Ikromova Musharrafxon Nematillayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.08 Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4289.
Ilmiy rahbar: Najmiddinova Xilola Yokubjanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullayevna, texnika fanlari doktori, professor; Nazirova Guzal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Raqamli tafakkur” tushunchasi shaxsning intellektual sezgirligining ichki qonuniyatlarini o‘rganib unga ta’sir etishning samarador usullarini tafakkurning predmetli-harakatli, predmetli-obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt, algoritmik shakllariga hamda hamkorlikda ishlash, muammoning eng maqbul yechimini aniqlash, kasbga yo‘naltirgan holda o‘zini-o‘zi maqsadli rivojlantirish kabi kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining integratsiyasi hamda davlat o‘quv dasturi talablari bilan moslashuvchanligini ta’minlovchi “Sxema asosida o‘z uyingni top”, “Quvnoq algoritm”, “O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ketma-ket qadamlar bilan sayohat qilamiz”, ”Xazina izlab”, “Raqamli tafakkur sari ilk qadam” kabi didaktik hamda kompyuter o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlovchi mantiqiy, semantik va faoliyatga doir mezonlari obrazli tafakkurning tashkil etuvchilari topologik, proyeksion, tartibli, metrik va algebraik hamda mantiqiy tafakkurning bolalar kognitiv rivojlanishiga ta’sirini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modelining konseptual-mazmunli komponenti raqamli tafakkurning kompleks omillar ta’sirida uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan intellektual qobililiyatlarni shakllantirish tizimi bilan vertikal integratsiyasini adaptiv aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Raqamli tafakkur” tushunchasi shaxsning intellektual sezgirligining ichki qonuniyatlarini o‘rganib unga ta’sir etishning samarador usullarini tafakkurning predmetli-harakatli, predmetli-obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt, algoritmik shakllariga hamda hamkorlikda ishlash, muammoning eng maqbul yechimini aniqlash, kasbga yo‘naltirgan holda o‘zini-o‘zi maqsadli rivojlantirish kabi kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtiririshga doir tavsiyalaridan “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-buyrug‘i asosidagi 233-0802-son guvohnomasi). Natijada tarbiyachi-pedagog va bo‘lajak tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayoni maqsadini amalga oshirishlari uchun zarur bilimlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining integratsiyasi hamda davlat o‘quv dasturi talablari bilan moslashuvchanligini ta’minlovchi “Sxema asosida o‘z uyingni top”, “Quvnoq algoritm”, “O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ketma-ket qadamlar bilan sayohat qilamiz”, ”Xazina izlab”, “Raqamli tafakkur sari ilk qadam” kabi didaktik hamda kompyuter o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalaridan 2015-2017-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-maydagi 03-03/2-1417-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlarni ishlab chiqishda muvaffaqiyatga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlovchi mantiqiy, semantik va faoliyatga doir mezonlari obrazli tafakkurning tashkil etuvchilari topologik, proyeksion, tartibli, metrik va algebraik hamda mantiqiy tafakkurning bolalar kognitiv rivojlanishiga ta’sirini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va mulohazalar maktabgacha ta’limning Davlat talablari mazmuniga singdirilgan. (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-maydagi 03-03/2-1417-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonining takomillashishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modelining konseptual-mazmunli komponenti raqamli tafakkurning kompleks omillar ta’sirida uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan intellektual qobililiyatlarni shakllantirish tizimi bilan vertikal integratsiyasini adaptiv aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan
“Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-buyrug‘i asosidagi 233-0802-son guvohnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda samaradorlikka erishilgan.