Amonov Xolmuhammad Normurotovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped388.
Ilmiy maslahatchi: Tolipova Jamila Olimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Musaev Jaxongir Payazovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boymirzayev Karimjon Mirzaaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari professional va ma’naviy-ahloqiy sifatlarni idientiv uyg‘unlashtirish, kasbiy tayyorgarlikni shakllantirishning xususiy darajasini aniqlash, bilim va ko‘nikmalarni kvalimetrik diagnostika qilish hamda malaka talablariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomilshlashtirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodlari mental xarita vositasida o‘quv materiallarini konstruksiyalash va ijodiy fikrlashni vizualizatsiyalash, kartografik proyeksiyalar vositasida obektlarning o‘rnini aniqlash, mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy sharoitini tavsiflash hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlari ergonomik xususiyatlariga izchil integrallash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish modeli ta’lim mazmunini erkin tanlash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, pedagogik faoliyat rivojlanganlik darajasi dinamikasi monitoringini olib borish hamda innovatsion pedagogik faoliyat rivojlantirishining kongnitiv-refleksiv dinamikligini superviziya so‘rovnomalari va kouching metodlarining ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchisining ilmiy-metodik tayyorgarlik darajasi samaradorligi dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda loyihalash malakasini egallash, innovatsion va an’anaviy faoliyatni ajrata olish, o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirishga qaratilgan nostandart adaptiv testlarni yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini baholash jarayoni variatsion qatorlarni hosil qilish, tanlamalar dispersiyasini hisoblash, baholashning samaradorlik ko‘rsatkichini ishonchli chetlanishlar bo‘yicha aniqlash hamda axborot ustida mustaqil ishlash, refleksiv nuqtai nazarni qaror toptirish, vitagen va sub’ektiv tajribani uzluksiz shakllantirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari professional va ma’naviy-ahloqiy sifatlarni idientiv uyg‘unlashtirish, kasbiy tayyorgarlikni shakllantirishning xususiy darajasini aniqlash, bilim va ko‘nikmalarni kvalimetrik diagnostika qilish hamda malaka talablariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomilshlashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan IZ-2018103138 –“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1206/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyat tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan; 
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodlari mental xarita vositasida o‘quv materiallarini konstruksiyalash va ijodiy fikrlashni vizualizatsiyalash, kartografik proyeksiyalar vositasida obektlarning o‘rnini aniqlash, mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy sharoitini tavsiflash hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlari ergonomik xususiyatlariga izchil integrallash asosida takomillashtirishga oid takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1206/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada geografiya bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilim darajasi va sifati oshirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish modeli ta’lim mazmunini erkin tanlash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, pedagogik faoliyat rivojlanganlik darajasi dinamikasi monitoringini olib borish hamda innovatsion pedagogik faoliyat rivojlantirishining kongnitiv-refleksiv dinamikligini superviziya so‘rovnomalari va kouching metodlarining ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1206/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada geografiya o‘qituvchisining ilmiy-metodik tayyorgarlik darajasini orttirish mezonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchisining ilmiy-metodik tayyorgarlik darajasi samaradorligi dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda loyihalash malakasini egallash, innovatsion va an’anaviy faoliyatni ajrata olish, o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirishga qaratilgan nostandart adaptiv testlarni yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1206/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini baholash jarayoni variatsion qatorlarni hosil qilish, tanlamalar dispersiyasini hisoblash, baholashning samaradorlik ko‘rsatkichini ishonchli chetlanishlar bo‘yicha aniqlash hamda axborot ustida mustaqil ishlash, refleksiv nuqtai nazarni qaror toptirish, vitagen va sub’ektiv tajribani uzluksiz shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5 apreldagi 02-07-1206/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada geografiya bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilim darajasini oshirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish