Maxmudov Jasurbek Xusinovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Pahlavon Mahmud va futuvvat manbalari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil266.
Ilmiy rahbar: Boltaboyev Hamidulla Ubaydullayevich, filologiya fnlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponenentlar: Yusupova Dilnavoz Farmonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xasanov Nodirxon Dadaxanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tajiboyeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida diniy, tasavvufiy va adabiy manbalar asosida Pahlavon Mahmud, futuvvat, axiylik va javonmardlik maslagining paydo bo‘lish tarixiy genezisini aniqlash, o‘zbek futuvvatnomalari va qissalarining kelib chiqishi hamda rivojlanishidagi adabiy manbalarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futuvvat va axiylik tushunchalari ildizi Qur’oni karimda aks etishi va fatiylik asoslari payg‘ambarlik qissalari orqali ochib berilgan;
futuvvatning manbalariga ko‘ra davrlashtirish tamoyillari ishlab chiqilib, uning ilk davri payg‘ambarlik qissalaridan aks etgan bo‘lsa, ikkinchi davr o‘zbek mumtoz adabiyotida aks etgani, badiiy asarlar mazmuniga singdirilgani asoslab berilgan;
o‘zbek mumtoz adabiyotida qissa janrining kelib chiqishi va genezisi futuvvat va axiylik tushunchalari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
“Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” tazkirasidagi avliyolarning futuvvat va axiylikka mansubligi hamda ularning Pahlavon Mahmud faoliyati bilan alloqadorligi dalillangan;
Pahlavon Mahmud biografiyasiga oid o‘zbek va fors tilidagi manbalardagi qaydlarning o‘zaro qiyoslanilishi asosida turkiy manbalardagi ma’lumotlarning nisbatan to‘liqligi ochib berilgan;
XIX–XX asr boshlarida yozilgan o‘zbek futuvvatnomalari boshqa tildagi futuvvatnomalardan farqli o‘laroq xalq hunarmandchiligi risolalari shaklida ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pahlavon Mahmud va futuvvat manbalari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
futuvvat va axiylik tushunchalari ildizi Qur’oni karimda aks etishi va fatiylik asoslari payg‘ambarlik qissalari orqali ochib berilganligi hamda futuvvatning manbalariga ko‘ra davrlashtirish tamoyillari ishlab chiqilib, uning ilk davri payg‘ambarlik qissalaridan aks etgan bo‘lsa, ikkinchi davr o‘zbek mumtoz adabiyotida aks etgani, badiiy asarlar mazmuniga singdirilgani kabi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Pahlavon Mahmud nomidagi xayriya jamg‘armasi Pahlavon Mahmud haqidagi maxsus kitoblarni tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati Pahlavon Mahmud nomidagi xayriya jamg‘armasining 2023-yil 6-yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada “Pahlavon Mahmud: O‘zbek ma’naviyati va kurash san’atidagi o‘rni”, “Berdim qalamimga so‘z. Ruboiylar”(besh tilda) kitoblari nashr etilgan;
Pahlavon Mahmud va futuvvat manbalarini tadqiq etish hamda o‘zbek mumtoz adabiyotida qissa janrining kelib chiqishi va genezisi futuvvat va axiylik tushunchalari bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-30 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘pjildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 21-yanvardagi 01/4-132-conli ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha mazmuni ilmiy jihatdan boyigan;
“Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” tazkirasidagi avliyolarning futuvvat va axiylikka mansubligi hamda ularning Pahlavon Mahmud faoliyati bilan alloqadorligi dalillanganligi yuzasidan natijalaridan O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 2018-2020 yillar mobaynida bajarilgan PZ-20170925213: “O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining 2023-yil 30-yanvardagi 51-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha mazmuni ilmiy jihatdan boyigan;
Pahlavon Mahmud hayoti va ijodini o‘rganish ishini keng omma orasida targ‘ib qilishda tadqiqotning ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Sharq qo‘lyozmalari” ko‘rsatuvi ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalining 2023-yil 30-yanvardagi 06-22-89-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuv va ssenariylarining ilmiy-manbaviy saviyasi kengaygan;
XIX–XX asr boshlarida yozilgan o‘zbek futuvvatnomalari boshqa tildagi futuvvatnomalardan farqli o‘laroq xalq hunarmandchiligi risolalari shaklida ekanligi asoslanganligi kabi natijalar “Xiva langari” badiiy filmini suratga olishda foydalanilgan (“Hasan-films” studiyasining 2023-yil 20-yanvardagi 07-p-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy filmning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, kino ssenariyning ilmiy-badiiy saviyasi boyigan.