Ruzmetov Umid Ismailovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida Asteraceae va Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklarni etishtirishning ilmiy-amaliy asoslari”, 06.03.03–Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Qx155.
Ilmiy maslahatchi: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professer.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Niyazaliev Begali Irsalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genitik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida Asteraceae va Lamiaceae oilasiga mansub, dorivor o‘simliklarni etishtirishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dorivor o‘simliklarning turli ekish muddatlari va me’yorlaridagi etishtirishda och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida mineral o‘g‘itlar me’yori N90P60K40 kg/ga qo‘llanilib, o‘sishini boshqaruvchi “plantastim” moddasining 1000 ml/ga me’yori, sug‘orishlar (ChDNS)ga nisbatan 70–80–75% li tartibda o‘tkazilganda, mavsum davomida 7-8 marotaba amalga oshirilganda, maqbul kuz mavsumda etishtirilganda tirnoqgul gul hosildorligi 487 kg/ga, moychechak gul hosildorligi 1233 kg/ga, exinatseya er ustki xom ashyosi 11670 kg/ga, mavrak barg hosildorligi 14596 kg/ga bo‘lganligi aniqlangan;
tipik bo‘z tuproqlar sharotida mineral o‘g‘itlar me’yori N60P60K40 kg/ga qo‘llanilib, o‘sishini boshqaruvchi “plantastim” moddasining 1000 ml/ga me’yori, sug‘orishlar (ChDNS)ga nisbatan 60–70–65% li tartibda o‘tkazilib, mavsumda 6-7 marotaba amalga oshirildi, maqbul kuz mavsumda etishtirilganda tirnoqgul gul hosildorligi 867 kg/ga, moychechak gul hosildorligi 1630 kg/ga, exinatseya er ustki xom ashyosi 17226 kg/ga, mavrak barg hosildorligi 18842 kg/ga olish mumkinligi ilmiy isbotlangan;
to‘q tusli bo‘z tuproqlar sharoitida mineral o‘g‘itlar me’yori N60P60K40 kg/ga qo‘llanilib, o‘sishini boshqaruvchi “plantastim” moddasining 1000 ml/ga me’yori, sug‘orishlar (ChDNS)ga nisbatan 50–60–55 foizli tartibda o‘tkazilib, mavsumda 5-6 marotaba amalga oshirish natijasida, maqbul kuz mavsumda etishtirilganda tirnoqgul gul hosildorligi 978 kg/ga, moychechak gul hosildorligi 1675 kg/ga, exinatseya er ustki xom ashyosi 16450 kg/ga, mavrak barg hosildorligi 19645 kg/ga bo‘lganligi ilmiy asoslangan;
dorivor o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirish hamda hosildorligini oshirishda “plantastim” moddasining ishlov berish muddati shonalash va g‘unchalash davrida ikki marta ildizidan va uning 1000 ml/ga me’yorining samarali konsentratsiyasi tanlangan;
dorivor o‘simliklarni etishtirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanishning maqbul me’yori (N60P60K40, N90P60K40 kg/ga) barg chiqarganda, g‘unchalash va gullash davrlarida qo‘llanilganda tirnoqgul gulidagi karotinoid miqdori –37,7 mg,%, moychechak gulidagi efir moyi –0,58%, exinatseyaning guli va bargidagi sikroy kislotasiga nisbatan hisoblangan oksikorichnaya kislotalari hosilalarining umumiy miqdori gulda –4,75%, bargda –4,12%; mavrak bargidagi efir moylari me’yoriy miqdori –1,44% bo‘lganligi aniqlangan;
dorivor tirnoqgul guli tarkibidagi flavonoidlar miqdori (rutin 0,49; giperazid 0,67; gall kislotasi 7,52), vitaminlar miqdori V6–2,665; V9–7,857, S–0,018, V2–0,042, V12–0,813 mg/100g. Moychechak guli tarkibidagi flavonoidlar miqdori, (rutin 1,41; giperazid 0,53; gall kislotasi 2,78), vitaminlar miqdori V9–16,354, V2–0,879, V12–14,523 mg/100g. Exinatseya organlari tarkibidagi flavonoidlar miqdori, bargda – rutin 0,069, giperazid 0,108, gall kislotalari 0,041; poyada – rutin 0,286, apigenin 0,987, gall kislotalari 0,116; gulida – rutin 0,369, apigenin 2,321, giperazid 0,036, gall kislotalari 0,093 mg/100g. Mavrak barg tarkibida flavonoidlar miqdori mg/100g (bargda: rutin –26,73; norvagenin –0,82; giperazid –1,50; gall kislota –50,67) borligi hamda bargda RR, S, V2, V12; qirqdan ortiq makro va mikro elementlar va urug‘ tarkibidagi yog‘ miqdori 14,1% ga aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asteraceae va Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklar turlariga qo‘llanilgan o‘g‘it, o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi modda va suv me’yorlariga ta’sirini aniqlash bo‘yicha turli tuproq–iqlim sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
dorivor tirnoqgul, moychechak, exinatseya va mavrak o‘simliklarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N90P60K40 kg/ga, o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi “plantastim” moddaning 1000 ml/ga me’yori, sug‘orish tartibining ChDNSga nisbatan 70–80–75% me’yorlari Sirdaryo viloyati Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida 2,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 3 noyabrdagi 03/35–5051–son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tirnoqgul gul xom ashyo hosildorligi 1,9 barobarga va olingan daromad 11 973 mln. so‘m/ga; moychechak gul xom ashyo hosildorligi 1,5 barobarga va olingan daromad 38 083 mln. so‘m/ga; exinatseya er ustki qismi xom ashyo hosildorligi 1,7 barobarga va olingan daromad 134 968 mln. so‘m/ga va mavrak bargi xom ashyosi hosildorligi 1,5 barobarga oshgan va olingan daromad 166 048 mln. so‘m/ga ni tashkil etgan;
tirnoqgul, moychechak, exinatseya va mavrak o‘simliklarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarni N60-90P60K40 kg/ga, o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi “plantastim” moddaning 1000 ml/ga me’yori, sug‘orish tartibining ChDNSga nisbatan 60–70–65% me’yorlari Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Darxon” tajriba maydoni sharoitida 1,0 gektarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 3 noyabrdagi 03/35–5051–son ma’lumotnomasi). Natijada tirnoqgul gul xom ashyo hosildorligi 1,8 barobarga va olingan daromad 25 358 mln. so‘m/ga; moychechak gul xom ashyo hosildorligi 1,8 barobarga va olingan daromad 52 063 mln. so‘m/ga; exinatseya er ustki qismi xom ashyo hosildorligi 1,9 barobarga va olingan daromad 201 725 mln. so‘m/ga va mavrak bargi xom ashyosi hosildorligi 1,6 barobarga oshgan va olingan daromad 217 685 mln. so‘m/ga ni tashkil etgan;
tirnoqgul, moychechak, exinatseya va mavrak o‘simliklariga mineral o‘g‘itlarning N60-90P60K40 kg/ga, o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi “plantastim” moddaning 1000 ml/ga me’yori, sug‘orish tartibini ChDNSga nisbatan 50–60–55% me’yorlari Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi “Chotqol” bo‘limida 2,0 gektar tajriba maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 3 noyabrdagi 03/35–5051–sonli ma’lumotnomasi). Natijada tirnoqgul gul xom ashyo hosildorligi 1,5 barobarga va olingan daromad 29 348 mln. so‘m/ga; moychechak gul xom ashyo hosildorligi 1,8 barobarga va olingan daromad 53 743 mln. so‘m/ga; exinatseya er ustki qismi xom ashyo hosildorligi 1,9 barobarga va olingan daromad 192 518 mln. so‘m/ga va mavrak bargi xom ashyosi hosildorligi 1,6 barobarga oshgan va olingan daromad 226 394 mln. so‘m/ga ni tashkil etgan.