Zaynutdinova Maxliyo Bobomurodovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rus tili derivatsion tizimida so‘z turkumlari morfonologiyasi”, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil433.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Sheremetyeva Anna Gennadyevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zinin Yevgeniy Olegovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus derivatsion tizimidagi morfologik hodisalarning so‘z turkumlariga oid o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus tiligagi so‘z yasalishiga xos bo‘lgan murakkab birliklarning ierarxik tizimi sifatida namoyon bo‘lishi hamda bu holat so‘z yasovchi juftliklar, turlar va uyalarda ifodalanishi dalillangan;
rus tilining flektiv tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur tilda shakl va so‘z yasalishidagi o‘xshashliklarni ko‘rsatuvchi fonema va urg‘uning almashinishi, hosil qiluvchi o‘zaklarning qisqarishi va kengayishi kabi morfonologik hodisalar asoslangan;
so‘z yasalish uyasida sodir bo‘ladigan so‘z yasalishining turli bosqichlarida otli, sifatli, fe’lli va ravishli so‘z turkumlarining morfonologik salohiyatlari hamda har bir so‘z turkumiga oid so‘z yasalishining turli bosqichlaridagi so‘z yasovchi asoslarining tipologiyasi isbotlangan;
rus tili derivatsion tizimida tegishli so‘z turkumlarini yasalish shakllariga bog‘liq holda hosila ot, sifat, fe’l va ravish so‘z turkumlariga xos o‘zaklarning morfonologik so‘z yasalishi konstruksiyalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus derivatsion tizimining morfonologiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan mazkur ilmiy tadqiqotning nazariy xulosalari va amaliy natijalari, tavsiya va ishlanmalaridan:
rus tiligagi so‘z yasalishiga xos bo‘lgan murakkab birliklarning ierarxik tizimi sifatida namoyon bo‘lishi hamda bu holat so‘z yasovchi juftliklar, turlar va uyalarda ifodalanishiga oid xulosalardan rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarining malakasini oshirish doirasida O‘zbekiston rus madaniyat markazi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniyat markazining 2021 yil 1 apreldagi 02-56-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu tinglovchilarga rus tilidagi so‘z yasalishida turli birliklar bilan ifodalangan tizimli munosabatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda taqdim etilgan natijalar tilshunoslikni so‘z yasalish tipi va so‘z yasalish uyasi tushunchalari, rus tilidagi so‘z yasalish uyalarining hosil bo‘lish va joylashish qonuniyatlari haqidagi ilmiy-nazariy bilimlarni egallash imkonini bergan;
rus tilining flektiv tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur tilda shakl va so‘z yasalishidagi o‘xshashliklarni ko‘rsatuvchi fonema va urg‘uning almashinishi, hosil qiluvchi o‘zaklarning qisqarishi va kengayishi kabi morfonologik hodisalarga hamda so‘z yasalish uyasida sodir bo‘ladigan so‘z yasalishining turli bosqichlarida otli, sifatli, fe’lli va ravishli so‘z turkumlarining morfonologik salohiyatlari hamda har bir so‘z turkumiga oid so‘z yasalishining turli bosqichlaridagi so‘z yasovchi asoslarining tipologiyasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanalidagi “Yangi Renessans yoshlari” teleko‘rsatuvi uchun materiallar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 16 avgustdagi 03-14-212-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan materiallar mazmuni zamonaviy ma’lumotlar bilan boyitildi va tinglovchilarda mavzuni yangicha tushunishga yordam berdi, shuningdek, millatlaro bag‘rikenglik tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qilgan;
rus tili derivatsion tizimida tegishli so‘z turkumlarini yasalish shakllariga bog‘liq holda hosila ot, sifat, fe’l va ravish so‘z turkumlariga xos o‘zaklarning morfonologik so‘z yasalishi konstruksiyalariga oid xulosalardan MU-F3-201912073 ““Al-Jomet as-sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2022 yil 28 dekabrdagi 02-2613-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihaning tilshunoslikka oid jihatlariga bog‘liq muammolarining ijobiy hal qilinishiga erishilgan.