Tursunova Shahzoda Baxromovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” (“STARTAP” madaniyati tizimi resurslari asosida), 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1828.
Ilmiy rahbar: Abdullayev Safibullo Xabibulloyevich (DSc), pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. 
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boyboboyev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni tadbirkorlik hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlariga ta’sir etuvchi “Startap” madaniyati tizimi tadbirkorlik ko‘nikmalari va innovatsiyalarini rivojlantirish resurslarining pedagogik va psixologik jihatlar arxitektonikasini loyihalashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini “Startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko‘nikmalari va innovatsiyalarni maktab o‘quvchilarida rivojlantirish bo‘yicha pedagogik faoliyatga tayyorlash zamonaviy ta’lim texnologiyalarining didaktik, metodik imkoniyatlaridan foydalanib PEST-tahliliga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash va ularning mashg‘ulotlar olib borishda deontologik yondashuvdan foydalanish jarayonini shakllantirish borasidagi pedagogik faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari o‘quvchilar faoliyatiga doir komponentlariga gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
texnologiya fani o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash “Startap” madaniyati tizimi va interorizatsiya metodi orqali boyitilgan hamda innovatsion faoliyatni ta’minlaydigan kompetensiyalar takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida olingan ilmiy natijalari asosida:
texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash tuzilmasi“Startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko‘nikmalari va innovatsiyalarini rivojlantirish resurslarining pedagogik va psixologik jihatlari arxitektonikasini loyihalash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Namangan davlat universitetida bajarilgan S-PM-24 raqamli “Animatsion yondoshuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ongni shakllantirish texnologiyasi” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 02-07-4518/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida “Startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko‘nikmalariva innovatsiyalarini rivojlantirish metodikasini nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish imkoni oshirilgan; 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini “Startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko‘nikmalari va innovatsiyalarni maktab o‘quvchilarida rivojlantirish bo‘yicha pedagogik faoliyatga tayyorlash zamonaviy ta’lim texnologiyalarining didaktik, metodik imkoniyatlaridan foydalanib PEST-tahliliga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan Namangan davlat universiteti va Timisoara G‘arb universiteti o‘rtasida tuzilgan Erasmus+mobili typrogram loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2022-yil 27-dekabrdagi 196-01-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini “Startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko‘nikmalari va innovatsiyalarini rivojlantirish resurslari asosida o‘qitishning didaktik, metodik imkoniyatlarini o‘rganishga sharoitlar yaratilgan;
texnologiya fani o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash “Startap” madaniyati tizimi va interorizatsiya metodi orqali boyitilgan hamda innovatsion faoliyatni ta’minlaydigan kompetensiyalarni takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalaridan texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalariga mashg‘ulotlar olib borish jarayonida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 02-07-4518/04-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash va ularning kasbiy kompetentliklarini takomillashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish samaradorligi oshirilgan;
texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash va ularning mashg‘ulotlar olib borishda deontologik yondashuvdan foydalanish jarayonini shakllantirish borasidagi pedagogik faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari o‘quvchilar faoliyatiga doir komponentlariga gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari hamda izchillik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy–ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari ”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariylarini (2021-2022 yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradio kompaniyasining 2022-yilning 23-dekabrdagi 04-36-2119-son ma’lumotnomasi). Natijada radio eshittirishlarining ilmiy metodologik va amaliy dolzarbligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish