Nazarov Orzikul Mamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘g‘itlar va krioprotektorlarni kartoshkaning sovuqqa chidamligi va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik, 06.01.04 - Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx247.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Farxod Hakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazaliev Begali Irisalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sulaymonov Inomjon Jamolidinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproq sharoitida kech kuzda va erta bahorgi mavsumda ekilgan kartoshka urug‘lik tuganaklariga krioprotektor moddalar bilan ishlov berish hamda sovuqqa chidamligini oshirish orqali yuqori va sifatli hosil olishda maqbul oziqlantirish rejimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon vohasida shakllangan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida kartoshkani maqbul oziqlantirish (N180P120K60 kg/ga) miqdori va kuzda ekib sovuqqa chidamligini krioprotektor moddalar ta’sirida oshirish (ananaviyga nisbatan – 2,5-4,0 oS gacha bardoshli) usuli ishlab chiqilgan;
mineral (N200P160K100 kg/ga, N180P120K60 kg/ga) va organik (25 t/ga, 40 t/ga) o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarda qo‘llash o‘tloqi-bo‘z tuproqlar tarkibidagi oziq moddalarni vegetatsiya boshiga nisbatan vegetatsiya yakunida ijobiy bo‘lishi (azot N-NH4-14,17; N-NO3-28,47; P2O5-5,16; K2O 167,86 mg/kg) aniqlangan;
kartoshka urug‘lik tuganaklariga krioprotektor moddasini turli (0,3%, 0,8%, 0,01%, 0,05% va 0,1%) konsentratsiya bilan ishlov berish orqali uni maqbul me’yori (0,05%) aniqlangan;
krioprotektor moddasini maqbul me’yorda (0,05%) kartoshkani urug‘lik tuganaklariga ishlov berib hamda 40 t/ga go‘ngni mulchalab qo‘llash tuproq haroratini 1,3-1,9 oC yuqori bo‘lishiga, xo‘jalik sharoitida parvarishlangan kartoshkaga nisbatan o‘rtacha 20-24 kun erta muddatda etishtirish mumkinligi isbotlangan;
kech kuzda ekilgan kartoshkaga maqbul oziqa muhiti va krioprotektorni ko‘llash, uning hosiliga (29,05-30,3 t/ga), sifatiga ijobiy (kraxmal 15,4%, qand 0,78%, vitamin «S» 18,20%, oqsil 1,84%) ta’sir qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘g‘itlar va krioprotektorlarni kartoshkaning sovuqqa chidamligi va hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«O‘g‘itlar va krioprotektorlarni kuzda ekiladigan kartoshkaga qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» Samarqand viloyatini Tayloq, Samarqand, Bulung‘ur va Urgut tumanilarini hamda Surxondaryo viloyatini Jarqo‘rg‘on tumanini qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida va Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand filialida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 02/025-4817-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma kartoshkachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalarida kartoshkadan yuqori va sifatli hosil etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishda organo-mineral o‘g‘itlarni maqbul (40 t/ga go‘ng+N180P120K60) me’yorda qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyatining Tayloq tumanida 15,86 ga, Samarqand tumanida 3,72 ga, Bulung‘ur tumanida 3,55 ga, Urgut tumanida 3,82 ga, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 6,45 ga, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand filialida 3,62 ga, jami 37,02 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 02/025-4817-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha kartoshka hosili kuzgi nazoratga nisbatan o‘rtacha 93-108,31 s/ga, bahorgi nazoratga nisbatan 74-78,12 s/ga yuqori bo‘lgan;
Zarafshon vohasida shakllangan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida kartoshka urug‘iga 1,2-PD-(Propandiol-76)-0,05 foizli eritma bilan ishlov berib, maqbul me’yorda organa-mineral o‘g‘it qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyatining Tayloq tumanida 15,86 ga, Samarqand tumanida 3,72 ga, Bulung‘ur tumanida 3,55 ga, Urgut tumanida 3,82 ga, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 6,45 ga, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand filialida 3,62 ga, jami 37,02 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 02/025-4817-son ma’lumotnomasi). Natijada, ananaviyga nisbatan – 2,5-4,0 oS gacha sovuqqa bardoshligi ortgan, xo‘jalik sharoitida parvarishlangan kartoshkaga nisbatan o‘rtacha 20-24 kun erta muddatda etishtirilgan hamda har gektaridan o‘rtacha 37568 ming so‘mgacha yalpi foyda olinib, rentabellik darajasi 48,55-54,11 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish