Ochildiyev Najmiddin Narbayevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Respublikaning janubiy mintaqalarida yetishtirishga mos, hosildorligi va tola sifati yuqori bo‘lgan g‘o‘zaning seleksion ashyolarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx504. 
Ilmiy rahbar: Ravshanov A`zam Erkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug`iga patent olingan: «O`zPITI-1604» g`o`za navi (NAP 00192). 
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za seleksiyasida genetik jihatdan uzoq bo‘lgan shakllarni turlararo murakkab duragaylash uslubi orqali tezpishar, suv tanqisligiga va garmselga bardoshli, hosildor, shuningdek tola chiqimi hamda sifati yuqori bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘za navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kelib chiqishi genetik jihatdan uzoq bo‘lgan G.hirsutum L. va G.barbadense L. turlariga mansub g‘o‘za navlarini duragaylash orqali olingan duragaylarning yuqori avlodlarida xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning shakllanishi va barqarorlashuvi jarayoni aniqlangan; 
turlararo genetik uzoq murakkab duragaylash uslubi orqali yaratilgan yuqori avlod duragaylari va seleksion ashyolar qimmatli xo‘jalik belgilarini saqlanib qolishi to‘liq seleksiya jarayoni bosqichlari orqali isbotlangan; 
tezpisharlik, tola hosildorligi va sifati yuqori, suv tanqisligiga va garmselga bardoshlilikni o‘zida mujassamlashtirgan yangi g‘o‘za oilalari va tizmalari yaratilgan hamda seleksiya jarayoni uchun boshlang‘ich manba sifatida ajratib olingan; 
turlararo chatishtirish, yakka tanlash va yuqori avlod duragaylarini o‘rganish orqali mavjud g‘o‘za navlaridan morfologik, xo‘jalik va navdorlik belgilari bo‘yicha andoza Namangan-77 va Buxoro-102 g‘o‘za navlaridan farqlanadigan tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori hamda ko‘paytirish jarayonida genetik barqarorligini saqlab qoladigan yangi O‘zPITI-1604 g‘o‘za navi yaratilgan; 
G.hirsutum L. turiga mansub tezpishar, yuqori mahsuldor, suv tanqisligiga va garmselga bardoshli g‘o‘za naviga Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning o‘rta tolali G.hirsutum L. va ingichka tolali G. barbadense L. turiga mansub navlari ishtirokida yaratilgan nav va tizmalarni o‘zaro murakkab duragaylash usuli orqali olingan oilalarda belgilarning shakllanishi va barqarorlashuvini o‘rganish asosida:
o‘rta tolali g‘o‘zaning O`zPITI-1604 navi Qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini sinash markazining turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan nav sinash shaxobchalarida sinalgan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9 fevraldagi 07/21-21-05/508-son ma’lumotnomasi). Davlat nav sinovi natijalariga hamda ekspert komissiyasi xulosasiga asosan 2022-yildan boshlab, Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida mos nav sifatida istiqbolli deb topilgan;
yangi “O‘zPITI-1604” navi 2022-yilda Surxondaryo viloyatida jami 1567,0 gaektar maydonga joriy qilinib, ishlab chiqarish sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9 fevraldagi 07/21-21-05/508-son ma’lumotnomasi). Natijada Muzrabot va Sho‘rchi tumanlari fermer xo‘jaliklarida o‘rtacha 40,0 s/ga ertagi hosil olishga erishilgan;
“O‘zPITI-1604” navi 2022-yilda PSUYEAITI Surxondaryo ilmiy tadqiqot stansiyasi Xazarbog‘ tajriba uchastkasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9 fevraldagi 07/21-21-05/508-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022-yil paxta hosili uchun urug‘lik ko‘chatzorlaridan 600 dona yakka tanlov, 35 ta namunaviy va 35 ta oilaviy terimlar (2601 kg super elita) amalga oshirilib, navdorligi yuqori 1,4 tonna super elita, 72,7 tonna elita, 19,7 tonna R-1 urug‘lik jamg‘arilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish