Mirzaev Lutfullo Aribjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida mineral o‘g‘itlar qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslari (Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi allyuvial tuproqlari misolida)”, 06.01.04-Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.DSc/Qx228.
Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professer.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Jo‘raqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik; Xoshimov Farxod Xakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kojahmedov Sovetbek, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy+takroriy ekin+g‘o‘za navbatlab ekish tizimida mineral o‘g‘itlarnining maqbul me’yorlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuzgi bug‘doy+takroriy ekin+g‘o‘za navbatlab ekish tizimida takroriy ekinlar (mosh, kungaboqar) va ularga qo‘lanilgan mineral o‘g‘itlar tuproqlar tarkibidagi fosfat va kaliy fraksiyalarini transformatsiyasiga ta’siri turlicha ekanligi aniqlangan;
tuproqning 0-30 sm qatlamidagi 100 gramm quruq qismida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan fosforning karbonat angidrid (H2O+CO2) hamda ammiakli (3n.NH4OH) eritmada eriydigan organik shakllari kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin ekilmaganga nisbatan mosh (N30-60R80K60) ekilganda 0,62-0,66 va 4,4-5,7 mg ko‘p bo‘lishi, kungaboqar ekilganda moshga nisbatan 0,8-1,6 mg kam bo‘lishi ekin turiga bog‘liqligi asoslangan;
kuzgi bug‘doyga mineral o‘g‘itlarni N180R120K90 kg/ga me’yorda qo‘llanilishi N120R80K60 kg/ga qo‘llanilganga nisbatan tuproqning 0-30 sm qatlamidagi100 gramm quruq qismida kaliyni almashinmaydigan shaklini 2,0-4,5 mg ga kamayishi, oson o‘zlashtiriladigan almashinuvchan shaklini 0,5-2,0 mg ga, suvda oson eruvchi shaklini 0,1-0,4 mg va organik shaklini 0,1-1,7 mg ko‘payishi ilmiy asoslangan;
ekinlarning barcha rivojlanish fazalarida ham tuproqdagi azotning nitrat shakliga nisbatan ammoniy shaklini yuqori bo‘lishi va ularning o‘zaro nisbati 0,7:1 bo‘lishi ilmiy asoslangan;
mineral o‘g‘itlarni yuqori me’yorlarda (g‘o‘za N240R170K125; kuzgi bug‘doy N240R160K120; kungaboqar N180R120K90; mosh N60R80K60 kg/ga) qo‘llanilishi generativ organlariga nisbatan vegetativ massani ko‘p rivojlanishi aniqlangan;
vegetatsiya yakunida ekinlarning tuproqda qoldirgan ildiz va ang‘iz miqdorlari kuzgi bug‘doyda 2,3-3,8 t/ga, kungaboqarda 1,3-2,7 t/ga, moshda1,26-1,38 t/ga qolishi, ular tarkibidagi N:R unsurlarining eng yuqori miqdorlari kuzgi bug‘doy ang‘izida 0,72-1,08:0,74-0,83 foiz, mosh ildizida 1,33-2,44:2,26-3,82 foiz, K unsurining eng yuqori miqdori kungaboqar ang‘izida (4,22-4,31%) bo‘lishi va tuproqlar unumdorligini tiklashga ijobiy ta’sir qilishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida qisqa rotatsiyali navbatlab ekishda mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Qoraqalpog‘iston Respublikasida qisqa rotatsiyali navbatlab ekishda g‘o‘zani o‘g‘itlash», «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida kuzgi bug‘doyda mineral o‘g‘itlar qo‘llash», «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida g‘alladan keyin takroriy kungaboqarda mineral o‘g‘itlar qo‘llash» hamda «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida takroriy moshda mineral o‘g‘itlar qo‘llash» tavsiyanomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligiga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining2021 yil 31 maydagi 01/011-1387-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va klasterlarda kuzgi bug‘doy+takroriy ekin+g‘o‘za navbatlab ekish tizimida mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yor va muddatlarda qo‘llash, ekinlardan yuqori va sifatli hosil etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
qisqa rotatsiyali navbatlab ekish tizimida mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarini qo‘llash texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy va Amudaryo tumanlarida g‘o‘zada 11900 ga, kuzgi bug‘doyda 7500 ga, g‘alladan keyin takroriy kungaboqarda 220 ga va moshda130 ga, jami 19750 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31 maydagi 01/011-1387-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy sharoitda etishtirilgan paxtaga nisbatan 4-9 s/ga, kuzgi bug‘doyga nisbatan 10-13 s/ga, kungaboqarga nisbatan 4-6 s/ga, moshga nisbatan 3-5 s/ga qo‘shimcha hosil olingan;
kuzgi bug‘doy+takroriy ekin+g‘o‘za tizimida mineral o‘g‘itlarning qo‘llash agrotexnologiyasi To‘rtko‘l tumanida 175 ga, Ellikqal’ada 374 ga, Beruniyda 165 ga, Amudaryoda 157 ga, jami 871 ga maydonlarda sinovdan o‘tgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31 maydagi 01/011-1387-son ma’lumotnomasi). Natijada, qisqa rotatsiyalab navbatlab ekilgan ekinlarning o‘sib-rivojlanishi, hosil to‘plashi ortgan, an’anaviy agrotexnologiyaga nisbatan o‘rtacha 30-40 kg/ga mineral o‘g‘itlar tejalgan, g‘o‘zadan o‘rtacha 32,1-33,6 s/ga paxta hosil olingan.