Ahmedova Gulnoza Muxtorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili darslarida rusiyzabon o‘quvchilar nutqiy muloqot madaniyatini rivojlantirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fil245.
Ilmiy maslahatchi: Rasulov Ravshanxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev G‘ofur Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy muloqot madaniyatini rivojlantirish, uning komponentlari bilan bog‘liq ta’lim mazmuni va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda nutqiy muloqot madaniyati tushunchasi o‘zbek tilini o‘qitishda o‘quvchilarning dialogik nutqini o‘stirish amaliyoti bilan yangilash metodikasini ularning muloqot madaniyatini rivojlantiruvchi, o‘zligini va suhbatdoshlarning shaxsi, ruhiyati, jamiyatda tutgan mavqeyini anglash, nutqning kommunikativligiga e’tibor berish, ijtimoiy munosabatlar bilan shartlangan replikalar: tarkibi anglanadigan gaplar va qolip gaplar asosidagi o‘zaro muloqot jarayoni uchun milliy til korpusiga mo‘ljallangan o‘quv lug‘atlari tayyorlash va ularni qo‘llashga oid vaziyatli topshiriqlar tizimini ishlab chiqish zaruriyati asoslangan;
nutqiy muloqot madaniyati komponentlaridan biri sifatida qolip gaplarni tushuntirishda dars lug‘atida ularning ruscha tarjimasini, izohtalab o‘rinlarda qisqa sharh berish, o‘zbekcha-ruscha qolip gaplar qiyosi asosida olingan o‘rganishni osonlashtiradigan va qiyinlashtiradigan holatlar haqidagi ma’lumotlaridan, nutqiy vaziyatlardan (nutqiy vaziyat aks etgan rasm), nutqiy namunalar, ko‘rsatmalilik:, sahna ko‘rinishi orqali tanishtirish, suhbatdoshlarni ma’naviy-estetik boyitish, muomala odobi qoidalari asosida so‘zlash ohangiga alohida ahamiyat berishdan foydalanish, faollashtirishda o‘quvchilarning muomala odobi qoidalariga amal qilib o‘zaro so‘zlashishidagi mustaqilligini yangi axborot almashinuviga yo‘naltirish, muloqotning izchil bo‘lishini ta’minlashda (tashkiliy qism → asosiy axborot almashinuvi → so‘zlashuvni tugallash qismlari mazmunida o‘zaro so‘zlashishni mashq qilish) onglilikka erishish, bilan shakllanadigan ko‘nikma va malakalar ko‘lamini ta’minlovchi mashqlar tizimi yaratilgan; 
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarga nutqiy muloqot madaniyatini o‘rgatish metodikasi, xususan, muayyan vaziyatlarda qo‘llanadigan qolip gaplarni tushuntirish va faollashtirish metod hamda usullari, innovatsion texnologiyalar, rolli va kasbiy o‘yinlarni ishlab chiqishga doir asosiy yondashuv va tamoyillar: kompetensiyaviy, kommunikativ, pragmatik, nutqiy vaziyatli, faoliyatga asoslanganlik, induktiv-ongli, funksional, modulli yondashuvlar hamda qolip gaplarning tag ma’nosi, mazmuni, qo‘llanilishini anglatish tamoyillari, mashqlar tizimida loyihalash asosidagi mashqlar, shuningdek, sahnalashtirish tipidagi o‘yinlar, namunadan foydalanib o‘zaro so‘zlashish, boshlab berilgan dialogni davom ettirish, dialog replikalari asosida o‘zaro so‘zlashish, nutqiy faoliyatda qo‘llash, testlar bajarish, bahs-munozaralar kabi metodlarni qo‘llashda qolip gaplarni qiyoslash asosida takomillashtirilgan; 
o‘zbek tili darslarida rusiyzabon o‘quvchilarga muomala odobi qoidalarini, qolip gaplarni o‘rgatishning yaxlit metodikasi o‘quvchilarning qolip gaplarni o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilish, aksincha, rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish, berilgan nutqiy vaziyatga mos qolip gapni aytish, nuqtalar o‘rniga mazmunan mos qolip gapni qo‘yib o‘qish yoki ko‘chirish, berilgan izohlar asosida mos qolip gaplarni aytish, qolip gap asosida tegishli nutqiy vaziyatni aytish, o‘rganilgan qolip gaplarni qatnashtirgan holda dialog tuzish yoki o‘zaro so‘zlashish metodlari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning nutqiy muloqot madaniyatini rivolantirish ehtiyojlaridan, dialogik nutq o‘stirish mazmunidan kelib chiqqan holda muomala odobi qoidalarini va qolip gaplarni tanlash, to‘plash, 2–5- va 6–9-sinflar bo‘yicha guruhlash amalga oshirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy muloqot madaniyatini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘quvchilarning nutqiy muloqot madaniyatini rivojlantiruvchi, shaxsning o‘zligini va suhbatdoshlarning shaxsi, ruhiyati, jamiyatda tutgan mavqeyini anglash, nutqning kommunikativligiga e’tibor berish, ijtimoiy munosabatlar bilan shartlangan replikalar: tarkibi anglanadigan gaplar va qolip gaplar asosidagi o‘zaro muloqot jarayoni uchun milliy til korpusiga mo‘ljallangan o‘quv lug‘atlari tayyorlash va ularni qo‘llashga oid vaziyatli topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2922- yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yilning 28-dekabridagi 15-2645 raqamli ma’lumotnomasi.) Natijada tayyorlanayotgan loyihaning “Lug‘at” qismi mazmuni boyib, o‘zbek va rus tillaridagi qolip gaplarning qiyosiy tahlili, shuningdek, tayyorlangan monografiya mazmunan yangi, tahliliy ma’lumotlar orqali boyitilgan;
qolip gaplarni nutqiy namunalar, ko‘rsatmalilik: nutqiy vaziyat aks etgan rasm, sahna ko‘rinishi orqali tanishtirish, suhbatdoshlarni ma’naviy-estetik boyitish, muomala odobi qoidalari asosida so‘zlash ohangiga alohida ahamiyat berish, yangi axborot almashinuviga yo‘naltirish, muloqotning izchil bo‘lishini ta’minlashda (tashkiliy qism → asosiy axborot almashinuvi → so‘zlashuvni tugallash qismlari mazmunida o‘zaro so‘zlashishni mashq qilish) onglilikka erishish, ruscha tarjimasi, izohtalablariga qisqa sharh berish bilan shakllanadigan ko‘nikma va malakalar ko‘lamiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat til va adabiyot universitetida 2017-2918-yillarda bajarilgan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2020-yil 24-iyundagi 89-03-2234-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilini o‘qitishda nutqiy muloqot madaniyatini rivojlantiruvchi vaziyatli mashq va topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi takomillashtirilgan;
nutqiy vaziyatga asoslanganlik yondashuviga muvofiq mashqlar tizimida loyihalash asosidagi mashqlar, shuningdek, sahnalashtirish tipidagi o‘yinlar, rolli, kasbiy o‘yinlarga ko‘proq ahamiyat berish, namunadan foydalanib o‘zaro so‘zlashish, boshlab berilgan dialogni davom ettirish, dialog replikalari asosida o‘zaro so‘zlashish, nutqiy faoliyatda qo‘llash, testlar bajarish, bahs-munozaralar kabi metodlarni qo‘llashda qolip gaplarni qiyosiy o‘rganishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar uchun “O‘zbek tili” darsliklarini yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021-yil 18-maydagi 01/11-01/7-625-son ma’lumotnomasi.) Natijada o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy muloqot madaniyatini o‘rgatish mazmuni, vositalari, metod va usullari takomillashtirilgan metodika asosida maktab o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ortgan;
o‘quvchilarning qolip gaplarni o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilish, aksincha, rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish, berilgan nutqiy vaziyatga mos qolip gapni aytish, nuqtalar o‘rniga mazmunan mos qolip gapni qo‘yib o‘qish yoki ko‘chirish, berilgan izohlar asosida mos qolip gaplarni aytish, qolip gap asosida tegishli nutqiy vaziyatni aytish, o‘rganilgan qolip gaplarni qatnashtirgan holda dialog tuzish yoki o‘zaro so‘zlashishga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” kanalining “Radiojurnal” dasturida “O‘zbek tilidagi qolip gaplarni qiyoslab o‘rganishning ayrim masalalari” mavzusidagi intervyusidan samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020-yil 23-iyundagi 03-09/318-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ahamiyati keng xalq ommasi, o‘quvchi yoshlarga targ‘ib etilib, eshittirishlarning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik jihatdan samaradorligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish