Alieva Kamola Saidnegmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari menejerlik sifatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P310.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Haitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qudratullaeva Ruxsora Baxtiyorovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari menejerlik sifatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish hamda mazkur jarayon samaradorligini oshirishga doir ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari faoliyatida “hamkorlik” pozisiyasining differensial namoyon bo‘lishi real “Men”da “agressiya”, “yuqori konformlik”ni o‘ziga beradigan bahosiga bog‘liq ravishda transformatsiyalashuvi tufayli menejerlikning interpersonal shaxs xususiyati sifatida rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlarida “intuitivlik” va “anglanganlik” sifatlarining rivojlaniganlik darajasi “funksional-rolli” va “rapport” muloqotda ijtimoiy-kognitiv xususiyatlarni integrativ namoyon bo‘lishi tufayli menejerning individual boshqaruv uslubini shakllanishiga identiv ekanligi asoslangan;
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlarida “demonstrativ” tipni differensial namoyon bo‘lishi muloqotda shaxsiy kutilmalarga asoslangan ustanovkalarning Ego-sub’ektivizmga uyg‘un holda xulqga proeksiyalanishi tufayli shaxsdagi nizolashuvchanlikning darajaviy ifodalanishiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
rahbar o‘rinbosarlarida menejerlik sifatlarini rivojlantirish uchun ijtimoiy persepsiya, motivatsion-emotsional, kognitiv-ijodiy sifatlarni real “Men”da namoyon bo‘lishini ta’minlash muhimligiga ko‘ra NLD (neyrolingvistik dasturlash)ning audio-vizual kontenti art-terapevtik ta’sir usullarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari menejerlik sifatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari faoliyatida “hamkorlik” pozisiyasining differensial namoyon bo‘lishi real “Men”da “agressiya”, “yuqori konformlik”ni o‘ziga beradigan bahosiga bog‘liq ravishda transformatsiyalashuvi tufayli menejerlikning interpersonal shaxs xususiyati sifatida rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligiga oid takliflar Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining «Talim jarayonini boshqarish psixologiyasi» modulining mazmuniga singdirilgan (Xalq talimi vazirligining 2021 yil 18-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan) (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-82-a-son malumotnomasi). Natijada umumtalim muassasalari rahbar xodimlari shaxsining faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra o‘ziga xos individual ijtimoiy-psixologik hususiyatlari empirik o‘rganilgan;
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlarida “intuitivlik” va “anglanganlik” sifatlarining rivojlaniganlik darajasi “funksional-rolli” va “rapport” muloqotda ijtimoiy-kognitiv xususiyatlarni integrativ namoyon bo‘lishi tufayli menejerning individual boshqaruv uslubini shakllanishiga identiv ekanligi bo‘yicha olingan malumotlar Toshkent shahar Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining «Rahbarning kasbiy kompetentligi va mahorati» modulining mazmuniga singdirilgan (Xalq talimi vazirligining 2020 yil 3 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va №334, 2018 yil ro‘yxatga olingan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-82-a-son malumotnomasi). Natijada umumtalim muassasalari rahbar xodimlari shaxsining faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra boshqaruv uslubidagi o‘zaro farqlari bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlarida “demonstrativ” tipni differensial namoyon bo‘lishi muloqotda shaxsiy kutilmalarga asoslangan ustanovkalarning Ego-sub’ektivizmga uyg‘un holda xulqga proeksiyalanishi tufayli shaxsdagi nizolashuvchanlikning darajaviy ifodalanishiga bog‘liqligi bo‘yicha olingan malumotlar Toshkent shahar Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining «Talim-tarbiya jarayoniga psixologik yondoshuv» modulining mazmuniga singdirilgan (Xalq talimi vazirligining 2020 yil 3 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va №334, 2018 yil ro‘yxatga olingan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-82-a-son malumotnomasi). Natijada umumtalim muassasalari rahbar xodimlarining faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra nizoli vaziyatlarda o‘zlarini namoyon etishlarining o‘zaro farqlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan malumotlar takomillashtirilgan;
rahbar o‘rinbosarlarida menejerlik sifatlarini rivojlantirish uchun ijtimoiy persepsiya, motivatsion-emotsional, kognitiv-ijodiy sifatlarni real “Men”da namoyon bo‘lishini ta’minlash muhimligiga ko‘ra NLD (neyrolingvistik dasturlash)ning audio-vizual kontenti art-terapevtik ta’sir usullarini kiritish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan va Toshkent shahar Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining «Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish» modulining mazmuniga singdirilgan (Xalq talimi vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 18-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-82-a-son malumotnomasi). Natijada umumtalim muassasalari rahbar xodimlarining faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga erishilgan.