Sobirova Maxbuba Yusupdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida antroposentrik yondashuvning ilmiy-metodik asoslari va texnologiyalari”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.DSc/Ped.260 
Ilmiy maslahatchi: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat univerditeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. 
Rasmiy opponentlar: To‘xliyev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroyev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ona tili ta’limida antroposentrik yondashuvning ilmiy-metodik jihatlari o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda qayta takrorlanish imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlarining kasbiy tayyorgarlik bilan reprezentativligini ifodalovchi metodikaning moslashuvchan mexanizmini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
ona tili ta’limida antroposentrik yondashuvning didaktik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy muhitda pedagogik, psixologik va kognitiv jihatdan o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs faoliyatida diskursiv faoliyat jarayonini kasbiy faoliyat darajasini tahlil qilishga yo‘naltirilgan ta’lim subyektlarining o‘zaro ta’sirini va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini determinantligini empirik baholash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari pedagogik maqsadga erishishning muvaffaqiyati va jarayonning yo‘nalishini belgilab beradigan ichki va tashqi aloqalar tizimi rivojlanishini ta’minlovchi kommunikativ, diagnostik, tashkiliy jihatlarini funksional imkoniyatlarini kompleks uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik tayyorlash mezonlari pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlari bilan o‘quv maqsadlari, bilim, ko‘nikma hamda individual kasbiy tajribani egallash va o‘zlashtirish asosida mantiqiy fikrlash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga oid shaxsiy fazilatlarning tashqi va ichki omillarga yo‘naltirilgan monitoringiga didaktik ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
ona tili ta’limida antroposentrik yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish modelining faoliyatli-mazmunli komponenti kompleks omillar ta’sirini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning yaxlit mazmuni va uning tarkibiy qismlari bilan vertikal integratsiyasini bosqichma-bosqich muayyan uzviylikda rejalashtirish va natijaviyligining dinamikligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limidagi antroposentrik yondashuvning ilmiy-metodik asoslari va texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
ona tili ta’limida antroposentrik yondashuvning ilmiy-metodik jihatlari o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda qayta takrorlanish imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlarining kasbiy tayyorgarlik bilan reprezentativligini ifodalovchi metodikaning moslashuvchan mexanizmini ishlab chiqish asosida aniqlashtirishga doir takliflaridan pedagogika oliy ta’lim muassasalari o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishlari uchun “Notiqlik mahorati” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-37-sonli guvohnoma). Natijada ona tili ta’limiga antroposentrik yondashuv texnologiyalarini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan;
ona tili ta’limida antroposentrik yondashuvning didaktik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy muhitda pedagogik, psixologik va kognitiv jihatdan o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs faoliyatida diskursiv faoliyat jarayonini kasbiy faoliyat darajasini tahlil qilishga yo‘naltirilgan ta’lim subyektlarining o‘zaro ta’sirini va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini determinantligini empirik baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-20170930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 6-yanvardagi 02-07-26/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ona tili o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik ijodkorligi rivojlantirilgan;
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari pedagogik maqsadga erishishning muvaffaqiyati va jarayonning yo‘nalishini belgilab beradigan ichki va tashqi aloqalar tizimi rivojlanishini ta’minlovchi kommunikativ, diagnostik, tashkiliy jihatlarini funksional imkoniyatlarini kompleks uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 6-yanvardagi 02-07-26/04-son ma’lumotnomasi). Natijada antroposentrik yondashuv asosida kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyalari modelini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik tayyorlash mezonlari pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlari bilan o‘quv maqsadlari, bilim, ko‘nikma hamda individual kasbiy tajribani egallash va o‘zlashtirish asosida mantiqiy fikrlash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga oid shaxsiy fazilatlarning tashqi va ichki omillarga yo‘naltirilgan monitoringiga didaktik ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarRespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 17-maydagi 98-son dalolatnomasi). Natijada antroposentrik yondashuv asosida bo‘lajak ona tili o‘qituvchisining tayanch ma’naviy kompetensiyalari takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida antroposentrik yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish modelining faoliyatli-mazmunli komponenti kompleks omillar ta’sirini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning yaxlit mazmuni va uning tarkibiy qismlari bilan vertikal integratsiyasini bosqichma-bosqich muayyan uzviylikda rejalashtirish va natijaviyligining dinamikligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflar va tavsiyalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 9-sentabrdagi 06-31-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar mazmunan boyib, teletomoshabinlarda muloqotga kirishish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllanishiga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish