limni samarali tashkil etishning pedagogik sharoitlari talabalar bilim va ko‘nikmalarini differensiasiyalash orqali shaxsga yo‘naltirilganlik hamda fanlararo integratsiya tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ingliz tili fanini o‘qitish jarayonida individual ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkoniyati talabalarning “intellektual qobiliyat”iga tayanish va "kuchsiz" tomonlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kollaborativ harakatlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlovchi tamoyillarini aniqlash orqali boyitilgan;
nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda individuallashtirishning didaktik ta’minoti talabalarning til bilish va o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishning taksonomik bosqichlariga muvofiq topshiriqlarni neyrolingvistik modullashtirish asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limni individuallashtirish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limni individuallashtirish mazmuni o‘qitishni rivojlantiruvchi kreativ qobiliyat, mustaqil ishlash ko‘nikmasi, amaliy faoliyat tajribasi kabi omillarni tasniflash hamda ta’lim metodlari va vositalarini talabalarning lingvokognitiv strategiyalariga muvofiqlashtirishga oid tavsiyalar “English for non-philological specializations” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0857 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada falsafiy, psixologik, ilmiy-pedagogik, sosiologik, uslubiy adabiyotlar tahlili asosida nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limni individuallashtirishning shart-sharoitlari va amaliyotdagi holatini o‘rganish imkoni oshirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda individual ta’limni samarali tashkil etishning pedagogik sharoitlari talabalar bilim va ko‘nikmalarini differensiasiyalash orqali shaxsga yo‘naltirilganlik hamda fanlararo integratsiya tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar AIF 2/20- “Shaxsga yo‘naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandislar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 dekabrdagi 02-07-4724/04-son dalolatnomasi). Natijada ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limni individuallashtirish texnologiyalarining rivojlantiruvchi omillari va pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
ingliz tili fanini o‘qitish jarayonida individual ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkoniyati talabalarning “intellektual qobiliyat”iga tayanish va "kuchsiz" tomonlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kollaborativ harakatlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlovchi tamoyillarini aniqlash orqali boyitishga oid tavsiyalar “English for non-philological specializations” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0857 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’limda ingliz tili fanini o‘qitishning o‘zigna xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda talabalarning amaliy tajribasini shakllantirish uchun ta’limni individuallashtirishning tamoyillarini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan.
nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili fanini o‘qitishda individuallashtirishning didaktik ta’minoti talabalarning til bilish va o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishning taksonomik bosqichlariga muvofiq topshiriqlarni neyrolingvistik modullashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan AIF 2/20- “Shaxsga yo‘naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandislar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 dekabrdagi 02-07-4724/04-son dalolatnomasi). Natijada ingliz tili fanini o‘qitishning innovasion metodlarini e’tiborga olgan holda ta’limni individuallashtirish texnologiyalarini amaliyotga yo‘naltirishni takomillashtirishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish