Avezmuratova Zebo Allayarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi lıaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 — Ta’lim va tapbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1324.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xo‘janov Erkin Berdiyevich, pedogogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedogogika insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Astronomiya fanini dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Astronomiya fanini amaliy kuzatuvchanlik, sinergetik moslashuvchanlik orqali o‘quvchilarda o‘tilgan mavzullarni to‘la o‘zlashtirishda sanogen tafakkuri va refleksiv ko‘nikmalarini paradigmik jihatdan shakllantirish hamda fazoviy tasavvur qilishga qaratilgan ta’lim jarayonini amalga oshirishning dasturiy vositalar tarkibi aniqlashtirilgan;
Astronomiya fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzularni o‘qitishda (Gorizont, Ekvatorial, Ekliptika, Meridian) tekisliklar va Quyosh sistemasidagi Sayyoralarning konfiguratsiyalarini aniqlashga qaratilgan astronomik kuzatish mashg‘ulotlarini tashkil etish modeli adaptivlikka asoslangan konseptual algoritmni kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
11-sinf Astronomiya fanining amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, fazoviy jarayonlarni kuzatish qobiliyatni rivojlantiruvchi evristik, kognitiv topshiriqlarni qamrab olgan innovatsion texnologik xaritali dars ishlanmasi orqali o‘quvchilarni vizual ko‘rishga asoslangan kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
Astronomiya fanini o‘qitishda Sayyoralarning Zodiak yulduz turkumlari bo‘yicha siljib borishi, Quyosh atrofida aylanish davrlari, ro‘para turishi, yoritkichlarning kulminatsiyasi, Quyosh va Oy tutilishlarini real vaziyat modellaridek imitatsiyalash orqali astronomik jarayonlarning qiymat-semantik funksiyalarini kuzatishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Astronomiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Astronomiya fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzularni o‘qitishda (Gorizont, Ekvatorial, Ekliptika, Meridian) tekisliklar va Quyosh sistemasidagi Sayyoralarning konfiguratsiyalarini aniqlashga qaratilgan astronomik kuzatish mashg‘ulotlarini tashkil etish modeli adaptivlikka asoslangan konseptual algoritmini takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalar “Innovatsion texnologiyalar asosida Astronomiya fanini o‘qitishda amaliy kuzatishlarni tashkil qilish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i, 388-20-raqamli guvohnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘lajak Astronomiya fani o‘qituvchilarini, 11-sinf o‘quvchilariga Astronomiya fani amaliy mashg‘ulotlarida ilmiy manbalarni tahlil qilish orqali Osmon jisimlarini kuzatish va tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga asoslangan pedagogik faoliyatini tashkil etishga xizmat qilgan;
11-sinf Astronomiya fanining amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, fazoviy jarayonlarni kuzatish qobiliyatni rivojlantiruvchi evristik, kognitiv topshiriqlarni qamrab olgan innovatsion texnologik xaritali dars ishlanmasi orqali o‘quvchilarni vizual ko‘rishga asoslangan kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirishga oid nazariyalardan 2022-yil 4-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosida nishonlanishi munosabati bilan Xorazm TV telekanalining “Assalom, Xorazm” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 18-oktabrdagi 2089-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilarini Astronomiya fani amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, fazoviy jarayonlarni kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
Astronomiya fanini o‘qitishda Sayyoralarning Zodiak yulduz turkumlari bo‘yicha siljib borishi, Quyosh atrofida aylanish davrlari, ro‘para turishi, yoritkichlarning kulminatsiyasi, Quyosh va Oy tutilishlarini real vaziyat modellaridek imitatsiyalash orqali astronomik jarayonlarning qiymat-semantik funksiyalarini kuzatishni tadqiq etishga oid metodik tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/11-01/9-1740-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Astronomiya fani dars mashg‘ulotlarini samaradorligini oshirishga erishilgan;