Mamatov Ulugbek Irgashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumni texnik navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlari va ularning seleksiyadagi ahamiyati”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx416.
Ilmiy rahbarlar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Aakademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Kamoliddin Sadiriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Baymetov Karim Isaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar univeriteti Samarqand filali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uzumning texnik navlarini biologik, xo‘jalik va texnologik xususiyatlarini o‘rganish hamda seleksiya uchun boshlang‘ich material sifatida istiqbolli namunalarni tanlash va ishlab chiqarishga tatbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan uzumni texnik navlarining muhim biologik xususiyatlarini o‘rganish asosida seleksiya uchun xo‘jalik-qimmatli belgilari mos bo‘lgan uzum nav namunalari tanlab olingan;
uzumning texnik nav namunalarida g‘ujumlarning shakllanishi, o‘sa boshlashi va yakunlanishi hamda davr davomiyligini o‘rganish asosida uzumning texnik navlari orasidan 4 ta ertapishar, 7 ta o‘rtapishar va 18 ta kechpishar navlar tanlab olingan;
uzum navlaridan hosilli novdalarning eng yuqori ko‘rsatkichlari (60-70%) va hosildorlik koeffisentlariga (1,3-1,5 va 0,8-1,5) ko‘ra sharqiy, Qora dengiz va G‘arbiy Evropa guruhlaridan mos navlar ajratib olingan;
uzumning Sharqiy guruhdan 8 ta, Qora dengiz guruhidan 3 ta, G‘arbiy Evropa guruhidan 2 ta navlari o‘z-o‘zini changlay olish darajasi yuqori (31-41%) bo‘lishi aniqlangan;
uzumning zamburug‘li kasalliklarga eng chidamli (1-2 ball daraja) navlari Sharqiy guruhdan: Xindogni, Karmrashat, Krasnyanskiy, Muskat VIRa, Muskat denauskiy, Muskat vostochniy va Muskat uzbekistanskiy; Qora dengiz guruhidan: Djananura va Shiroka mel`nishka; G‘arbiy Evropa guruhidan: Gran nuar de kal`met, Donzelino, Dyurbe de Marsel`, Kosorotovskiy, Muskat bifera va Portugezer navlari ekanligi isbotlangan;
uzumning texnik navlari g‘ujumining biokimyoviy tarkibi bo‘yicha yuqori sifatli desert sharoblar tayyorlash uchun tarkibidagi qand va umumiy kislotaliligi yuqori bo‘lgan 10 ta nav oq sharoblar uchun, 12 ta nav qizil sharoblar uchun mos ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti dunyo genofondi uzum koleksiyasidan hosildor, uzumboshi va g‘ujumining mexanik, biokimyoviy hamda texnologik bahosi yuqori bo‘lgan, zamburug‘li va bakteriyali kasalliklarga chidamli istiqbolli texnik nav-namunalarni tanlash asosida sharobchilik xomashyo bazasini mustahkamlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
uzumchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Tok tuplarini shpallerlarda o‘stirish bo‘yicha» va «Tokzorlardan samarali foydalanish, yuqori sifatli, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini yaratish uchun tokzorlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari» mavzularida tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 02/029-3732-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida uzumning texnik navlarini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
kolleksion navlardan hosildor, uzumboshi va g‘ujumining mexanik, biokimyoviy hamda texnologik bahosi yuqori bo‘lgan, keng tarqalgan kasalliklarga chidamli yangi istiqbolli texnik navlari Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 17,5 gektar maydonda sanoat tokzorini barpo qilishda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 02/029-3732-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish samaradorligi ortib, rentabellik ko‘rsatkichi 120% ni tashkil etgan.
hosildorligi, mexanik, biokimyoviy hamda texnologik bahosi yuqori bo‘lgan navlar Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 63 gektar maydonda sanoat tokzorini barpo qilishda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 02/029-3732-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish daromadi ortib, rentabellik ko‘rsatkichi 100-130% ni tashkil etgan.