Djusupova Unglasin Talibbayevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Singarmonizm va so‘z urg‘usi – so‘zning prosodik dominantlari (rus, o‘zbek va qozoq tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil179.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Maygeldiyeva Jannat Musabekovna, filologiya fanlari nomzodi, professor (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus, o‘zbek va qozoq tillaridagi bir bo‘g‘inli so‘z prosodiyasini chog‘ishtirishni singarmonizm nazariyasi asosida sifat va miqdor jihatdan amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus, o‘zbek va qozoq tillaridagi bir bo‘g‘inli so‘zlar materialida so‘zning prosodikasining singarmonik hamda turli tizimli tillarda leksemaning talaffuz xususiyatlarining asosi bo‘lgan orfoepik jihatlari isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar tizimidagi fonologik xususiyatlar so‘zning prosodik o‘rni - singarmonizm va so‘z urg‘usi, ularning singarmofonemik va aksentofonemik tillarning dominant prosodik so‘zi, tovush - ma’no ajratuvchi paradigmatik-sintagmatik birikmasi sifatida dalillangan;
singarmofonemik nazariyasi asosida rus, o‘zbek va qozoq tillarining fonema va singarmofonemalari, ularning singarmo-qattiq va singarmo-yumshoq turlari hamda statik va dinamik xususiyatlari isbotlangan;
rus, o‘zbek va qozoq tillaridagi bir bo‘g‘inli so‘zlardagi singarmonizmning sifat va miqdoriy xususiyatlarini lingvostatistik jihatdan har uch tilda - rus tili (1005-61.2%), o‘zbek tili (1070-67.4%), qozoq tili (1368-95%) monosingarmotembrli bir bo‘g‘inli so‘zlar ustunlik qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Singarmonizm va so‘z urg‘usi – so‘zning prosodik dominantlari (rus, o‘zbek va qozoq tillari misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
rus, o‘zbek va qozoq tillaridagi bir bo‘g‘inli so‘zlar materialida so‘zning prosodikasining singarmonik hamda turli tizimli tillarda leksemaning talaffuz xususiyatlarining asosi bo‘lgan orfoepik jihatlariga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan A-1-61-sonli «Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan talabalar uchun lingvistik fanlar bo‘yicha audiokitoblar yaratish» amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 16-1837-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy tilshunoslik taraqqiyotining ustuvor tendensiyalari, yo‘nalishlari va tamoyillariga muvofiq audiokitoblar mazmunini yangi ma’lumotlar bilan takomillashtirishga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillar tizimidagi fonologik xususiyatlar so‘zning prosodik o‘rni - singarmonizm va so‘z urg‘usi, ularning singarmofonemik va aksentofonemik tillarning dominant prosodik so‘zi, tovush - ma’no ajratuvchi paradigmatik-sintagmatik birikmasi sifatiga xos xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan 204-4-5-sonli ««Ingliz tili» yo‘nalishi mutaxassislik fanlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etish» innovatsion loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 263/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy tilshunoslikning tahlil usullari asosida loyihaning amaliy qismlari takomillashtirilgan hamda virtual manbalar (elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari) mazmuni boyitilgan;
singarmofonemik nazariyasi asosida rus, o‘zbek va qozoq tillarining fonema va singarmofonemalari, ularning singarmo-qattiq va singarmo-yumshoq turlari hamda statik va dinamik xususiyatlari isbotlashga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-A1-018-sonli «O‘zbek tilining elektron va bank-moliya atamalarining ko‘p tilli tarjima lug‘atlarini yaratish» amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 01-1858-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotga tatbiq etilishi loyiha doirasida tuzilgan ko‘p tilli lug‘atlar mazmunini takomillashtirish va boyitishga xizmat qilgan;
rus, o‘zbek va qozoq tillaridagi bir bo‘g‘inli so‘zlardagi singarmonizmning sifat va miqdoriy xususiyatlarini lingvostatistik jihatdan har uch tilda - rus tili (1005-61.2%), o‘zbek tili (1070-67.4%), qozoq tili (1368-95%) monosingarmotembrli bir bo‘g‘inli so‘zlar ustunlik qilishi dalillashga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida «Taqdimot» va «Mavzu» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» DUKning 2022 yil 31 yanvardagi 06-28-199-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi telessenariylarning umummilmiy va madaniy-ma’rifiy mazmunini mukamallashtirib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.