Tursunova Umidaxon Agzamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi (ingliz tilini o‘rganish jarayonida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1300.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi didaktik jarayonning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlash, ma’lumotlar almashinuviga ko‘ra, extiyojlarni muvofiqlashtirish, amaliy faoliyat texnologiyalarini egallash hamda diskursiv qobiliyat va lingvistik faollikni oddiydan murakkabga qarab refleksiv ravishda oshirib borish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasi ijodiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan didaktik mikromuhit yaratish hamda pozitiv va kreativlikka asoslangan  shaxsiy-kasbiy hislatlarni barqaror namoyon qilishga ustuvorlik berish va jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sirini ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli ko‘p komponentli amaliy va ijodiy-kognitiv, yo‘naltirilgan til birligi murakkab integrativ yaxlitligini kasbiy muhim fazilatlarga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning sifat ko‘rsatkishlari ishbilarmonlik, madaniyatlararo aloqa vositasidan foydalanish, o‘z qadriyat pozisiyalarini mustahkamlash, ishonsh, hamdardlik va biznes aloqalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonlarini interaktiv muhitga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar:
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi didaktik jarayonning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlash, ma’lumotlar almashinuviga ko‘ra, extiyojlarni muvofiqlashtirish, amaliy faoliyat texnologiyalarini egallash hamda diskursiv qobiliyat va lingvistik faollikni oddiydan murakkabga qarab refleksiv ravishda oshirib borish asosida takomillashtirishga oid tavsiualar “English for studens of digital esonomiss” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356/7-252-son nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish va o‘quv - uslubiu faoliuatni sifat jihatdan takomillashtirish imkoniuati yaratilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasi ijodiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan didaktik mikromuhit yaratish hamda pozitiv va kreativlikka asoslangan  shaxsiy-kasbiy hislatlarni barqaror namoyon qilishga ustuvorlik berish va jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sirini ko‘rsatish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Foreign language “Integrated skills with Esonomu” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0641-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur tavsiyalar bo‘lajak iqtisodchilar muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli ko‘p komponentli amaliy va ijodiy-kognitiv, yo‘naltirilgan til birligi murakkab integrativ yaxlitligini kasbiy muhim fazilatlarga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English for studens of digital esonomiss” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356/7-252-son nashr guvohnomasi). Natijada “Xorijiy til” fanini o‘rganish jarayonida mobil ilovada keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish jarayonida talabalarning ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda kasbiy yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning sifat ko‘rsatkichlari ishbilarmonlik, madaniyatlararo aloqa vositasidan foydalanish, o‘z qadriyat pozisiyalarini mustahkamlash, ishonsh, hamdardlik va biznes aloqalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonlarini interaktiv muhitga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Foreign language “Integrated skills with Esonomu” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0641-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchilarda muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish intellektiga ega mutaxassis tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish