Rasulova Gulbaxor Kerimbayevna 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ayris Myordok asarlarining badiiy xususiyatlari”, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2743.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Djumaboyeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ayris Myordok hayoti va ijodi takomilining o‘ziga xos xususiyatlarini “Tuzoqda”, “Qo‘ng‘iroq” romanining badiiyati misolida ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Ayris Myordok yaratgan obrazlarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishi, umuminsoniy qadriyatlarni, xususan shaxs erki, shaxsiy hayot dahlsizligi, o‘z shaxsiy hayotini qurolmagan, turli g‘oyaviy ta’sirlar ostida yashaydigan obrazlarning botiniy olamidagi o‘zgarishlar, real hayotni sinchkovlik bilan kuzatishi jarayonida xarakter namoyon eta olgani kabi g‘oyalari asoslangan;
Ayris Myordokning “Qo‘ng‘iroq” romanida Dora Grinfild, Ketrin va ularning o‘z baxtini topishga bo‘lgan urunishi orqali XX nasr ingliz yoshlarining jamiyat va odam, odam va olam o‘rtasidagi hayotga bo‘lgan munosabatlarida ayol xarakteri, ayoldagi tobelik, qadriyat sifatida o‘z-qadri va g‘ururini saqlashi lozimligi orqali tinimsiz izlanishda bo‘lishi uni rivojlanishidagi yagona imkoniyat ekanligi dalillangan;
Ayris Myordokning “Tuzoqda”, “Qo‘ng‘iroq” romanlardagi kompozisiya, syujet, badiiy nutq, voqelik tasviri, mifopoetik unsurlar, joy, hamda tabiat tasvirini ruhiyat bilan bog‘liqligi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va obrazlar tizimi orqali Jeyk, Magdalena, Dora obrazlarida kurashchanlik, Hyugo,Sedi, Noel obrazlarida hayosevarlik, Ketrin,Tobi Gesh obrazi orqali diniy bag‘rikenglik kabi umuminsoniy g‘oyalarning badiiy ifodasi yaratilganligi aniqlangan;
“Tuzoqda”, “Qo‘ng‘iroq” romanlari modernizm yetakchiligining so‘nggi davri va postmodernizm muhitida yaratilgan badiiy asardagi Jeyk Donakyu va Dora Grinfild obrazlar tasvirida ikkilanish, turli imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash kabi muammolarga ekzistensializm g‘oyalari orqali yechimlar ko‘rsatilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayris Myordok asarlarining badiiy xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Ayris Myordok yaratgan obrazlarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishi, umuminsoniy qadriyatlarni, xususan shaxs erki, shaxsiy hayot dahlsizligi, o‘z shaxsiy hayotini qurolmagan, turli g‘oyaviy ta’sirlar ostida yashaydigan obrazlarning botiniy olamidagi o‘zgarishlar, real hayotni sinchkovlik bilan kuzatishi jarayonida xarakter namoyon eta olgani kabi g‘oyalari hamda Ayris Myordokning “Qo‘ng‘iroq” romanida Dora Grinfild, Ketrin va ularning o‘z baxtini topishga bo‘lgan urunishi orqali XX nasr ingliz yoshlarining jamiyat va odam, odam va olam o‘rtasidagi hayotga bo‘lgan munosabatlarida ayol xarakteri, ayoldagi tobelik, qadriyat sifatida o‘z-qadri va g‘ururini saqlashi lozimligi orqali tinimsiz izlanishda bo‘lishi uni rivojlanishidagi yagona imkoniyat ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 10 avgustdagi 06-28-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar orasida jahon adabiyotining yetuk vakillari tajribasini targ‘ib qilish hamda o‘tish davri o‘zbek adabiyotidagi qator muammolarni o‘zaro solishtirish uchun imkoniyat yaratishga erishilgan; 
Ayris Myordokning “Tuzoqda”, “Qo‘ng‘iroq” romanlardagi kompozisiya, syujet, badiiy nutq, voqelik tasviri, mifopoetik unsurlar, joy, hamda tabiat tasvirini ruhiyat bilan bog‘liqligi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va obrazlar tizimi orqali Jeyk, Magdalena, Dora obrazlarida kurashchanlik, Hyugo,Sedi, Noel obrazlarida hayosevarlik, Ketrin,Tobi Gesh obrazi orqali diniy bag‘rikenglik kabi umuminsoniy g‘oyalarning badiiy ifodasi yaratilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023 yil 13 yanvardagi 01-03/55-son ma’lumotnomasi). Natijada voqelikka badiiy-estetik baho berish, o‘zbek nasri namunalarini ingliz nasri bilan taqqoslash imkoniyati yaratilgan;
“Tuzoqda”, “Qo‘ng‘iroq” romanlari modernizm yetakchiligining so‘nggi davri va postmodernizm muhitida yaratilgan badiiy asardagi Jeyk Donakyu va Dora Grinfild obrazlar tasvirida ikkilanish, turli imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash kabi muammolarga ekzistensializm g‘oyalari orqali yechimlar ko‘rsatilganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 1 noyabrdagi 04/1-3031-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan hamda loyiha doirasida ingliz adiblari bo‘limida Ayris Myordok asarlari haqidagi ilmiy-amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish