Sobirova Dilafruz Akrom qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma gaplar orqali ifodalanuvchi stilistik vositalarning chog‘ishtirma tadqiqi (takror, antiteza va xiazm materiali asosida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1846.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Do‘smamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Asqarova Shaxnoza Kamolidinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma gaplarda ifodalanuvchi takror, antiteza va xiazm stilistik vositalarini chog‘ishtirma tarzda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chog‘ishtirilayotgan tillardagi qo‘shma gaplarda ifodalanuvchi takror, antiteza va xiazm stilistik vositalarining turli mazmuniy va semantik munosabatlar mantiqiy yaxlitlangan umumiy bir murakkab fikrni, shaxs tavsifini va tabiat tasvirini ifoda etish maqsadida yaxlit birlikni tashkil etishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi takror turlarining stilistik vosita sifatida ushbu tillar kontekstida morfologik va sintaktik chog‘ishtirish natijasida takror turlarining turli stilistik ma’no kasb etishi hamda mazkur tillarda takror turlarining izomorfik va allomorfik xususiyatlarini inobatga olgan holda ingliz va o‘zbek tillarida eng ko‘p qo‘llaniladigan takror ko‘rinishlari tavsifi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillardagi qo‘shma gaplarda ifoda etilgan oddiy va murakkab antiteza stilistik vositasi, har ikkala tilda asosan “antonimlar”, shuningdek, ot, sifat va fe’l so‘z turkumlariga oid ekanligi hamda qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanilgan xiazm so‘z tartibini tashkil etuvchi gap bo‘laklari ega, kesim, to‘ldiruvchi va hol komponentlarining bir-biriga zid mantiqiy munosabatlardagi nomutanosiblikni aks ettirishi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi qo‘shma gaplarda ifodalanuvchi antiteza va xiazm stilistik vositalarining ingliz va o‘zbek tillaridagi struktural-semantik invariant modellari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma gaplar orqali ifodalanuvchi stilistik vositalarning chog‘ishtirma tadqiqi (antiteza va xiazm materiali asosida) olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
chog‘ishtirilayotgan tillardagi qo‘shma gaplarda ifodalanuvchi takror, antiteza va xiazm stilistik vositalarining turli mazmuniy va semantik munosabatlar mantiqiy yaxlitlangan umumiy bir murakkab fikrni, shaxs tavsifini va tabiat tasvirini ifoda etish maqsadida yaxlit birlikni tashkil etishiga oid xulosalaridan Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021- yillarga muljallangan 561624-YeRR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 24 maydagi 1304/30.02.01- son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, chog‘ishtirma tilshunoslik va stilistika sohalaridagi bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalarini ochib berishda qo‘llanilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi takror turlarining stilistik vosita sifatida ushbu tillar kontekstida morfologik va sintaktik chog‘ishtirish natijasida takror turlarining turli stilistik ma’no kasb etishi hamda chog‘ishtirilayotgan tillarda takror turlarining izomorfik va allomorfik xususiyatlarini inobatga olgan holda ingliz va o‘zbek tillarida eng ko‘p qo‘llaniladigan takror ko‘rinishlari tizimi, shuningdek, ingliz va o‘zbek tillardagi qo‘shma gaplarda ifoda etilgan oddiy va murakkab antiteza stilistik vositasi, har ikkala tilda asosan “antonimlar”, shuningdek, ot, sifat va fe’l so‘z turkumlariga oid ekanligi hamda qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanilgan xiazm so‘z tartibini tashkil etuvchi gap bo‘laklari ega, kesim, to‘ldiruvchi va hol komponentlarining bir-biriga zid mantiqiy munosabatlardagi nomutanosiblikni aks ettirishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 24 maydagi 1307/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini amalda oshirishda ko‘maklashgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi qo‘shma gaplarda ifodalanuvchi antiteza va xiazm stilistik vositalarining ingliz va o‘zbek tillaridagi struktural-semantik invariant modellariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot» va «Adabiy jarayon» nomli radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 apreldagi 04-36-769-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma gaplarda antiteza va xiazmning verballashuvi va ushbu stilistik vositalarning o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi bahs-munozaralarga oydinlik kiritilgan.