Begimqulov Zarif Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2383.
Ilmiy rahbar: Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shohida Zayniyevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Meliyev Xamid Abdullayevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi milliy va umuminsoniy madaniyat haqidagi bilimlar, axborotlar bilan ishlash qobiliyatini aks ettiruvchi kognitiv, tolerantlik, madaniyatga qadriyatli munosabat bilan bog‘liq aksiologik, samarali muloqotga kirishish, mustaqillik, ijtimoiy mobillikni ifoda etuvchi kommunikativ-faoliyatli elementlarni bosqichma-bosqich shaxsiy tajribaga “o‘tkazish” mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
tinglovchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning kompetensiyani namoyon etishga tayyorlik, ijtimoiy-madaniy bilimlarga egalik, standart va nostandart vaziyatlarda ijtimoiy-madaniy tajribani namoyon qilish kabi psixologik-pedagogik xususiyatlari ijodiy mustaqillikning reproduktivlik, ratsionalistik, innovatsion darajalarining o‘zaro qayta aloqasi dinamikligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli amaliy komponenti rolli-o‘yinli, germenevtik, izlanishli-tadqiqotchilikka doir muammoli topshiriqlarni sub’ektiv, loyihaviy, produktiv, refleksiv bosqichlar bo‘yicha strukturalashtirish asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning andragogik ta’lim muhitining o‘ziga xosliklarini hisobga olish, interfaol o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash orqali amaliy mashg‘ulotlarning produktivlik darajasini oshirish, ta’lim oluvchilarni ijtimoiy-madaniy faoliyatga jalb etishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish kabi pedagogik shart-sharoitlari ob’ektiv va sub’ektiv omillar kombinatsiyasini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish tuzilmasini milliy va umuminsoniy madaniyat haqidagi bilimlar, axborotlar bilan ishlash qobiliyatini aks ettiruvchi kognitiv, tolerantlik, madaniyatga qadriyatli munosabat bilan bog‘liq aksiologik, samarali muloqotga kirishish, mustaqillik, ijtimoiy mobillikni ifoda etuvchi kommunikativ-faoliyatli elementlarni bosqichma-bosqich shaxsiy tajribaga “o‘tkazish” mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021-yil 10-dekabrdagi 01/11-02/02-1710-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik tayyorgarlik modullari mazmunini ijtimoiy-pedagogik kompetentlikka doir o‘quv materiallari bilan boyitishga xizmat qilgan;
tinglovchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning kompetensiyani namoyon etishga tayyorlik, ijtimoiy-madaniy bilimlarga egalik, standart va nostandart vaziyatlarda ijtimoiy-madaniy tajribani namoyon qilish kabi psixologik-pedagogik xususiyatlarini ijodiy mustaqillikning reproduktivlik, ratsionalistik, innovatsion darajalarining o‘zaro qayta aloqasi dinamikligini hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan Turizm va sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risida”gi Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 14-dekabrdagi 03/17-02/11-815-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli amaliy komponentini rolli-o‘yinli, germenevtik, izlanishli-tadqiqotchilikka doir muammoli topshiriqlarni sub’ektiv, loyihaviy, produktiv, refleksiv bosqichlar bo‘yicha strukturalashtirish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik o‘zgarishlar va rivojlanish istiqbollari”, “Pedagogning professional kompetentligi va mahorati”, “Trener-o‘qituvchining professional kompetentligi va mahorati” modullarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2021-yil 14-dekabrdagi 03/17-02/11-815-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning ijtimoiy-madaniy faoliyati samaradorligini oshirishga erishilgan;
tinglovchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning andragogik ta’lim muhitining o‘ziga xosliklarini hisobga olish, interfaol o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash orqali amaliy mashg‘ulotlarning produktivlik darajasini oshirish, ta’lim oluvchilarni ijtimoiy-madaniy faoliyatga jalb etishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish kabi pedagogik shart-sharoitlarini ob’ektiv va sub’ektiv omillar kombinatsiyasini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy loyihaning innovatsion texnologiyalar asosida tinglovchilarda kommunikativ va ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni shakllantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2021-yil 14-dekabrdagi 03/17-02/11-815-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish jarayonida interfaol o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish orqali tinglovchilarning samarali muloqotga kirishish va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.