Haqberdiyev Baxtiyor Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish metodlarini takomillashtirish”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped729. 
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. 
Rasmiy opponentlar: Rahmatullayev Muzaffar Muhammadjonovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim; Mamatov Dilshod Kodirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini integratsiya o‘qitish metodlarini takomillashtirishda ijodiy, loyihaviy ko‘nikmalarini o‘stirishga doir tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish metodlarini takomillashtirish samaradorligi grafik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan chizmalarni dizaynga mos holda o‘qitish, grafik dasturlardan optimal tarzda foydalanib ijodiy tasavvurlarini oshirish hamda kasbiy-pedagogik ijodiy fikrlashlar doirasini kengaytirishning motivatsiyon, informatsiyon, estetik, texnologik, didaktik imkoniyatlarini ta’lim maqsadlariga izchil moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish jarayoni nazorat qiluvchi-darajali topshiriqlar, tashxislovchi-virtual mashqlar, refleksivlikni ta’minlashga qaratilgan intensiv ijobiy omillar, ijodiy-loyihaviy ko‘nikmalar mazmuni yaratishga yo‘naltirilgan talabalarni fazoviy va mantiqiy fikrlashlarini o‘zlashtirish darajasini baholash va diagnostika qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish Peer Review, Breakout room, Brainwriting, Think-Pair-Share Technique, The Jigsaw Method, TRIZ metodlarini adaptiv qo‘llashda ustuvorlik berish, individual mantiqiy-topshiriqlar yaratish hamda fazoviy tasavvurlar va grafik bilim darajalarini amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish traektoriyasiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish mezonlari kasbiy ijodkorlikka qaratilgan grafik mashqlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish hamda axborot almashishning mantiqiy bosqichlarini ijodiy tasavvur qonuniyatlariga bosqichma-bosqich elektron ta’lim resurs bazalaridan foydalanib imkoniyatlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish metodlarini takomillashtirishga doir tadqiqotlar natijalari asosida:
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish metodlarini takomillashtirish samaradorligi grafik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan chizmalarni dizaynga mos holda o‘qitish, grafik dasturlardan optimal tarzda foydalanib ijodiy tasavvurlarini oshirish hamda kasbiy-pedagogik ijodiy fikrlashlar doirasini kengaytirishning motivatsiyon, informatsiyon, estetik, texnologik, didaktik imkoniyatlarini ta’lim maqsadlariga izchil moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Pedagogika oliy ta’lim muassasalari 70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura mutaxassisligi uchun “Arxitektura elementlarini loyihalash” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘i). Natijada muhandislik grafikasi tarkibidagi chizmachilik fanida ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga doir takliflar amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish jarayoni nazorat qiluvchi-darajali topshiriqlar, tashxislovchi-virtual mashqlar, refleksivlikni ta’minlashga qaratilgan intensiv ijobiy omillar, ijodiy-loyihaviy ko‘nikmalar mazmuni yaratishga yo‘naltirilgan talabalarni fazoviy va mantiqiy fikrlashlarini o‘zlashtirish darajasini baholash va diagnostika qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Arxitektura elementlarini loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada talabalar nisbatan kamroq vaqt ichida grafik masalalarni tez ishlashni o‘rganishlari va yangi olingan integrativ ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkoni yaratilgan;
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish Peer Review, Breakout room, Brainwriting, Think-Pair-Share Technique, The Jigsaw Method, TRIZ metodlarga ustuvorlik berish, individual mantqiy-topshiriqlar yaratish hamda fazoviy tasavvurlar va grafik bilim darajalarini amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish traektoriyasiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Chizmachilik. (Mashinasozlik chizmachiligi)” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada tegishli o‘quv fanining ishchi-o‘quv dasturi mazmunini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
muhandislik grafikasi va dizayn fanlarini o‘zaro integratsiyalash asosida o‘qitish mezonlari kasbiy ijodkorlikka qaratilgan grafik mashqlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish hamda axborot almashishning mantiqiy bosqichlarini ijodiy tasavvur qonuniyatlariga bosqichma-bosqich elektron ta’lim resurs bazalaridan foydalanib imkoniyatlarini optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Arxitektura elementlarini loyihalash” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘i). Natijada “Arxitektura elementlarini loyihalash” fanini o‘qitish sifati oshirilgan va talabalarning mutaxassislikka bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish